Telegram Web
Xo‘jaobodda “Yashil makon 2025” umummilliy loyihasiga start berildi.

🔸Viloyat hokimi topshiriqlariga asosan Xo‘jaobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2025-yil mavsumiga start berildi.

🔹Bugun “Turizm sanoat zonasi” deya atalgan Xo‘jaobod tumanida sektor rahbarlari boshchiligida tumanning barcha tashkilotlari ishtirokida ona yer bag‘riga manzarali va mevali ko‘chatlar ekilmoqda.

📍Tumanning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda.
"SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI" KOʻRIK-TANLOVINING ANDIJON VILOYATI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Xabaringiz bor yosh avlodga sifatli ta'lim va munosib tarbiya berish bilan bir qatorda, ularda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish hamda ona-tabiatga nisbatan yanada mehr uygʻotish maqsadida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi" koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 18-fevral kuni mazkur tanlovning Andijon viloyati bosqichi oʻtkazilib, unda tuman, shaharlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 16 ta jamoalar oʻzaro bellashdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra Xonobod shahar 2-umumta'lim maktabi jamoasi 3-, Paxtaobod tumani 31-umumta'lim maktabi jamoadi 2-oʻrinlarni egallagan boʻlsa, Andijon shahar 37-umumta'lim maktabi jamoasi faxrli 1-oʻringa ega chiqib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
2025/02/19 05:04:37
Back to Top
HTML Embed Code: