Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
10457 - Telegram Web
Telegram Web
📣📣📣 DIQQAT EʼLON!

“Huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi

Mashg‘ulotni TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professor-oʼqituvchilari hamda
Parkent tumani Ichki ishlar boʼlimi voyaga yetmaganlar masalalari boʼyicha inspektor-psixolog leytenant Аʼzamjonova Nazokat va Chilonzor tumani IIO FMB HPB Yoshlar masalalari boʼyicha profilaktika katta inspektori leytenant Rixsiboeva Nigoralar bilan hamkorlikda olib borishadi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasi mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Mahorat darsi 30-noyabr kuni soat 12:00 da ZOOM platformasida bo'lib o'tadi.

Mahorat darsiga ulanish uchun havola👇

Войти Zoom Конференция
https://us06web.zoom.us/j/89740683394?pwd=l3xy6yh0lFZxsj6eMVC2DMqezbLw8U.1

Идентификатор конференции: 897 4068 3394
Код доступа: 0088

Telegram kanalimiz 👇
https://www.tgoop.com/Criminal_law_a_Criminology
⚡️TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi qoshidagi “Criminal law and criminology” to’garagi jamoasi barchangizni mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!

💥Hayotingizda doimiy barqarorlik, rivojlanish va yangi yutuqlarning amalga oshishini, shuningdek qalbingizni doimo ijobiy his-tuygʻular bilan toʻldiradigan goʻzal hayot va yorqin gʻoyalar hamrohingiz boʻlishini tilaymiz!

Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tgoop.com/Criminal_law_a_Criminology
2023-yil SARHISOBI

“Criminal law and criminology”
toʼgaragi 2023-yilning sentyabr oyidan faoliyatini boshladi.

Toʼgarak tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanishlarini oldini olish va ular bilan ishlash” mavzusida mahorat-darsi (31.10.2023), “Huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari” mavzusida seminar-trening (30.11.2023) va “Say no to corruption” mavzusida eng yaxshi infografikalar tanlovi (9.12.2023) o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda professor-oʼqituvchilar, magistrlar, to‘garak a’zolari hamda amaliyot xodimlari ishtirok etishdi.

Shu bilan birga to‘garak kanal va sahifalar orqali jinoyat huquqi va kriminologiya sohasiga oid ma’lumotlar joylashtirib borildi va turli muammoli vaziyatlar yuzasidan muhokamalar tashkil etildi.

Yangi 2024-yilda
toʼgarak tomonidan qator qiziqarli tadbirlar koʼzda tutilgan boʼlib, ular qatorida xalqaro hujjatlar, konvensiyalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazish orqali viktorina tanlovi va to‘garak a’zolarida maqola va tezis yozish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish, “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasi” va “O‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning jinoyat-huquqiy jihatlari” mavzuda mahorat-darsilarini tashkil etish, shuningdek jinoyat huquqi va kriminologiya sohasiga oid ilmiy mushohadalar, qarashlar bilan tanishtirish, qiziqarli test va boshqotirmalarni yechish orqali intellektual tashxisga ega bo‘lish va sohadagi yangiliklardan habardor qilib borishga qaratilgan tadbirlar oʼrin olgan.

Barchangizga samarali o‘tgan 2023-yil uchun to‘garak jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Biz bilan bir birga bo'ling!


“Criminal law and criminology”
toʼgaragi.
Hurmatli qadrdon doʻstlarimiz!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2024-yil bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizlarga yangi yilda yangidan-yangi muvaffaqqiyatlar, ijobiy oʻzgarishlar va omad yor boʻlishini tilaymiz.

Kelgusi ishlaringizda har qanday toʻsiqlarni mardonavor yengib oʻtib, ezgu maqsadlar sari dadil qadam bilan borishingizni va omad hamisha Sizlarni tark etmasligini tilaymiz!

Oilangizda xar doim tinchlik-xotirjamlik, oʻzaro mexr-oqibat tuygʻulari xukmron boʻlsin!

Hurmat bilan, toʻgarak jamoasi!!!
💥 Yangi 2024-yil muborak!

Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor boʻlsin.
Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin.
Yangi yil qutlugʻ boʻlsin!
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

1-qism

Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo bosib olungunga qadar mazkur mintaqada uchta mustaqil davlat shakllangan boʻlib, Buxoro amirligi, Qoʻqon hamda Xiva xonliklarida shariat qonunlariga amal qilingan.

Rossiya istilosi tufayli Qoʻqon xonligi tamoman tugatilib, harbiy idora qilishga asoslangan Turkiston general-gubernatorligi tuzildi.

Qoʻqon xonligining hududi Rossiya imperiyasining gubernasi sifatida Rossiyaga qoʻshib olindi.

Buxoro amirligi va Xiva xonligi
oʻz mustaqilligini yoʻqotgan boʻlsada, ular rasmiy jihatdan saqlab qolindi va Rossiya koloniyasiga aylantirildi.

Markaziy Osiyoni bosib olganidan keyin, chorizm jahon kolonial siyosatining tajribalaridan kelib chiqib hamda mahalliy halqning qahrini kuchayishidan choʻchib, amalda boʻlgan baʼzi qonunlarni hamda sud sifatida faoliyat olib borayotgan qozilarni saqlab qoldi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

2-qism

Qozilar shariat qonunlari asosida ishlarni koʻrib borsada biroq ularning faoliyati cheklangan boʻlib, asosan fuqarolik ishlarini koʻrar, jinoyat ishlaridan esa jamiyat uchun deyarli xavf tugʻdirmaydigan mayda jinoyatlarni masalan, mayda oʻgʻrilik, haqorat qilish, badanga yengil shikast yetkazish kabi jinoyatlarni koʻrganlar.

1865-yilda “Turkiston viloyatini idora qilish haqida vaqtincha Nizom” qabul qilinib, unga asosan, Turkistondagi barcha maʼmuriy idoralar va sud Turkiston harbiy gubernatoriga boʻysundirildi.

Mayda jinoyatlardan boshqa barcha jinoyatlar Chor hukumatining sudlari yoki harbiy sudlarda koʻrilib, Chor Rossiyasi jinoyat qonunlari asosida hal qilish boshlandi.

Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoda maʼlum darajada shariat qonunlarini saqlab qolish yoʻli bilan, shariat boʻyicha kolonial hokimiyat va idoralarga halqni boʻysundirish uchun foydalandi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

3-qism

Ayniqsa, davlat soliqlarini undirish masalasida shariat qonunlaridan keng foydalanib kelishgan.

Turkistonni qozoq va qirgiz millatiga mansub aholisi yashaydigan joylarda joriy etilgan yangi Nizomga binoan, biylar sudi tashkil etildi.

Biylarning jinoyat ishlarini koʻrish huquqi chegaralangan boʻlib, ular oʻz ishlarini odat huquqiga asosan olib borganlar.

Biy sudlari tomonidan shaxsga qarshi, mulkka qarshi talonchilik va bosqinchilikdan tashqari oilaviy mojarolardan kelib chiqadigan jinoyatlar, musulmon diniga qarshi sodir qilingan jinoyatlarnigina koʻrganlar.

Boshqa barcha jinoyatlar Rossiya imperiyasi jinoyat qonunlari asosida hal qilingan.

Odat huquqi qonun tariqasida eʼlon qilinmay, ogʻzaki, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan tartiblardan iborat boʻlgan.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

4-qism

1917-yil Oktyabr tuntarishidan keyin ham qozi va biy sudlari vaqtincha saqlab qolindi.

Buxoro amirligi va Xorazm xonligi Sovetlar bosqini tufayli 1920-yili tugatildi va Sovet davlati tarkibiga kiruvchi Buxoro Xalq Respublikasi va Xorazm Xalq Respublikasi tashkil qilindi. Bu davlatlarda shariat qonunlariga amal qilish toʻxtalib, toʻliq raishda sovet qonunlari joriy qilindi.

Chor Rossiyasi davrida Markaziy Osiyoning bevosita Rossiya hududiga Turkiston guberniyasi sifatida kirgan qismi Oktyabr toʻntarishidan keyin Turkiston avtonom respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga kirdi.

RSFSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi va Halq Komissarlari Sovetining Jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismiga doir dekretlari, yoʻriqnoma va boshqa aktlari oʻsha davrda Turkiston avtonom Respublikasi hududida avtonom Respublika Markaziy ijroiya Qoʻmitasi va Halq Komissarlari Sovetining maxsus qarori bilan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri avtonom respublikaga joriy etildi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

5-qism

1919-yilning dekabr oyida RSFSR jinoyat huquqi boʻyicha asosiy qoʻllanma chiqarildi. Mazkur qoʻllanma faqat jinoyat huquqining Umumiy qismiga tegishli normalardan iborat edi.

Asosiy qoʻllanmani toʻldirilgan nashri 1920-yil 20-aprelda “RSFSRning Turkiston avtonom Respublikasi jinoyat huquqi boʻyicha Asosiy qoʻllanma” nomi bilan nashr etildi. Bu asosiy qoʻllanma birinchi jinoyat qonuni boʻldi.

1922-yil 24-mayda RSFSRning Jinoyat kodeksi qabul qilindi va bu Kodeksning Turkiston Respublikasida ham amal qilinishi toʻgʻrisida 1922-yil 21-iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya qoʻmitasi tomonidan qapop qabul qilindi. Bu kodeks Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari hududiga ham joriy qilindi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

6-qism

1924-yil SSSR tashkil etilib, Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika sifatida SSSR tarkibiga kirdi.

SSSR tashkil etilganidan keyin 1924-yil 31-oktyabr kuni “SSR Ittifoqi va Ittifoqdosh respublikalar jinoyat qonunlari Asosiy qoidalari” qabul qilinib, unda jinoyat huquqi Umumiy qismining muhim qoidalari bayon qilindi.

Asosiy qoidalar Umumittifoq qonuni boʻlib, barcha ittifoqdosh respublikalar hududida birday amal qilish boshlandi.

1926-yil 16-iyunda Oʻzbekiston SSRning birinchi Jinoyat kodeksi qabul qilinib, 1926-yil 1-iyuldan amalga kiritildi (Bu Kodeks oʻsha davrda Tojikiston ASSRda ham amal qildi).

Ushbu Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismlardan iborat boʻlib, Umumiy qismi toʻrt boʻlimdan, Maxsus qismi oʻn bobdan iborat edi.

Ushbu kodeks umumittifoq qonuni hisoblangan, 1924-yil 31-oktyabrda qabul qilingan “SSR Ittifoqi va Ittifoqdosh respublikalar jinoyat qonunlari Asosiy qoidalar”ga muvofiq ravishda qabul qilingan.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

7-qism

Kodeks Umumiy qismining birinchi boʻlimida jinoyat qonunining amal qilish doirasi, yaʼni SSSR fuqarolari va xorijiy mamlakatlar fuqarolarining Oʻzbekiston hududida qilgan jinoyatlari uchun javobgarlik,

ikkinchi boʻlimda Jinoyat kodeksining vazifalari, jinoyat tushunchasi, ijtimoiy muhofaza choralarining maqsadi, analogiya, ayb shakllari, jinoyat bosqichlari, ishtirokchilik, kilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, jinoiy javobgarlikka tortish muhlatlari, sudlanmagan deb hisoblash va boshqa normalar bayon qilingan.

Uchinchi boʻlimida jinoyat sodir qilgan shaxslarni sud yoʻli bilan tuzatish hususiyatlardagi choralar, tibbiy va tibbiy pedagogik xarakterdagi choralar, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiuvchi holatlar koʻzda tutilgan.

Toʻrtinchi boʻlimida ijtimoiy muhofaza choralaridan muddatidan ilgari ozod kilish tartiblari nazarda tutilgan.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

8-qism

Kodeksning Maxsus qismi quyidagi boblardan iborat boʻlgan:

1. Davlatga qarshi (kontrrevolyutsion va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyaglar);
2. Xarbiy jinoyatlar;
3. Mansabdorlik jinoyatlari;
4. Dinni davlatdan ajratish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzishga oid jinoyatlar;
5. Xoʻjalik jinoyatlari;
6. Shaxsning hayotiga, sogʻligiga, ozodligiga va obroʻsiga qarshi qaratilgan jinoyatlar;
7. Mulkiy jinoyatlar;
8. Xalqning salomatligini, jamoat xavfsizligini va oilaviy tartibni saqlash qoidalarini buzish;
9. Mahalliy maishiy jinoyatlar;
10. Suv jinoyatlari.

RSFSRning 1922 yida qabul qilingan Jinoyat kodeksi 1926-yilgacha, yaʼni Oʻzbekistonning Jinoyat kodeksi amalga kiritilgunga kadar Oʻzbekiston hududida kuchda boʻlgan.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

9-qism

Oʻzbekistonning 1926-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi 1960-yil 1-yanvargacha amalda boʻldi.

Ushbu Jinoyat kodeksi asosan davlatni, shu davrda mavjud boʻlgan davlat tuzumini himoya qilishga qaratilgan.

Bu Kodeks Umumiy qismining 2-boʻlimida analogiya qoidalarini qoʻllab, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkinligini koʻzda tutgan edi.

Analogiya qoidasiga koʻra, oʻsha davr uchun ijtimoiy xavfli hisoblangan, lekin shunday qilmish uchun Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilanmagan boʻlsa, shaxsni shunday qilmishga oʻxshash boʻlgan Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan muayyan moddasi bilan javobgar qilish mumkin boʻlgan.

1950-yillarning oxiriga kelib, Sovet davlati oʻzining yangi riiojlanish bosqichiga kirgan, oʻsha davr nuqtai nazardan aytganda mulkdorlar sinf sifatida tamoman tugatilgan, jamiyat aʼzolari ishchi-dehqon, ziyolilardan, yaʼni mehnatkashlardan iborat edi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

10-qism

Shunga koʻra qonunlarni, shu jumladan jinoyat qonunlarini qayta koʻrib chiqish zarurati kelib chiqib, 1958-yil 25-dekabrda Umumittifoq jinoyat qonuni hisoblangan uchta qonun qabul qilindi.

Bular:

1. SSR Ittifoqi va Ittifoqdosh respublikalar jinoyat qonunlari asoslari:
2. Davlatga qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qonun;
3. Xarbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qonun.

“SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalar jinoyat qonunlari Asoslari” jinoyat huquqining Umumiy qismidan iborat boʻlib, barcha ittifoqdosh respublikalar oʻzlarining Jinoyat kodekslarini shunga muvofiq ravishda ishlab chiqishlari va qabul qilishlari kerak edi.

Davlatga qarshi va xarbiy jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi Umumittifoq qonunlari hech qanday oʻzgarishsiz Ittifoqdosh Respublikalar Jinoyat kodeksiga kiritilishi shart boʻlgan.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

11-qism

Bu qonunga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritishga Ittifoqdosh respublikalar haqli emas edi. Bulardan tashqari, Umumittifoq qonuni sifatida SSR Ittifoqi manfaatlariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi SSSR Oliy Sovet Prezidumining farmonlari chiqarilib, bular ham Umumittifoq akti hisoblanib, ittifoqdosh respublikalar hududida bir vaqtda va bir xilda amal qilar edi.

Bularga, masalan, “Zorlab nomusga tekkanlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1962-yil 20-fevral farmoni, “Poraxoʻrlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1962-yil 20-fevral farmoni, “Bezorilik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1966-yil 26-iyul farmoni va boshqalar.

Umumittifoq qonunlari hisoblangan yuqorida aytilgan qonunlar asosida 1959-yil 21-mayda Oʻzbekistonning yangi Jinoyat kodeksi qabul qilinib, 1960-yil 1-yanvardan amalga kiritildi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

12-qism

Bu JKning umumiy qismi 4-toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib,
1-boʻlimida jinoyat qonuniinng umumiy qoidalari,
2-boʻlimi jinoyat toʻgʻrisida,
3-boʻlim jazo haqida,
4-boʻlim jazo tayinlash va jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi normalardan iborat boʻlgan.

Maxsus qismi 11-bobdan iborat boʻlib:

1-bob davlatga qarshi jinoyatlar;
2-bob shaxsning hayotiga, sogʻligiga, ozodligiga va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar;
3-bob sotsialistik mulkka qarshi jinoyatlar;
4-bob fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi jinoyatlar;
5-bob fuqarolarning siyosiy va mehnat huquqlariga qarshi jinoyatlar;
6-bob mansabdorlik jinoyatlari;
7-bob odil sudlovga qarshi jinoyatlar;
8-bob hoʻjalik jinoyatlari;
9-bob boshqaruv tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlar;
10-bob jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar;
11-bob xarbiy jinoyatlardan iborat boʻlgan.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

13-qism

Ushbu JK 1995-yil 1-aprelgacha amalda boʻldi. Agar Oʻzbekistonning 1926-yili qabul qilingan JKda analogiyadan foydalanilgan boʻlsa, 1959-yilgi JKda analogiyadan tamoman voz kechildi.

Sotsializmda sotsialistik ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borgan sari, jamiyat azolari barkamol boʻlib boradi va natijada jinoyatchilik borgan sari kamayib boradi, degan nazariya hukmron edi.
1959-yili qabul qilingan JK shu nuqtai nazardan ishlab chiqilgan. Aslida esa sobiq Sovet ittifoqida sotsialistik ijtimoiy munosabatlar shakllanmay jamiyatda maʼmuriy buyruqbozlik tizimi hukmron boʻlgan.

Bunday sharoitda jinoyatchilik kamaymadi, sotsialistik ijtimoiy munosabatlar rivojlanmadi. Jamiyatning inqirozi chuqurlashib bordi. Agar hozirgi bozor iqtisodiyoti tizimida mulkdorlar sinfini shakllaitirish ochiiqdan-ochiq eʼlon qilingan va jamiyatda qonuniy hodisa hisoblangan sari u davrda bunday holat yashirin boʻlib, oʻz-oʻzidan jinoyatni tug’dirib turar edi.

(davomi bor)
#Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi tarixi

14-qism

Hatto insonlar oʻrtasida asrlar osha boʻlib turgan iqtisodiy munosabatlar – shaxslarning xususiy savdo (chaykovchilik) bilan shugʻullanishi, xususiy shaxslarning mugʻombirlik faoliyati bilan shugʻullanishini qonun yoʻli bilan taqiqlab qoʻyilganligining oʻzi oʻz-oʻzidan jinoyatchilikni tugʻdirib turaverar edi.

Oʻsha davrdagi boshqaruv va hoʻjalik yuritish tizimi oʻz-oʻzidan mansabdorlik jinoyatlarining hoʻjalik jinoyatlarining koʻpayib ketishiga sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan va eʼlon qilgandan soʻng, 1991-yilda mustaqil Oʻzbekistonning yangi qonunlarini ishlab chiqish va qabul qilish boshlandi.
1992-yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi barcha soha, shu jumladan yangi JKni ishlab chiqish va qabul qilish uchun toʻla sharoit yaratib berdi.

1994-yil 22-sentyabrda mustaqil Oʻzbekistonning birinchi JK qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan amalga kiritildi.

(oxiri)
🔹“O‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning jinoyat-huquqiy jihatlari” mavzusida “mahorat darsi” boʼlib oʼtdi.

Mahorat darsi Toshkent viloyati IIBB Tashkiliy Boshqarma Idoraviy nazorat va tahlil boʼlimi katta inspektorlari kapitan B. Boltaboev hamda leytenant S.Kuvandikovlar tomonidan olib borildi.

🔊Tadbirda oʼzganing mulkini talon-toroj qilish jinoyatlariga qarshi kurashish, ularning sabablarini oʼrganish va bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan odilona jazo tayinlash masalalari muhokama qilindi.

Obuna boʻling👉🏻Criminal Law and Criminology
2024/06/30 20:43:56
Back to Top
HTML Embed Code: