Telegram Web
Ўлим ёш танламайди. Вақтни борида қадрланг, орзуларингизни амалга оширишга улгуриб қолинг!

@Chinoz_yoshlar
#tayinlov #rasmiy
NIZAMUDINOV Shaxboz Abdusamatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi v.b etib tayinlandi.

Shaxboz Nizamudinov 1990-yilda Chinoz tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy. 2024-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi-huquqshunos, iqtisodchi, tarixchi, pedagog, jurnalist.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati.

Tayinlovga qadar, “Chinoz hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

https://www.tgoop.com/chinoz_hayoti_gazetasi
#Chinoz_tumani
#Ochiq_muloqot

Chinoz tumanida yoshlar muammolarini hal etish yoʻlida muhim qadamlar tashlandi.


Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov va sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni birgalikda muhokama qilib, yechim topishga harakat qildilar.

Mazkur uchrashuvda Prezidentimizning 2025 yil 14-fevraldagi videoselektor yigʻilishida yoshlar bilan ishlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.


👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
⚡️⚡️Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар келажаги ва тадбиркорлиги учун 400 миллион доллар ажратишга қаратилган 3 та қарорни эълон қилди

Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш жамғармаси ташкил этилади ва унга 100 миллион доллар ажратилади!

Олийгоҳ битирувчилари иш билан таъминлаш учун “Келажакка қадам” дастури ишга туширилади ва бунинг учун Миллий банкга 100 миллион доллар ажратилади!

Алоқабанк “Ёшлар банки”га айланади – ёшларнинг бизнес лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш учун 200 миллион доллар маблағ йўналтирилади!

ЭНГ МУҲИМИ: 👩‍💻💼 Хотин-қизлар тадбиркорлигига – банк кредитларининг камида 30% йўналтирилади!

Ёшларга қандай янги имкониятлар яратилмоқда?

💰 2,5 миллиард сўмгача имтиёзли кредитлар!

🚀 2 миллиард сўмгача стартап инвестициялари!

💼 ўзини ўзи банд қилган ёшлар – 100 миллион сўмгача

7 йил муддатга имтиёзли микроқарз!

🏆 20 нафар ёшни иш билан таъминлаган тадбиркорларга –
5 миллиард сўмгача 7 йил муддатга имтиёзли кредит!

Ёшлар отни қамчиланг, вақт келди!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Tillaobod mahallada tomorqa – bekorchilik uchun emas, daromad uchun! 💰
🚶‍♂️ Kimdir tomorqasida faqat o't o‘sishini tomosha qiladi…
💪 Kimdir esa 6 sotix yerdan yiliga 50 million so‘m daromad qiladi!
💡 Sir oddiy: To‘g‘ri ekin tanlash + samarali sug‘orish + bozorga yetkazish = Baraka!
"Yer unumdor emas" degan bahona o‘rniga, Qanday ekin foydali? deb o‘ylab ko‘ring.
"Mahsulotni sotish qiyin" o‘rniga, Kimga kerak? Qayerga yetkazish mumkin? deb izlaning.
🌟 Mahallamizda tomorqasidan unumli foydalanganlar bugun daromad topmoqda. Siz ham boshlashga tayyormisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
#Tillaobod #TomorqadanDaromad #Hosildorlik #Baraka
#Табриклар_сахифаси
#Чиноз_тумани

❇️ Ҳурматли Чиноз тумани ҳокими ўринбосари -
Васила Бахтиёровна!

Бугунги шукрона кунингиз муборак бўлсин. Сизни оилавий баҳт, тинчлик-хотиржамлик асло тарк этмасин. 

Хаёт йўлингиздаги барча эзгу истакларингиз амалга ошсин! Табассум юзингизни хеч қачон тарк этмасин, хар бир янги кунни қувонч билан қарши олиш бахтига муяссар бўлинг! Хаётнинг хамма жабхаларида хозиргидай кучли ва бетакрор бўлишингизда тилaкдошмиз. Мартабангиз хамиша улуғ бўлсин!

Мамлакатимизда олиб борилаётган ислоҳотларни жойларда самарали ташкил этилишида, хотин-қизларни жамиятда ўз ўрнига эга бўлиши ҳамда мавқеини янада ошишида олиб бораётган ишларингизда муваффақиятлар ёр бўлсин.

🌹 Чиноз тумани Ешлар ишлари бўлими жамоаси номидан муборакбод этамиз.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Yoshlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq, Chinoz tumani "Do'stlik" mahallasida 2024 yilda 34 nafar yoshlarga 10,4 gektar yer maydonlari ijaraga ajratib berilgan edi.

Bugungi kunda ushbu yoshlarimiz tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda.

Jumladan:

Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 2 nafar yoshlar tomonidan 0,46 gektar maydonga issiqxona tashkil qilib, aprel oyida yetishtirayotgan mahsulotlari yuqori daromad bilan bozorga chiqarishni boshlaymiz deydi - yosh dehqon G'aniyev Azimjon.

Shuningdek, 3 nafar yoshlarimiz ham 0,44 gektarga issiqxona tashkil qilib, ekin ekishlarini boshlab yuborgan.

Quvonarlisi shundaki, mazkur issiqxonalarda mahalladagi 4 nafar ishsiz yoshlar ham band qilingan.

Yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash – kelajakka investitsiya!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 NAVRO‘Z mahallasi yoshlari tomorqadan unumli foydalanyapti! 🔥
Ular har qarich yerdan mo‘l hosil olyapti, biznes boshlayapti, mahallasini rivojlantiryapti! 🚜🌱
SAMARQAND mahallasi yoshlari, siz-chi? 🤔
Sizning tomorqangiz faqat yozda ko‘kargan joymi yoki daromad manbaimi? 💰🌾
🔹 Kimning sabzavotlari super hosildor? 🥕
🔹 Kim tomorqadan biznes boshlagan? 💼
🔹 Kim eng kreativ usulda foydalanyapti? 🎯
Izohlarda g‘olibni aniqlaymiz! Fotosurat yoki video bilan bo‘lishing! 📸🎥
#TomorqadanFoyda #HosildorYoshlar #MahallamizG‘ururi #Navro‘zVsSamarqand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Milliylik qonimizda!
Chinoz yoshlari! Bizning milliyligimiz – bu ajdodlardan qolgan bebaho meros! Doppi, atlas, adras – nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va g‘ururi!
🔥 Doppi – donishmandlik va faxr timsoli!
🔥 Adras va atlas – o‘ziga xos nafosat, san’atning mo‘jizasi!
🔥 Hunarmandchilik – milliy merosni asrash yo‘lidagi bebaho mehnat!

📢 Siz ham milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing, birga harakat qilamiz!

🔥 Parkent yoshlari, siz ham tayyormisiz?
Milliy kiyim – bu shunchaki urf emas, bu bizning tariximiz va o‘zligimiz! Doppi kiygan yosh – g‘ururli yosh, adras kiygan yigit-qiz – millat timsoli!
Siz ham milliy merosimizni targ‘ib qilish va rivojlantirishga tayyormisiz? Unda harakatga kel!

#ParkentYoshlari #MilliyMeros #Doppi #Atlas #Adras #KelajakBugundan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chinoz _tumani
#chellenj
#milliylikqonimizda

Chinoz tumani 33-maktabda
"Asrlar osha davom etgan milliy iftixor" shiori ostida milliy namoyish o'tkazildi.

Milliy liboslar – bu xalqimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Asrlar davomida o‘zbek milliy liboslari nafaqat kiyinish madaniyatining ifodasi, balki milliy iftixor timsoli sifatida ham qadrlanib kelmoqda. Ular har bir davr ruhini, ajdodlarimizning didi va ma’naviy qarashlarini aks ettirgan.
Asrlar osha davom etgan bu iftixor timsolini ardoqlash va uni kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sanoatining ilg‘or ishlanmalari bilan tanishdi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi.

👉@Chinoz_yoshlar
Prezident qaroriga ko‘ra, “Aloqabank” tomonidan “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida:

18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda 100 mln so‘mgacha mikroqarzni 3 oygacha imtiyozli davr hamda 2 yilgacha asosiy qarzni to‘lamaslik shartlari asosida 7 yilgacha muddatga sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida ajratiladi.

Ushbu mikroqarz tomorqadan foydalanib, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik qilishga, Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, xususan, hunarmandchilik, Fan, san’at va sport sohalarida faoliyat yurituvchi yoshlarga hamda Frilanserlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun ajratiladi.

Yoshlar uchun ish o‘rinlari” dasturi: Aloqabank tomonidan Yakka tartibdagi yosh tadbirkorlar va yoshlar rahbarligidagi kichik bizneslarga kamida 20 ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Ushbu kredit: ishlab chiqarish uskunalari va qurilish ishlari, Tijorat avtotransport vositalarini sotib olish, Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hamda Yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitish yo‘nalishlari uchun ajratiladi.

Ushbu imtiyozli kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi. Ayni payta asosiy stavka 13,5% ekanligini hisobga olsak, mazkur kreditlar yillik 17,5% stavkada ajratiladi.

Imtiyozli kreditlarning taqdim etilishi shartlarini bajarmagan qarz oluvchilarga nisbatan kredit foiz stavkalari bozor stavkalariga o‘zgartiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 CHINOZ YOSHLARI: MILLIYLIK QONIMIZDA! 🇺🇿🔥
Bizning tariximiz – buyuk! 📜
Bizning qadriyatlarimiz – barhayot! 🏛️
Bizning millatimiz – g‘ururli! 🇺🇿
🌿 Ota-bobolarimizdan meros qadriyatlar bizning yo‘limizni yoritadi!
👑 Milliy liboslar – bizning iftixorimiz!
🎶 Milliy kuy va raqslar – bizning yurak ohangimiz!
🥀 An’analarimiz – bizni birlashtiradigan ruh!
Milliylik – bizning qonimizda!
Milliy g‘oya – bizning qudratimiz!
Chinoz yoshlari milliy an’analar, tarix va madaniyatni avlodlarga yetkazishda yetakchi! 💪
#MilliylikQonimizda
#ChinozYoshlarYetakchilari
#Iftixor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Milliylik_qonimizda

"Ahillik"da milliy liboslar festivali oʻtkazildi!

Chinoz tumani "Ahillik" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan Oʻzbekiston Qahramoni Tursunoy Oxunovaning muzeyida milliy madaniyatimizni va anʼanaviy kiyinish uslublarimizni keng targʻib etish maqsadida Milliy liboslar festivali boʻlib oʻtdi.

Festivalda mahalla ahli, faol yoshlar va nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbir davomida turli avlod vakillari tomonidan milliy liboslar namoyishi tashkil etildi.

Shuningdek, Milliy liboslar festivali ishtirokchilariga milliy udumlarimiz va milliy taomlarimizdan boʻlgan sumalak ham tortiq etildi. Oʻsib kelayotgan yoshlarga Oʻzbekiston Qahramoni Tursunoy Oxunovaning hayot yoʻllari bilan tanishtirildi.

Aziz yurtdoshlar, keling, milliy liboslarimizni nafaqat bayramlarda, balki kundalik turmush tarzimizda ham kiyishga odatlanaylik. Shu orqali oʻzligimizni saqlab, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaylik!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Web site ||Facebook|Instagram|
2025/02/22 10:56:26
Back to Top
HTML Embed Code: