Telegram Web
Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti talaba-yoshlari ishtirokida “Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish – korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Senatning harakatlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida" KQ-9-V-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan nazorat-rejaning 5-bandida aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat tushunchalarini singdirish bo‘yicha tashkil etildi.
Talaba yoshlarga huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor bo‘lishi, hamisha unga bo‘ysinishi va qonunlarga nisbatan hurmat bilan qarashi ta’kidlandi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan qoidalarga zid xatti-harakat qilmasligi, aksincha, boshqalarni ham shunga da’vat etishi, mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qo‘shishga harakat qilishi xaqida aytib o‘tildi.
Talabalar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida chellenj tashkil qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI
Ekologik nazorat tadbirlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT | XONOBOD SHAHRIDA YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI
SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI?

Marhamat tuman MMTB tasarrufidagi umumta’lim maktablarining 14-17-yoshli o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tuman bosqichida tumandagi 4-7-18-20-30-33-42-umumta’lim maktablari hamda 22-IDUM, 31-DIMI jamolari ishtirok etdilar.

Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan tanlov yakuniga koʻra, faxrli 1- oʻrinni tumandagi 33-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar.
🌳“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi

2025-yilning 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilindi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/35465

🌳Определены приоритетные направления развития в «Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики»

7 февраля 2025 года принят Указ Президента Республики Узбекистан «О Государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в «Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/35465

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp
Tezkor munosabat

Andijon viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 8 fevral kuni «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali "Andijon shahri, Yangi bozordagi holat ekan" sarlavhasi orqali chiqarilgan maqola bo‘yicha atroflicha o‘rganib chiqib, quydagilarni maʼlum qiladi.

Andijon shahar hokimligi, Ekologiya tuman bo‘limi hamda shaharda sanitar tozalash xizmatini olib borayotgan “Bio Tex Eko” MCHJning maxsus texnikasini jalb qilgan holda yo‘l atroflari noqonuniy chiqindilar tozalash ishlari olib borildi.

Hurmatli fuqarolar qattiq va maishiy chiqindilarni maxsus chiqindi qutilari va shaxobchalariga joylashtirishingizni so‘raymiz
2025/02/21 10:37:36
Back to Top
HTML Embed Code: