Telegram Web
Chiroqchi tumani prokurori Jasur Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-1-sonli "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarining barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror ijrosi yuzasidan tumandagi ko‘p qavatli turar-joy binolarning kuzatuv kameralari, tashvish tugmalari hamda domofon o'rnatish yuzasidan qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Quruvchilarga qo'riqlov bilan bog‘liq kuzatuv kameralari, tashvish tugmalari hamda domofon o'rnatish yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar berdi. Shuningdek, qizil toifadagi Chiroqchi mahallasida o‘rganish ishlarini ham olib bordi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchida sayyor qabul – aholining ehtiyojiga manzilli yechim!

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Chiroqchi tumani filiali tomonidan “Bog‘ishamol” mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik uchun yer olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joyga egalik huquqi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mutasaddilar har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar, zarur tavsiyalar va amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu esa fuqarolarda o‘z masalalarini qonuniy tartibda hal etish istagini yanada kuchaytirdi.

Sayyor qabul davomida sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar va amaldagi tartiblar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Bu ochiqlik esa aholining kadastr sohasiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
"Dolzarb 90 kun" doirasida "Bilimlar karvoni" loyihasi Chiroqchi mahallasida bo'ldi

"DOLZARB 90 KUN" doirasida Yoshlar ishlari Chiroqchi tuman bo'limi tashabbusi bilan tashkil qilingan "Bilimlar karvoni" loyihasining navbatdagi qizg'in ZAKOVAT va boshqa tadbirlari, tanlovlari musobaqasi Chiroqchi mahallasida katta qiziqishlar bilan bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov ham ishtirok etdi.

Ushbu musobaqalardan ko'zlangan asosiy maqsad – mahalla yoshlarini sportga, tanlov va loyihalarga keng jalb etish, ularni mazkur tadbirlarga bo'lgan ishtiyoqini oshirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat bo'ldi.

Musobaqa va tadbirlar hayajonli va murosasiz bahslarga boy ruhda o'tdi. Jamoalar o'zlarining bilimdonligi, mahorati va jamoaviy ruhini namoyish etishdi. G'olib va sovrindorlarga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.                

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiroqchi tumani madaniyat bo‘limi tasarrufidagi madaniyat markazlarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator ijodiy va madaniy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan!
Yoʻnalishlar!
🎤Xonandalik
🎸Gitara
🎨Rassomchilik
🪇Folklor
🥁Doyra
🪕Rubob
💐Tasviriyva amaliy san’at
📄Sheriyat
💃Raqs
Qolaversa "Chiroqchi-chiroqlari" fol‘klor etnografik xalq ansambli hamda "Oltin-qoʻllar" ashula va raqs xalq ansambllarida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislardan oʻzingizga kerakli saboqlarni olishingiz mumkin!
Siz xam oʻzingiz qiziqadigan toʻgaraklarga ishtirok etishingiz mumkin, bizda toʻgarak a’zolar 7-70 yoshgacha.
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingiz kelajagiga befarq boʻlmang,
San’at butun dunyoni ezgulikka chorlaydi.
Manzil: Chiroqchi tumani 47-son madaniyat markazi.
Muljal: Hokimyat roʻparasi

Tel:+998907162575

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
#ОАВ

"Chiroqchi" gazetasining navbatdagi sonida:

©"Chiroqchi" gazetasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
2025/07/14 11:15:53
Back to Top
HTML Embed Code: