Telegram Web
*Homiladorlik davrida jinsiy infeksiyalar va ularni davolash*

Afsuski, bir maqolada barcha jinsiy infeksiyalar haqida ma'lumot berib bo'lmaydi. Shuninguchun ularning asosiylari va ko'p uchraydiganlari haqida gaplashamiz.

Jinsiy infeksiyalarning asosiylari:

Xlamidioz

Xlamidioz infeksion kasallik bo'lib, jinsiy aloqa orqali yuqadi.

Xlamidioz alomatlari

Erkaklarda kasallik uretradan (siydik chiqish nayi) rangsiz oz miqdordagi suyuqlik ajralishi, siyish davomida va jinsiy aloqa jarayonida og'riqda namoyon bo'lishi mumkin.
Ayollarda kasallik qindan oq, sariq yoki rangsiz ajralishlar chiqishi, jinsiy aloqa jarayonida va siyish davomida og'riq, qorin tagi va beldagi og'riqlarda namoyon bo'lishi mumkin.
Muhimi shundaki, yuqoridagi alomatlar boshqa kasalliklar alomati ham bo'ladi yoki ko'pincha xlamidioz umuman hech qanday alomatsiz kechadi. Natijada, ayolda kasallik bepushtlikni, erkaklarda esa tuxumdon kasalligi - epididimitni asorat sifatida vujudga keltirishi mumkin.

*Homilador ayolda yoki uni erida xlamidiya aniqlansa, ular ikkalovi davolanishi shart. Odatda xlamidiya infeksiyasi har xil sheriklar bilan betartib jinsiy aloqalada bo'lish natijasida yuzaga keladi.*

Davolanishi
Bemorlarga 21 kunlik sikl bilan antibiotik ichish tayinlanadi. Agar kasallik homiladorlik payti aniqlansa, u holda davolanish davri 14 kun bo'lib, homiladorlikning 20-haftasidan so'ng tayinlanadi.
Xlamidiya infeksiyasi homila tushish xavfini oshiradi. Homilaga infeksiya yuqsa, chaqaloqda xlamidiya pnevmoniyasi yoki ko'z kasalliklari rivojlanishi mumkin.

Mikoplazmoz, ureaplazmoz

Mikoplazma va ureoplazma odam organizmida mavjud bo'lgan mayda bakteriyalardir. Ular barcha organizmda oz miqdorda bo'lib ziyon keltirmaydi. Lekin ularning miqdori ko'paysa, jinsiy kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bunga esa immunitet pasayishi sabab bo'ladi. Mikoplazmoz va ureaplazmoz jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga o'tadi.
Alomatlari
Ayollarda bachadon va bachadon bo'yni kasalliklari, sistit, pielonefrit, buyrakda toshlar bo'lsa, mikoplazmoz va ureaplazmozga shubha paydo bo'lishi mumkin. Erkaklarda uretrit, pielonefrit va buyrakdagi toshlar bu kasallikka shubha uyg'otadi.
Davolash
Ayolda bu infeksiyalar jinsiy a'zolari kasalliklarida namoyon bo'lsa, uni davolash kerak. Lekin infeksiya aniqlanib, ayol o'zini yaxshi his qilib, jinsiy kasalliklar bo'lmasa, davolanish shart emas. Homiladorlikni rejalashtirilayotgan ayolda infeksiya aniqlansa, u holda alomat bor-yo'qligiga qaramay 10kunlik sikl bilan antibiotik tayinlanadi.
Agar infeksiya homiladorlik payti aniqlansa, u holda 10 kunlik antibiotikli davolanish homiladorlikning 20-haftasidan so'ng belgilanadi. Qo'shimcha ravishdahomiladorlikning 10-12 haftasidan immunitet oshiruvchi dori-vositalari tayinlanishi mumkin.

Jinsiy (genital) Gerpes

Jinsiy infeksiyalar orasida homilaga eng zararli jisniy infeksiya gerpes virusi hisoblanadi. Genital gerpes jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga yuqadi. Ba'zida odam organizmida gerpes virusi alomatsiz kechib, immunitet pasayganda namoyon bo'lishi mumkin.

Alomatlari Jinsiy a'zolarda og'riq, qizish va shishlarning paydo bo'lishi. Bosh og'riq, tana haroratining ko'tarilishi. Kasallik avjida olganda jinsiy a'zolarda yaralar vujudga keladi.
Davolash Gerpesda virusga qarshi vositalar tayinlanadi. Lekin bu preparatlarni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin bo'lmagani uchun homilador ayolga immunitetni oshiruvchi vositalargina tayinlanadi.
Gerpes homila tushishiga va homilani jiddiy zararlanishiga olibkelishi mumkin. Agar homilaga gerpes yuqsa, unda ko'rlik yoki pnevmoniya rivojlanadi, ba'zida bola nobud bo'lishi mumkin.
Shuning uchun tug'ish davri yaqinlashgan payt onada gerpes virusi alomatlari avj olgan bo'lsa, bolaga yuqish xavfi katta bo'lgani uchun bolani tabiiy yo'l bilan emas, balki kesarev kesilish orqali dunyoga keltirish tavsiya etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol nimani hohlaydi..?

❤️U sevishni hohlaydi...
❤️U sevilishni istaydi...
❤️Oʻz qadrini anglagan ayol sizdan koʻp narsa talab etmaydi...
❤️U sizning oldingizdagi qiymatini his qilib yashashni istaydi...

❤️U fikrlarini hurmat qilishingizni, uni eshitishingizni, shirin soʻzu, eʼtiboringizni kutadi, halos... Xonimligini oyoq osti qilmaydigan, qadrini pastga urmaydigan ayol koʻp narsa hohlamaydi...

Chunki bunday ayol mol-dunyoni emas, balki sizni qadrlaydi... Chunki bunday ayol asl insoniylik qadr - qimmatini yahshi biladi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​ТАБОБАТ
Тирноқлардаги замбуруғ (грибок)дан халос бўлишнинг оддий усули


Оёқлар тирноқларининг сарғайиб, қалинлашиши ва янги қаватлар ўсиб чиқиши, дарз кетиши ва бармоқлар орасининг қичишиши — замбуруғ (грибок) инфекциясининг белгиларидандир.
Статистика Ер юзи аҳолисининг ҳар 5-киши бу иллатдан азият чекишини таъкидлайди. Иммунитет пасайиши, тор пойабзал, оёқларнинг ҳаддан зиёд терлаши, бадандаги ортиқча вазн —бу касаллик юқишининг асосий сабаб бўлувчи омилларидандир. Агар оёқларда бундай белгиларни сезиб қолсангиз, зудлик билан ундан фориғ бўлишга киришинг.

Халқ табобати даволаш воситалари ўзининг фаоллигини амалда кўрсатган. Улардан бирини эътиборингизга ҳавола қиламиз.

Тирноқлар замбуруғ иллатиидан фориғ бўлишда фаол табиий восита
Оддий истеъмол содаси ва олма уксуси ёрдамида замбуруғга тўлиқ барҳам бериш мумкин.

Олма уксусини илиқ сувга 1 : 3 нисбатда аралаштирилади, бу аралашма тоғорага қуйилиб, унга оёқлар 20 дақиқа давомида солиб ўтирилади. Шундан сўнг оёқлар қуруқ ҳолга келгунича сочиқ билан артилади. Тоғорага яна 2 л илиқ сув қуйилади ва унга 2 ош қошиғида истеъмол содаси солиб аралаштирилади. Бу ваннага оёқлар 15 дақиқа давомида солиб ўтирилади, сўнг оёқлар ундан олиниб, сочиқ билан яна қуригунича артилади ва замбуруғ билан оғриган тирноқлар қайчи билан кесиб ташланади (улар осон ажралиб чиқади).

Замбуруғ инфекциясидан фориғ бўлиш учун
бу муолажани ҳар куни кечқурун то соғ тирноқ ўсиб чиққунигача давом эттирилади. Бу услубдаги муолажа моҳияти шундан иборатки, замбуруғ нордон сувда қирилиб битади, истеъмол содаси эса, касалликнинг янгитдан тарқалишига йўл қўймайди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎊💐 🌙РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!!! 💐

Тортиқ бўлсин сизга дуо-саломлар,
Дуода энг гўзал, ширин каломлар.
Илоҳо уйингиз нурларга тўлсин,
Рамазон Ҳайитингиз муборак бўлсин!

Яқинларингизни қилинг зиёрат
Ўқиган намозингиз бўлсин ижобат
Энг яхши ишингиз бўлсин ибодат
Ҳайит айёмингиз бўлсин муборак!

💐 ЭНГ ЯҚИН ИНСОНИМ ҲАЙИТ АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК!!! 💐
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 та махсулот орқали
Оздирувчи смузи тайёрлаш
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7 та махсулот орқали
Супер оздирувчи коктейл
🍃 AJDODLARIMIZ ASAB KASALLIGI NIMALIGINI BILISHMAGAN

● Asab kasali qadimdan ma’lum, ammo xalq tabobatida uni alohida kasallik deb hisoblashmagan.
U hozirdagidek keng miqyosda kun tartibida bo‘lmagan. Allomalar jahl chiqishini qoralashgan, odamiylikka, odob-axloqqa, og‘ir-vazmin bo‘lishga chaqirishgan. Afsuski, keyingi 40-50 yil ichida asab kasali alohida bo‘lib chiqib, ko‘pchilikni qamrab oldi.
Avvallari kundalik hayot juda oddiy kechgan, ko‘p vaqtni jismoniy ish tashkil qilgan, meva-sabzavotlar o‘g‘itsiz, ekologik toza, tabiiy bo‘lgan.
Hozirgi zamonda hayot murakkabligi, serqirraligi, texnika taraqqiyoti, shovqin-suron ko‘pligi, muammolar birin-ketin paydo bo‘lishi, jismoniy ish kamayib, aqliy mehnat ko‘payishi, yeguliklar kimyoviylashuvi, ekologiya buzilishi kabi son-sanoqsiz sabablarga ko‘ra, asabiylashish ko‘pchilikda uchraydi. Ko‘chada, ishda, uyda, bozorda, do‘konda, oilada, hatto dam oladigan joylarda odamlar bir-birlari bilan munosabatlarda ko‘pincha jig‘ibiyron bo‘lishadi.


📍Siz nima deysiz? Bu fikrlar to‘g‘rimi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tug’ruqdan keyin g’idir - bidir sellilyutlani ketqizamizmi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 CHAQALOQQA SO'RG'ICH KERAKMI? / ЧАКАЛОККА СУРГИЧ КЕРАКМИ?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'G'IL FARZAND KO'RISH NIMAGA BOG'LIK? / ЎҒИЛ ФАРЗАНД КЎРИШ НИМАГА БОҒЛИҚ?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Озишни жудаям осон усули☺️

🍋Лимон - яримта
🍶Қатиқ - 2 қошиқ
🫧Газли сув

Ҳаммасини тайёрлаб ухлашдан 1 соат олдин ичасиз😊

• Кетидан овқат ва ҳар хил нарсалар емаслик керак!

• Эринмастан камида 3 кун қилинг, натижа билинади!

🥳 Осон ва табиий озмоқчи бўлганларга юбориб қўйинг.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бир хафтада 5кг вазн ташлаш учун детокс ичимчик.
Bilib qo'ygan yaxshi

Karam soki yuz terisini yoshartiruvchi, o'lgan teri hujayralarini tiklaydi.
Sabzi soki yuz terisini kuyganiga foydali. Hamda zagar olmoqchi bo'lganlarga foydalidir.
Bodring soki oqartiruvchi, ugrilarni yo'qotishga foydali
Olma soki yuz terisini yaltiratadi va yoshartiradi.
Baqlajon soki dog'larni yo'qotadi.
Ananas nuqtalarni ketkazishda qo'l keladi.
Pomidor soki yuz teshikchalarini toraytiradi.
Kartoshka soki shish va ko'kargan yuzlarga kerak bo'ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuzni tiniq qilib, oshqozon ichaklarni tozalovchi smuzi.

Har kuni tayyorlab ichsangiz natijani 3 kunda yaqqol sezasiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
СИЛЛАНГИЗ ҚУРИЯПТИМИ?

Силла қуриганда оддий уй шароитида қўллаш мумкин бўлган муолажа ҳақида маълумот берамиз.

Бунинг учун 1 пиёла сули ёрмасини 1 литр қайноқ сувда қуюқ кўринишга, яъни кисел ҳолига келгунига қадар қайнатиб, сузиб олинади. Унга тенг улушда қайнатилган сут қўшилади. Кейин бу аралашмага 5 ош қошиқ тоза асал солиб, яхшилаб аралаштирилади.
Кунига 3 маҳал 50 ёки 100 мл.дан ичиб турилади.
Бу ичимлик мадорсизлик ва силла қуришидан озор чекаётган кишиларга шифо бўлади.
Mayizdan foydalik ichimlik tayyorlaymiz

FOYDASI;
• Oshqozon - ichak kasalliklarini davolaydi;
• Immunitetni oshiradi;
• Antibiotik olganingizdan so'ng, albatda bu ichimlikni isteʻmol qilishingiz kerak!
• Qon ko'paytirishga yordam beradi;

TAYYORLASH USULI;
Yarim stakan mayizni oling. 1,5 litr suvga qo'shing va qaynating. 3-4 soat damlang. Taʻbingizga qarab asal yoki limon qo'shib ichsangiz bo'ladi!

Yarim stakandan ovqatdan 30 min. oldin iching. 10 kun davomida, kuniga 1 maxal...
Qanday shokolad isteʻmol qilish kerak?

Bir kunda 2 dona shokolad esangiz sizga hech qanday ziyoni yo'q. Shirinlikka nisbatan o'chligingizni yo'qota olmayotgan bo'lsangiz foizi eng kamida 74% bo'lgan qora shokolad isteʻmol qiling.

🍫 Shokolad isteʻmol qilayotganda bir bo'lagini og'zingizga solib uzoqroq muddat saqlab turishga harakat qiling chunki, u qonga so'rilib miyangizga shirinlik isteʻmol qilingani haqida maʻlumot etkazadi.

Siz shirinlikni yaxshi ko'rasizmi?
💁Жаҳлни енгишнинг 7️⃣ та хавфсиз усули!

Жаҳл ва ғазаб — ҳаётимизнинг ажралмас қисмидир. Ҳар биримизнинг ҳаётимизда жаҳлимизни қўзғатадиган киши ёки ҳолатлар пайдо бўлиши мумкин. Жаҳл енгил ғижиниш сифатида ҳам, кучли агрессия кўринишида ҳам намоён бўлиши мумкин. Шунингдек, баъзи кишилар ғазабланишга бошқаларга нисбатан кўпроқ мойил бўлиши мумкин. Кимлардадир жаҳл чиқиши жуда осон бўлса, қолганлар хотиржамликни сақлай олади (ёки жаҳли чиққанини кўрсатмайди). Таъкидлаш керак, баъзан ғазаб жамоатчиликда нормал тарзда фаолият кўрсатишимизга тўсқинлик қилади. Уни қандай енгиш мумкин?

1️⃣. Танаффус қилинг!

Энг яққол усуллардан бири энг самаралиларидан бири ҳамдир. Бунга қўйиладиган биринчи қадам — жаҳлни, у сизни қамраб олишидан аввалроқ сезишдир. “Қайнаш”ни бошлаганингизни сезсангиз, бир дақиқалик танаффус қилинг, чуқурроқ нафас олинг, ёқимли нарсаларни тасаввур қилинг.

2️⃣. Когнитив реабилитация билан шуғулланинг!

Бу салбий, умидсиз хаёлларни ижобий ва реалистиклари билан алмаштириш демакдир. Масалан, “ҳеч нарсани амаллаб эплай олмаяпман!” деб ўйлашнинг ўрнига, “бу менинг ғашимни келтиряпти, аммо ҳозир жаҳл менга ёрдам бермайди”, — деб фикрланг. Тинчлантирувчи нафас олиш техникасидан фойдаланиб, хаёларингизни бир жойга тўплаб олинг.

3️⃣. Ёзинг!

Фикрларингизни ифодалаш ва агрессияни “озодликка чиқариб юбориш”нинг жуда яхши усулларидан бири — ёзишни бошлаш. Балки айни пайтда ёзишга қўлингиз бормас, аммо нима ҳис қилаётганингизни қоғозга туширишга ўргансангиз, бу одат сизга кўп асқотиши мумкин. Якуний маҳсулотни, истасангиз, йиртиб ташланг! Асосийси, барча салбий ҳиссиётларни ўз вақтида “чиқариб ташлаш” керак.

4️⃣. Мулоқот қилинг!

Ўз ҳиссиётларингизни сўз билан ифода қилинг. Ўзингиз истаган гапларингизни баён қилинг ва бошқаларнинг гапларини тингланг. Шу билан бирга, жаҳл сизни қамраб олишига йўл қўйманг. Агар вазиятни яхшироқ тушуниб олиш учун бироз вақт сарфласангиз, натижа қониқарлироқ ва ёқимлироқ бўлади.

5️⃣. Юмор ҳиссини ишга туширинг!

Содир бўлаётган нарсаларнинг барчасини, ўз ҳиссиётларингиз ва бошқаларнинг туйғуларини кулгига олиш — яхши стратегия деб бўлмайди, аммо ичингизда ғазаб қўзиб келаётган вақтда тасаввур қилиш мумкин бўлган энг тентакнамо ва кулгили нарсаларни хаёлингизга келтиринг. Бу бироз бўшашишга ёрдам беради. Бироқ киноя ва кесатиқларга мурожаат қила кўрманг, улар вазиятни чуқурлаштиргани қолади, холос.

6️⃣. Жисмоний машқ билан шуғулланинг!

Югуришга ёки сайрга чиқинг. Машқ қилинг. Сизга бошқаларга “сочилиши” мумкин бўлган ортиқча энергиядан, шу билан бирга, ички безовталикдан халос бўлишга ёрдам берадиган ҳар қандай нарса билан шуғулланинг. Жаҳлингизни ҳаракатлар орқали бўшатиб юборинг, шунда у чарчоқ ҳисси ва мускуллар хурсандчилиги билан алмашади.

7️⃣Муаммо билан “бирга ухланг”!

Чарчаганингизни ҳис қилиб турган бўлсангиз, ҳеч қандай муаммони ҳал қилишга уринманг. Уйқу келиб турганида эрталаб тетик ҳолатда айтмайдиган ортиқча гапларни гапириб қўйишингиз мумкин. Эрталабгача ғазабингиз босилиб қолиши эҳтимолдан холи эмас. Ахир ҳиссиётларнинг жозибаси шунда: улар доимий равишда ўзгаради.
2024/07/14 20:38:32
Back to Top
HTML Embed Code: