Telegram Web
Va nihoyaaaat 🤩 “Muzqaymoq party” qachon??? deb murojaat qilganlarga javobim bor. Jamoamiz bilan 16-Avgust kuni soat 19:00da “Toshkent city” maydonida katta gala konsert taqdim etamiz. Estradamiz yorqin yulduzlari ishtirokidagi shou dasturda sizni unutilmas lahzalar kutyapti.


Sovg’alar ko’p bo’ladi, hammasini aytsam odam ko’payib ketishi mumkin 😅 shu sabab aynan sizni shunchaki taklif qilaman deyishim mumkin. Kirish mutlaqo bepul


Albatta keling!
Sovuqqina, odamlari ham og’irgina, muloqoti taxirgina, dunyodan uzilib qolgandek ko’ringan shahar Moskvadaman. Ko’chalari o’sha 80-yillar aks etgan filmlardagi manzaraga o’xshash, yo’l chetlarida ovoz uzatgichlar ilingan unda esa g’alaba haqidagi qo’shiqlar yangrayapti… Ajoyiba?
#moskva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskva Arbat ⭐️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskva “Ostankino” 📌
Tajriba oshirish maqsadida ijodiy safarimiz davomida Rossiyaning «Первый» va «Матч-тв» telekanallari tasvirga olish maydonchasida bo’ldik. Shuningdek “Ostankino” telekompleksi tarixi hamda «Поле чудес» kapital shousi muzeylarini kuzatdik.
Moskva📌 Shahar ko’chalarida aylanayapmiz, bazi vaqtda manzilimizga yetib borish uchun metrodan foydalanayapmiz.


Shahar bir dunyo, metro alohida bir olam. Toshkentdagi metroda 4 ta yo’nalish 50ta bekat bo’lsa Moskvada 14ta yo’nalish 263 ta bekat bor.

Siz Amirxonsiza? bu savolni Toshkentda yursam kamroq eshitaman, lekin Moskvada har qadamda o’zimizni qora ko’zlarimizni ko’rib ko’zim quvondi. Men ko’rgan vatandoshlarimiz bu yerda katta maosh olishmasligini bilaman, bizni yurtdan kelib farroshlik, sotuvchilik, taksi haydovchisi sifatida ishlashayapdi, lekin har biri tanib qolgach qayerda qolyapsiz, mehmon qilay deb mehr ko’zlari bilan boqishlarini kuzatib biznikilar, o’zimizniki, o’zbeklarimiz baribir boshqacha ekanligini xis qilaman.

Muxojirlarga oson emas, ularni bir narsa birlashtiradi, yaxshi hayotga intilish, yaxshi daromad to’plab, o’zidan orttirib, yemay ichmay, o’zini qiynab yaqinlariga yuborish. Yaratgan yaxshiliklar bilan siylasin, mehnatingiz rohatini ko’ring.
Rossiyaning eng taniqli boshlovchisi Andrey Malahov tok shousida ishtirok etdik. Rossiya1 telekanalining eng reytingi baland loyihasida jarayonlar juda qizg’in. Ilhomlandim 😄
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz mehmondorchilikdamiz. “Rishton” choyxona 🤩
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men kuzatuvchilarim va fan akkauntlarimni kuzatishni juda yaxshi ko'raman. ❤️

Sizda ham shunday videolar, rasmlar bo'lsa, albatta men bilan bo'lishing!

Albatta, har birini ko'rib chiqaman 🔥

Aloqa uchun @amirxonumarovbot ga yozing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/22 01:27:57
Back to Top
HTML Embed Code: