Telegram Web
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining yig’ilishi o’tkazildi

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi bo'lim boshlig'i F.Arslonov, tuman hokimi F.Yusupov, tuman prokurori J.Tursunov hamda tuman IIB boshlig'i Sh.Iskandarov raisligida Chiroqchi tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan idoralararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan olti oyida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy – iqtisodiy sohalar kesimida mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Bundan tashqari, xizmat vazifasiga yuzaki va mas’uliyatsizlik bilan qarab, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.

Mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, Kengash qarori bilan hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hokimlik, idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
2024-2025-oʻquv yili yakuni hamda maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Chiroqchi tumani hokimligi binosida tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari bilan bugungi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, 2024-2025-oʻquv yili yakuni hamda maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Tanqidiy yig'ilishni kun tartibidagi masalalar maktab bitiruvchilarni oliy ta‘lim muassasalariga kirish ko‘rsatgichlari, ta‘lim muassasalarda Dolzarb 90 kun loyihasi ijrosi, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik hamda erta turmushni oldini olish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida oliy ta‘lim muassasalariga hujjat topshirishda hamda maktab bitiruvchilari muddatdan oldin talaba bo‘lishi bo‘yicha yuqori natijaga erishgan bir guruh makatb direktorlari tuman hokimi tomonidan 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdilandi
.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, turli qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Yo‘riqnomada tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga  barcha turdagi qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlab oldini olish, xizmat samaradorligini oshirish lozimligini ta’kidladi.

Xizmat davomida fuqarolarning jamoat joyi hamda turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etishga oid topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Reyd tadbiri davomida ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz voyaga yetmaganlar kompyuter o‘yinxonalariga qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_24_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/GMHLm7H4UPI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/chiroqchi_press
2025/07/12 21:01:46
Back to Top
HTML Embed Code: