Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from M
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzi odamlar takrorlanmaydi. Unaqalar xuddi tugʻilgan kun kabi bir marta keladilar!

Umringizda hali shunday odamni uchratasizki, uning oldida oʻtirib, gapni qayerdan boshlashni bilmaysiz. Shunda u: “Hechqisi yoʻq, men siz nima demoqchi ekanligingizni gapirmasingizdan ham tushunaman!, – deydi. Soʻzlar sizni aldasa, u sizni qutqaradi!

#abdulqodir Samarqandiy

@booktional
Forwarded from Faqirona kulba 🦔
CHOʻKISHAYAPTI
Qoʻshnimning uyi meni gʻamgin qiladi.
Eri-xotin har kuni ertalab uygʻonishadi.
Ishga ketishadi. Kechqurun yana uyga qaytishadi.
Ularning oʻgʻli va qizi bor. Toʻqqizda chiroqlar oʻchadi…

Ertasi kuni yana barvaqt uygʻonishadi.
Ishga ketishadi. Kechqurun yana uyga qaytishadi.
Toʻqqizda chiroqlar oʻchadi…

Qoʻshnimning uyi meni gʻamgin qiladi.
Ular yaxshi odamlar.
Men ularni yaxshi koʻraman…
Lekin ular choʻkib ketayotgandek tuyuladi menga. Men esa ularga hech yordam bera olmayman goʻyo...

Ular tirik, ular koʻchada qolmagan.
Lekin buning narxi juda ham qimmat.

Kun davomida men oʻsha uyga qarayman, uy esa menga qaraydi va u yigʻlaydi, ha, yigʻlaydi…
Men bunga ishonaman…!

Charlz Bukovski

@booktional
Kitoblarda(n)..📚
*** Shuning uchun ham hayotning jonli jarayonlarini jinlari suymaydi: jonli odamning ham keragi yo'q! Jonli odam hayot bo'lishini talab qiladi, jonli odam ko'r-ko'rona hamma narsaga bo'ysunmaydi, jonli odam shubhali, jonli odam teskarichi bo'ladi! Bu yerda…
"Jinoyat va jazo"ni kecha tugatdim...

Asarni juda keng muhokama qilish mumkin, shunda ham muhokama qilinmay qolib ketadigan joylari bo'lishi mumkin.

Men eng kulminatsion nuqtani o'z shaxsiy qarashlarim bilan tahlil qilib ko'rmoqchiman. Fikrlar mutlaqo subyektiv.

Raskolnikov'ni o'rnida bo'lganimda umuman borib aybimga iqror bo'lmagan bo'lardim. Nega? Meni iqrorligim (Raskolnikov'ni iqrorligi) marhumlarni qaytarib kelmaydi yoki qalbim taskin topib qolmaydi. Qahramonimizni o'zi ham hech borgisi kelmagandi, hatto yagona (jinoyatni oshkor qilishi mumkin bo'lgan) guvoh o'rtadan g'oyib bo'lganda naqadar sevinib ketdi, axir. Faqat, uni majbur qilgan narsa o'z sirini qalbiga ko'molmagani bo'ldi. Zinadan pastga tushganidagi voqea, yuzlar va munosabat unga endi boshqa yo'l qolmaganligini tushuntirgandi....

Qahramonimiz o'ldirib to'g'ri qilibdi-da, sizningcha?! Shundaymi?!
Men to'g'ri yoki noto'g'ri haqida gapirmayapman. Odam o'ldirish har qanday idealogiyada, menimcha, qoralanadi. Ammo, qahramonimiz ilgari surgan fikrlarchi?! Ularni nima bo'ladi?! Nega millionlab odamlarni o'limiga sabab bo'lgan insonlarni qaysidir jamoa urush g'olibi, urush qahramoni sifatida ko'radi? Millionlab o'lgan jon bilan ikta jonni orasida shu qadar katta farq bormi?

Menimcha, yozuvchi tushuntirmoqchi bo'lgan narsa ham shu. U bu asarda to'g'ri yoki noto'g'ri haqida nimadir demoqchi emas. U ana shunday insonlar borligini, ana shunday hayotlar yashalayotganini tushuntirib bermoqchi bo'lgan.

Hozir bularni tushlikdan kelib yozyapman, kitob haqida umumiy yozishim uchun hali ancha o'ylab olishim kerakka o'xshaydi....


#mutolaa

@booktional
Kitoblarda(n)..📚
"Jinoyat va jazo"ni kecha tugatdim... Asarni juda keng muhokama qilish mumkin, shunda ham muhokama qilinmay qolib ketadigan joylari bo'lishi mumkin. Men eng kulminatsion nuqtani o'z shaxsiy qarashlarim bilan tahlil qilib ko'rmoqchiman. Fikrlar mutlaqo subyektiv.…
Bilmadim, inson butun yovuzliklar bilan bo'lsada, bari bir yakunda o'z qalbi bilan birga qolarkan, bundan tashqari olamda muhabbat kabi buyuk his-tuyg'u bor ekan, minglagan Raskolnikovlar eng quyidan ham yana qayta tirilishlari, yangi hayot boshlashlari mumkin ekanligini tushundim. Qanday bo'lmasin, inson hech qachon o'zini alday olmasligini, butun yolg'onlarni birlashtirib, ulkan tog' bunyod etganda ham, inson o'zining qalbidagilardan ayrila olmaskan. Raskolnikov obrazida shunday xulosalarga keldim. Uning jinoyati nafaqat tashqi balki ichki bo'lganini og'ir ruhiy tortishuvlar orqali juda benazir yoritilgan. Bir inson hamisha o'zligi tomon kichik bo'lsada qadam tashlashini, mana shunda yakun go'zalroq bo'lishi mumkinligini ich-ichimdan his qildim. Asar uchun "Otaginam"ga rahmat, juda ko'p yangi qarashlar va fikrlarga ega bo'ldim, xulosa qilishga shoshilmaslikni yana bir bor to'liq anglab yetdim. Asardagi iqtiboslarni vaqti-soati yetganda, albatta, bima-bir tahlil qilishga harakat qilaman.


#mutolaa

@booktional
Kitoblarda(n)..📚
"Jinoyat va jazo"ni o'qiyapman. Yaxshi ketyapti, anchadan beri badiiy kitoblarni bunchalik jiddiy e'tibor berib o'qimayotgandim. Hozir buni aytmoqchi emasman. Asarni o'qiyapman qahramonimiz Raskonlikovga onasi xat yozyapti. Maktub shu qadar nafis va joziba…
Shu o'rinda bir narsani aytib o'tishim juda zarur. "Jinoyat va jazo"ni yangi lotin yozuvidagi nashri maxsus to'plam bo'lib chiqmoqda. "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan o'tgan yili judayam ko'p kitoblar lotin yozuvida nashrdan chiqdi. Bu juda quvonarli hodisa deb bilaman.

Faqat, faqati bor... Ish kamchiliksiz bo'lmaydi, albatta. Ushbu kitobni lotin tiliga aylantirish jarayonida, kitobni chop etish jarayonida juda ko'p imloviy xatolarga yo'l qo'yilgan. Muharrirlar juda ko'p xatolarni o'tkazib yuborishgani birozgina kitobxonni xafa qiladi. Bu tanqid emas, keyingi nashrlarda bu xatoliklarni to'g'irlashsa, juda minnatdor bo'lgan bo'lardik...

Rahmat.

@booktional
Kitoblarda(n)..📚
Bayramga atab hech kim tuzuk-quruq sovg'a bermasligini bilib, oldinroq o'zim uchun kitoblar sotib olgandim.

O'zimniyam bir-bir xursand qilib turishim kerakkuye😂

#mehmonjon

@booktional
Kitoblarda(n)..📚
Bayramga atab hech kim tuzuk-quruq sovg'a bermasligini bilib, oldinroq o'zim uchun kitoblar sotib olgandim. O'zimniyam bir-bir xursand qilib turishim kerakkuye😂 #mehmonjon @booktional
Hammanglar kitob olishimni kutib yurgan ekansizlarda, olsam men bermoqchiydim, shuni deysizlar...

sizlarni taktikalaringdan o'rganish kerak ekanu, men sodda, men dovdir....
Forwarded from Faqirona kulba 🦔
BALKI TOʻXTARMIZ?!

Bitta narsani yaxshi tushunishimiz kerak.
Bir paytlar barchamizning faxrimiz boʻlgan imom Buxoriy hazratlarini Buxoroga sigʻdirmaganmiz…
Bir paytlar biz faxrlanayotgan Navoiy hazratlarini ham Hirotdan Astrobotga “surgun” qilganmiz…
Oʻz vaqtida bugun millat ziyolilari va peshqadamlari hisoblanayotgan jadidlarni ham qoralaganmiz, qatl qilganmiz. Haligacha ularning oʻrnini toʻldiradigan kishilar chiqmayapti bu millatdan…
Bu millatni gʻanimdan himoya qilgan bobolarimizni bir paytlar bosmachi deb tamgʻalaganmiz, farzandlarimizga olaboʻji qilib koʻrsatganmiz…

Oʻz vaqtida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini ham ayblab qidiruvga berganmiz. Hali hamon qidiruv uchun gazetalarda berilgan eʼlon yodimda turibdi. Vaqt oʻtib u zotni qaytarib kelishga majbur boʻldik. Qaytib millatimiz uchun qancha ishlarni amalga oshirganlari, ilm va din borasida nechogʻli xizmatlar qilganlari bugun hech kimga sir emas…
Balki toʻxtarmiz….?!


#abdulqodir Samarqandiy

@Booktional
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qalbdalik 🦢
qalbim -
Oyning orqa tomoni
uni hech kim ko'ra olmagay

hatto men jondan sevgan kimsalar ham
ular bir ishda xo'p mohirligin tan olmoq darkor -
qalbimga tupurgan chog'larida
mo'ljaldan adashishmas sira
yaxshiki, Tangri menga
juft dengiz ato etgan

qachonlardir
Oyning orqa tomonidagi
dengizlarday
suvlari dunyoga ko'rinmas
ikki dengiz
shu dengizlarning sho'r oqimlari
muttasil yuvib turar
qalbim yuzidagi tupuklarni


"Havo"

©️ Gulnoz Mo'minova

Qalbdalik 💦
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kino, kitob haqida yaxshi suhbat bo'libdi. Yaxshi insaydlar olish uchun ko'rish kerak. Ayniqsa, soha mutaxasislarining fikrlari juda o'rinli.

P/s : men odatda suhbatlarni You tube'ni o'zida tezlashtirib ko'raman. Oldin maqsad vaqtdan yutish edi, bugunga kelib shunchaki shu format menga qulay bo'lib qoldi. Endi tabiiy formatda hech narsa ko'rolmay qolyapman.

#podcast

@booktional
Kitoblarda(n)..📚
Baʼzi odamlar takrorlanmaydi. Unaqalar xuddi tugʻilgan kun kabi bir marta keladilar! Umringizda hali shunday odamni uchratasizki, uning oldida oʻtirib, gapni qayerdan boshlashni bilmaysiz. Shunda u: “Hechqisi yoʻq, men siz nima demoqchi ekanligingizni …
Umringizda hali shunday odamni uchratasizki, unga nisbatan behuda xatolar qilasiz, keyin vijdoningiz qiynalib kechirim soʻrash uchun uning oldiga borasiz. Ammo u: “Hechqisi yoʻq, men sizni yaxshi bilaman. Siz yomon odam emassiz. Faqat ogʻir bir davrni boshingizdan oʻtkazayapsiz, xolos!”, – deydi.


@booktional
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/25 09:19:38
Back to Top
HTML Embed Code: