Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Insoniyat mubtalo bo‘ladigan bilinmas bir kasallik bo‘lib, u "ne’matlarga odatlanib qolish"  deb nomlanadi. Uni bir necha ko‘rinishi bor:
– Allohni sizga bergan ne’matlariga o‘rganib qolib, ortiq ularni ne’mat sanamay qo‘yishingiz.
– Ahli-oilangiz oldiga kirib kelib, ularni sog‘-salomat ko‘rishga o‘rganib qolishingiz va shunday ne’mat uchun shukr aytmasligingiz.
– Shukr aytmay istagan narsangizni harid qilishingiz.
– Omonlikda uyg‘onib ham Allohga hamd aytmasligingiz.

Ne’matlar davomiy bo‘lishi uchun hamd aytmoq va shukrni doimo o‘zingizga  hamroh qilib oling!
Shukronalik bilan uyg‘onib, shukronalik bilan uyquga yotish nasib etsin.

©Jaloliddin Rumiy

@Bilganimiz
🧠Xotira mustahkamlovchi eng yaxshi vosita

Ali ibn Hishom aytadi: "Vaki'ning qo‘lida qanday kitob ko‘rmayin, hammasini yod olgan edi. Men undan xotirani baquvvat qiluvchi dorilar haqida so‘radim. U kishi menga, "Agar o‘sha dorini aytsam, shundan foydalanasanmi?", deb so‘radilar. Men, "Allohga qasamki, ha", dedim. U kishi "Buning dorisi: gunohlarni tark qilishdir. Xotiraga bundan foydali dorini bilmayman".

@Bilganimiz
🌿 “Afsus-nadomatning onasi” kim?

Shoshqaloqlikdan ehtiyot bo‘ling. Arablar uni “nadomatning onasi” deya ta’riflashadi.
Chunki shoshqaloq odam hali bilmay turib gapiradi, tushunmasidan oldin javob beradi, o‘ylab ko‘rmasdan oldin qaror chiqaradi, chamalab, o‘lchab ko‘rmay kesib qo‘ya qoladi, tekshirib ko‘rmay maqtab yuboraveradi.
Bu sifatlar faqat (shoshqaloqlik qilib keyin afsuslanib yuradigan) nadomat sohibidagina jam bo‘ladi. Undan salomatlik, xotirjamlik ham uzoq bo‘ladi.

Husoriyning “Zuhril adaabi va samarul albaabi” asaridan

@Bilganimiz
Taqdiringizdan norozi boʻlmang!
Chunki yaxshilab oʻylab koʻrsangiz, nima boʻlgan boʻlsa ham, hammasi yaxshilikka boʻlganiga guvoh boʻlasiz...

Bir mulohaza qilib koʻring-a:

Sizni xafa qilishdi – kechirishni oʻrgandingiz...

Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni oʻrgandingiz...

Dard keldi – xamdardlikni oʻrgandingiz...

Sitamlar keldi – bardoshingizni tarbiyaladingiz...

Yomonlar atrofingizda bisyor boʻldi – iymoningiz charxlandi...

Toshbagʻirlarga roʻbaroʻ boʻldingiz – mehr berishni oʻrgandingiz...

Kasal boʻlib– sogʻliqni qadrini bildingiz...

Musofir boʻlib – yurtingizni va yaqinlaringizni sogʻinishni oʻrgandingiz...

Yoshlikda o‘qimay – ulgʻaygach ilmni qadrini oʻrgandingiz...

Faqat
Yetim boʻlmasdan ota - onani,
Qarilik kelishidan oldin yoshlikni,
Kasal boʻlishdan oldin sogʻlikni qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadriga ertaroq yetishni unutmang!

@Bilganimiz
“...va odamlardan qoʻrqarding, holbuki, Allohdan qoʻrqmogʻing haqliroq edi”, Ahzob surasi, 37-oyat.

@Bilganimiz
Biz ertaga ertalab bu hayotda bormizmi, yo‘qmizmi bunga kafolat berolmaymiz... Lekin kechqurun ertalab uyg‘onish uchun soat qo‘ng‘irog‘ini kerakli vaqtga qo‘yamiz. Bu umid deyiladi.

@Bilganimiz
Yo‘qlikning sababi — sababning yo‘qligidadir!..

Faxriddin Roziy "Metafizika" asaridan

@Bilganimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️Nilufar Bo‘riyeva
📝Zulfiya Isroilova

@Bilganimiz
Endi bizni instagramda ham kuzatishingiz mumkin:
https://www.instagram.com/bilganimiz?igsh=MW9wbDljZXoxOGh1Mg==
#mutolaa

Yuy Xuaning "Yashamoq" asari. Haqiqatda ko‘z yoshlarga g‘arq qilgan asar. Asar tili sodda. O‘qilishi oson. Bir nafasda o‘qib qo‘yasiz. Asar shunchalar sizni sehirlaydiki, vaqt o‘tganini sezmay qolasiz. Odatda sizlarga asardagi falsafiy gaplardan parchalar keltirib asar haqida biroz tushuncha berardim. Lekin bu asar boshqa asarlardan farqli o‘laroq falsafiy gaplarsiz yurak bag‘ringizni ezib yuboradi. Asarni o‘qir ekanman unda qiyin kunlar ortidan albatta yaxshi kunlar keladi degan gapiga umid bilan davom ettirdim. Ammo o‘qir ekansiz voqealar bunday yakun bermasligini sezib asar qahramoni bilan birdek ezilasiz. Eng qizig‘i qahramonlar bu yo‘qotishlarga dod faryod solmasdan sizni ko‘z yoshlarga g‘arb qiladi.

P/s: Shu o‘rinda tarjimon Farrux Nurmuhammedovga alohida rahmat aytmoqchiman. Sababi romanni juda yaxshi tarjima qilgan. Kitobxon uchun bu juda yoqimli, albatta.

@Bilganimiz
O‘ZBЕKISTON

Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda…
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim Vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo,
O‘xshashini topmasdim aslo.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston,
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.

Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin,
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofda yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish,
Boshlanadi ijod va turmush.
Kundan-kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi har bir daraxtda,
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el,
Odam bilan to‘lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor,
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
Bu o‘lkada har narsa bordir,
Ko‘rmaganlar doim xumordir.

Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarafshonni loylatib kechgan
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog‘i pishqirgan selda
Arg‘umoqlar qo‘shig‘i bordir,
Bu shundayin ajib diyordir,
Dalasida o‘smas tikanlar,
Cho‘llarida chopmas ilonlar,
Qush uchganda kuymas qanoti,
Odam o‘tsa qurimas zoti;
Chanqov qolib yo‘lovchi o‘lmas,
Har burchakda boshkesar bo‘lmas.
Kulbalarni kelib bosmas qum,
Go‘daklarni yutmas och o‘lim.
Odamga baxt va tole yordir,
Bu shundayin ajib diyordir.

Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol,
Bunda qorning taglarida qish.
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Bir o‘lkaki husnga boydir,
Buning eng zo‘r ko‘zgusi oydir,
Bir parcha o‘t bo‘lib bunda kun
Paxtasiga ishlaydi har kun.
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi,
Kuychilari o‘qiydi yalla.
Juvonlari aytadi alla,
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon,
Bu shundayin ajib diyordir.

Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
Shunday o‘lka elga yor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin og‘aynilari,
Omon bo‘lsin do‘stlarning bari.
Doim bo‘lsin Vatanim omon,
Shunday bo‘lsin bu butun jahon.
Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim,
Gul ko‘kargan tog‘larni ko‘rdim,
Mehr qo‘yib o‘pgan sari oq,
Oppoq bo‘ldi bu, aziz tuproq.

Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda…

📝Hamid Olimjon

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

🇺🇿 Barchangizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz.

@Bilganimiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️Nilufar Bo‘riyeva
📝Malika Tavfiq

@Bilganimiz
Qaysi shoirning she'rlari sizlarga ko‘proq yoqadi? Kommentariyada fikringizni qoldiring.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir tabassum qilib qo‘ying...💖

🎙️Nilufar Bo‘riyeva
📝Xurshid Karim

@Bilganimiz
👨‍🏫 Muhtaram aziz ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni ustoz va murabbiylar kuni bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz.

🎉Barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, jonajon vatanimiz avlodlarini  voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

@Bilganimiz
Assalomu alaykum hurmatli o'quvchilar!

Takliflarni binoan sizlarga ajoyib yangiligimiz bor!

🇹🇷 Turk tilidan A1 darajadan boshlab guruhimizga qabul boshlandi.

➡️Har bir dars 1.5 - 2 soat davom etadi, har bir o'quvchi bilan alohida lichkada vazifalarni tekshirib ishlanadi.

➡️Darslarimiz haftada 3 kun bo'ladi. Haftaning toq kunlari bo'lib o'tadi:

♦️ Dushanba
♦️ Chorshanba
♦️ Juma

🕤Soat 21:30da telegramda online shaklda bo‘lib o‘tadi

👉 Kurs narxi bir oyga: 150.000 so'm. Birinchi dars bepul. To‘lov uch darsdan keyin qilinadi.

Murojaat uchun: @NilufarBuriyeva

@turktili_011
2024/11/14 07:51:19
Back to Top
HTML Embed Code: