Chiroqchida joriy yilda 3 300 gektar maydonlarga chigit ekilib, parvarish qilinmoqda
Chiroqchi tumanida g‘o‘za parvarishiga e’tibor, hosilni kutilayotgan issiq havodan saqlash, g‘o‘za ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘orish, belgilangan tartibda agrotexnik tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Salim Jurayev hududidagi "Paxta-Gʻalla" fermer xo‘jaligi dalasida qishloq xo‘jaligi tashkilotlari vakillari, klaster va fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimi Fayzulla Yusupov, tuman prokurori Jasur Tursunov va hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Mirzayev boshchiligida sohaga dahldor rahbarlar ishtirok etdi.
Seminar davomida g‘o‘za parvarishida har bir karta yoki uchastkaning namlik sharoitlari (tuproq turi, unumdorligi, yer osti suvlarining joylashishi, sho‘rlanish darajasi) va ekilgan navning xususiyatlarini hisobga olib, ko‘chat qalinligini to‘g‘ri belgilash va sug‘orish ishlarini o‘z muddatida bajarish juda muhim omil ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek, g‘o‘za maydonlarini begona o‘tlardan tozalash, yaganalash, kultivatsiyalash va chekankalash ishlarini to‘liq yakunlash, g‘o‘za zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kimyoviy ishlov, suspenziya sepish kabi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press