Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Andijon #Ekologiya

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi barcha fuqarolar va tadbirkorlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi. 

Agarda siz ekologiya sohasidagi korrupsiyaviy holatlarga guvoh boʼlsangiz, Ekologiya xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz, boshqarmaning ishonch telefoni ☎️ 74-237-04-32, yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisining 📞93-345-20-20 raqamlari orqali murojaat qiling!

МUROJAATLAR TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.


Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekoreyd_ekologik_nazorat

Andijonda avtomobillarni yuvish shaxobchalari o‘rganilmoqda...

Andijon viloyati Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi Tezkor xodimlari tomonidan shahar va tuman hududlaridagi avtomoykalarni xatlovdan o`tkazish ishlari davomida hududlarda fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda hech qanday tegishli hujjatlarsiz avto moyka tashkil etib avtomashinalarni yuvishdan chiqqan oqava suvlarni ochiq suv havzasiga oqizayotganlik holatlar aniqlanmoqda.

Huquqbuzarlarga nisbatan Mjtkning 72-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Joriy yil (14.02.2025 kun holatiga) o'rganishlar davomida qonun buzilish holatlari yuzasidan "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonun 19- moddasi, "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun 74-75 - moddalari, MJtK ning 72-moddasi 1-qismiga asosan 77 ta ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 88 milion 500 ming so'm miqdorida jarima qo‘llanildi.


Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Viloyat prokurori o‘rinbosari K.Y.Alimov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa qonunlar ijrosi Asaka, Baliqchi, Oltinko‘l tumanlarida o‘rganildi.
 
O‘rganish davomida, hududdagi issiqxonalarning isitish tizimidan atmosfera havosiga chiqarayotgan zararli moddalarni kamaytirish, chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi o‘rganilib, atmosfera havosidan namunalar olindi va atrof-muhitga zararlari tekshirildi.

Bundan tashqari, aholiga sanitar tozalash xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning mavjud debitor qarzdorliklari undirilishi ahvoli atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash va hududdagi o‘simlik dunyosini asrash borasida “mahalla yettiligi”ning mas’uliyatini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar davom ettirilmoqda.
"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan olgʻa surilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida shahrimizdagi Yangi hayot mahallasidagi koʻcha va xonadonlarida koʻkalamzorlashtirish, koʻchat ekish ishlari, shuningdek uzumchilik, tapchanlar oʻrnatish hamda tadbirkorlik loyihalarni ishga tushirishi ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Bugun anashu ishlarning davomi sifatida Xonobod shahar hokimi va shahar prokurori boshchiligida shahar faollari, nuroniylar va yoshlar bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlarini olib bordilar.
2025/02/19 05:25:21
Back to Top
HTML Embed Code: