Telegram Web
O‘zbekiston fermerlari kengashining mamlakatimiz fermer va dehqonlariga murojaati

Hurmatli va aziz fermerlar! Bugungi global iqtisodiy va ekologiyaviy sharoitda dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelish xavfi ortayotgan bir paytda, qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yuqori hosil olish va oziq-ovqat ekinlarini ko‘paytirish muhim vazifaga aylanmoqda. Shu murakkab sharoitda dehqon va fermerlarimiz barchadan ko‘ra mas’uliyatli va fidokorona mehnat qilmoqda.

🔘Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Iskandarov Shuhrat Isomiddinovichning tuman aholisiga murojaati

Hurmatli tumandoshlar tumanimizda avtotransport vositalaridan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, belgilangan me’yoriy tezlikdan oshirish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lib, insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi, bolalar otasiz va onasiz qolib ketishi kabi ayanchi holat bilan tugamoqda.

🔘Batafsil o‘qish

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Чироқчи тумани прокурори Турсунов Жасур Санжаровичнинг туман аҳолисига мурожаати

Ҳурматли туманимиз аҳолиси!

Чироқчи туманида жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликларни камайтириш, фуқароларимизнинг хавфсизлигини таъминлаш мақсадида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан тизимли ишлар амалга оширилмоқда.

Ушбу чора-тадбирларнинг самарадорлиги, албатта, сиз — ҳурматли фуқаролар билан яқин ҳамкорликка боғлиқ. Шу муносабат билан, сизларга мурожаат қилишни жоиз деб билдик.

🔘Батафсил ўқиш

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Пахта ҳосилига ҳосил қўшиб, бу йилги мавсумни уюшқоқлик билан ўтказайлик!

Ўзбекистон фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга мурожаати

Батафсил: https://uza.uz/posts/737334

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiroqchi tumanidagi Chiroqchi Milliy maktabda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Milliy do‘ppilar-Millat ko‘rki" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan "Shum bola" asari asosida sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni joyida hal qilish maqsadida tuman hokimligi majlislar zalida navbatdagi ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuv Chiroqchi tumani hokimligi tashabbusi bilan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimning birinchi o‘rinbosari Zafar Ergashyev, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ vakillari, Savdo-sanoat palatasi, Tijorat banklari, BXM mutaxassislari, tumandagi faol tadbirkorlar hamda hokim yordamchilari ishtirokida tashkil etildi.

Muloqot davomida, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ xizmatlari haqida seminar ishtirokchilariga to‘liq malumot berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchida “Ishbilarmon ayol-2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Tuman markazidagi Madaniyat bo‘limida “Ishbilarmon ayol-2025” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tadbir dastlab tumandagi mahallalarda o‘tkazildi. Mahalla bosqichi g‘oliblari tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Ko‘rik-tanlovda tadbirkorlikni, hunarmandchilikni, fermerlikni rivojlantirishda, yangi ishchi o‘rinlarini yaratayotgan yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” va “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirok etdilar.

Tanlov yakunida, Arabbandi MFYdan Yakka tartibdagi xususiy tadbirkor Qo‘ldosheva Saltanat, Obod MFYdan Yakka tartibdagi xususiy tadbirkor Toshquvvatova Feruza va Choshtepa MFYdan Yakka tartibdagi xususiy tadbirkor Ziyodova Nasibalar g‘olib deb topildi va ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchida konsert

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Respublikadan tashrif buyuradigan taniqli san'atkorlar jamoasining "Madaniyat karvoni" 8-iyul kuni soat 19:00 da Chiroqchi tumanida ham gala konsert tashkil etmoqda.

Manzil: Chiroqchi tumani markaziy o'yingohi

Konsertga kirish bepul.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tomorqadan biznesgacha: Olmazor yo‘li!

📍Chiroqchi tumanining Olmazor mahallasida tomorqachilik rivojlanmoqda.

Mahalla hududidagi 5 gektar yer maydoni hokim yordamchisi ko‘magida 16 nafar fuqaroga ajratib berilgandi.

Endilikda tadbirkor-dehqonlarning har biri o'zlariga ajratilgan 30 sotix tomorqadan 50 tonnagacha hosil olmoqda.

Bu daromadlar “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilining amaliy natijasidir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
🎉 Chiroqchida bayram konserti boshlandi!

Chiroqchi tumani markazidagi Markaziy o‘yingohda Oʻzbekiston Davlat Filarmoniyasi ijodkorlari ishtirokida tantanali konsert dasturi boshlandi.
Bayram tadbiri uchun puxta va yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrilgan.

Barcha tumandoshlarimizni ushbu ko‘tarinki ruhdagi bayram dasturiga taklif etamiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MADANIYATKARVONI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Respublikadan tashrif buyurgan O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi "Lazgi" ansamli hamda taniqli san'atkorlar ishtirokidagi "Madaniyat karvoni" loyihasi doirasidagi konsert dasturi davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
2025/07/13 19:04:25
Back to Top
HTML Embed Code: