Telegram Web
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

1. Ey musulmon tijoratchi, Razzoq zot bo‘lgan ALLOH TA'OLO huzuridan senga bitilgan taqdirga rozi bo‘l, bu yo‘lda tavakkal qilib, imoninga yarashadigan bir maqomga ega bo’l!

Hadis: "Agar siz haqiqatdan ham to‘liq iymon bilan ALLOHga tavakkul qilganingizda edi, tongda och chiqib, oqshomda to‘q holda uyasiga qaytadigan qushlarni rizqlantirgani misoli ALLOH sizni ham mutlaqo rizqdan nasibador qilgan bo‘lardi".

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

2. Ey musulmon tijoratchi, ALLOH TA'OLO joriy etgan halol va harom chegaralariga rioya qilib, shubhali narsalardan yuz o‘giring, toki nomus va hamiyatingga dog‘ tushmasin.

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

3. Ey musulmon tijoratchi, rizq talabida erta tongdan harakat qilib, uyingdan chiqishing, quyoshni uyg‘otishing lozim, shunda asl barakaga ega bo‘lasan.

Hadis: Hazrati Aliyy roziyallohu anhu aytadilar: " Men Rosululloh sollallohu alayhi basallamning: "ALLOHim, ummatim uchun erta tongni barakali qil", deb duo qilganlarini eshitdim".

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

4. Ey musulmon tijoratchi, olishda va sotishda, qarz berishda va olishda doimo osonlik va qulaylikni asos qilib ol, shunda tijoratingni xotirjam bir tarzda amalga oshirgan holda ALLOHning rahmatiga erishasan.

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
Pul topguncha hisob top

Xarajatlaringizni hisob kitob qilganmisiz? Kunlik, haftalik, oylik xarajatlarni yozib boring. Buning foydasi shundaki, sizning nimaga xarajat qilayotganingiz, nimadan kelib chiqib qilayotganingiz namoyon bo‘ladi.

💰 Aslida xarajatlarni kamaytirishga ha deb urunish kerak emas aksincha, daromadni oshirish kerak.

📌 To‘liq videoni YouTube kanalimizda ko‘ring 👉https://youtu.be/Lfvz7ez2AUA
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

5. Ey musulmon tijoratchi, sotayotgan molingning sifatini tushiradigan va qiymatini kamaytiradigan bir qusur mavjud bo‘lsa, buni xaridorga ochiqchasiga ayt aks holda foydangga harom aralashib, o‘zing birovlarning lanatiga qolib ketishingga sabab bo‘lmasin.

Hadis: " Kimki, qusuri bor molini sotayotganida bu haqda xaridorni voqif etmasa, doimo ALLOHning g‘azabi va farishtalarning lanati ostida bo‘ladi".

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
Asabiylashishni to‘xtating

🎯 " Insonda bir tola bor u asab tolasi. Agar bu tola shikastlansa insonning butun tanasi shikastlanadi "( Ibn Sino).

Agar inson bir kunda 7-8 marta asabiylashsa bir kunini yo‘qotgan hisoblanadi. Chunki, bir marta asabiylashish bir soatlik energiyani oladi.

📌 To‘liq videoni YouTube kanalimizda ko‘ring 👉https://youtu.be/7u0VQUnB4pQ
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

6. Ey musulmon tijoratchi, foiz borasida juda hushyor bo‘lishing, foiz olmasliging va bermasliging, foiz aralshgan joyda turmasliging va bu xususida g‘oyatda ehtiyot bilan yo‘l tutishing lozim shunda Rosululloh sollallohu alayhi basallamning uyilgan qovoqlari va og‘ir tanbehlariga ro‘baro‘ bo‘lmaysan.

Hadis: Jobir ibn Abdullohdan (r.a) rivoyat qilinadi: " Rosululloh sollallohu alayhi basallam foiz berganni, uni olganni, buni qayd etgan kotibni va bunga guvohlik qilgan shohidlarni lanatladilar va ularning barchasi bu gunohga teng sherikdir, dedilar".

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun olgan keraksiz narsangiz ertaga keraklisini sotishingizga olib keladi

Rasmiy kanalimiz
👉@AHADquli_Xolmuhammad
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

7. Ey musulmon tijoratchi, qiladigan ishingni sabot ila bajarmog‘ing, sabrli bo‘lishing va hisob-kitobda yaqin zamonni emas, balki uzoqni ko‘zlab harakat qilmog‘ing lozim, shunda muvaffaqiyatga erishasan.

Hadisi Sharif: Oyisha R.Zdan rivoyat qilingan hadisi Sharifda ROSULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM aytadilar: "ALLOH TA'OLO sizlardan bir kishi uchun bir tomonni (narsani) rizqqa sabab qilib qo‘ysa, bu o‘zgarguncha yoki qiyinlashguncha uni tark etmasin".

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barchadan bir qadam oldinda bo‘lishni istaysizmi?

Rasmiy kanalimiz
👉@AHADquli_Xolmuhammad
Sportning tijoratdagi ahamiyati

🔥 Butun tanangizda qon yaxshi aylanishini, kuch quvvatga to‘la bo‘lishini istasangiz sport bilan shug‘ullaning.

Sport sizning tijoratingizga ham, kayfiyatingizga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

📌 To‘liq videoni YouTube kanalimizda ko‘ring 👉https://youtu.be/im6Ry5S4nvk
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

8. Ey musulmon tijoratchi, dunyo moli ko‘zni qamashtiruvchi va yoqimli ekanligini, ammo ALLOH TA'OLO huzurida foniy va qiymatsizligini hech qachon unutmagin shunda hirs va tamagirlik domiga tushib, dunyo talabida haddan oshmaysan.

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
Halol savdogar uchun o‘n oltin qoida

9. Ey musulmon tijoratchi, molingni loyiq bo‘lgan bahodan oshirib sotish uchun noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolmasliging va xaridorlarni aslo aldamasliging lozim o‘shanda RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAMning haqiqiy ummati bo‘lish baxtini qo‘ldan chiqarmagan bo‘lasan.

Hadisi Sharif: "Aldagan kishi bizdan emasdir"

💥 "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" kitobidan parcha.

@AHADquli_Xolmuhammad
2024/11/19 19:44:17
Back to Top
HTML Embed Code: