Telegram Web
#Iqtibos

“O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.

©️Abdulla Qodiriy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar sizdan zulmni talab qilishsa, o‘sha zahoti ishdan keting!

Sobiq deputat doʻstimiz Rasul Kusherbayev yozyapti: “Har bir vakolat sohiblari, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi idorlarda xizmat qiladiganlarga ushbu fikrlar taalluqli...

Shu fikrni juda ko‘p takrorlayman. Ko‘r-ko‘rona buyruqlarni bajarib, begunohlarga zulm qilmang! Allohning huzuriga borganingizda “Men buyruqni bajarganman” degan gaplar o‘tmaydi. Agar sizdan zulmni talab qilishsa, o‘sha zahoti ishdan keting!”

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
O‘zbekxonga atab oltin varaqqa ko‘chirilgan Qur’on: 700 yillik tarixga ega qo‘lyozma topildi

Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasidan topilgan Qur’on qo‘lyozmasini ayni paytda restavratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy meros haftaligi doirasida ma’lum qilindi.

Ushbu Qur’on 1318 yilda Oltin O‘rda xoni — O‘zbekxonga atab, oltin varaqqa ko‘chirilgan va bu Mo‘g‘ullar davridan keyin saqlab qolingan asosiy Qur’on mus’hafi hisoblanadi. Turkiyalik professor Emek Ushenmezning ta’kidlashicha, qo‘lyozma usmoniylar hukmdori Fotih Sulton Mehmet tomonidan 1475 yilgi Qrim yurishidan o‘lja sifatida Istanbulga olib kelingan.

👉 Batafsil: xabar.uz/pudp
#Iqtibos

“Millatni uyg‘otish — uyg‘onganlarning vazifasi”.

©️Abdulhamid Cho‘lpon


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Buyuk Isroil” qanday loyiha?

Isroilning arab dunyosini zabt etish rejasi haqida qiziqarli video.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Odamlar negadir eslash kerak bo‘lgan voqeani xotirlamaydilar, unutish lozim bo‘lgan hodisani ko‘p yodga oladilar”.

©️Xaruki Murakami


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari xalqimiz xizmatida

Aholining barcha qatlamlarining ehtiyojini hisobga olgan holda tashkillashtirilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari xalqimizga xizmat qilmoqda.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Muvaffaqiyatning yagona siri odamlarning ko‘ngliga yo‘l topishdir”.

©️Teodor Ruzvelt


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saylov: siz eshakdan koʻra qimmatroq boʻlishingiz kerak

Yurtimizda saylovlar yaqin. Unda ovoz olishni istovchilar turli yoʻllardan foydalanishni istashi mumkin.

Xorij mamlakatlaridan birida tayyorlangan ushbu videoda odam oʻz ovozini sotmasligi kerakligi ajoyib tarzda ochib berilibdi.

Unutmang, siz bugun boy boʻlish uchun emas, kelajagingiz uchun ovoz berasiz. Shuning uchun eng yaxshi nomzodga ovoz bering.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
#Iqtibos

“Do‘stlari bilan tortishganlar dushmanga qarshi tura olmaslar”.

©️Salohiddin Ayyubiy


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 KITOBNING JAMIYATGA TAʼSIRI QANDAY ?

Mashhur notiq Najot Nurdan kitob haqida ajoyib fikrlang.

Tinglang, tafakkur qiling va albatta kitob oʻqing.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni maqtayotgan odam aksar holatlarda manfaat ko‘zlayotgan bo‘ladi, yomonlayotgan esa sizdan manfaat ololmagan bo‘ladi!

Abror Muxtor Aliy domladan ajoyib eslatma.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
Channel name was changed to «Shohruxbek Alibek»
#Iqtibos

“Erkinlik, bu — yolg‘on gapirmaslik huquqidir”.

©️Alber Kamyu


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz telefonga bogʻlanib qolganmi?

Buning asosiy sababchisi oʻzingiz emasmisiz?

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Har bir inson yozuvchidir; o‘z kitobini yozib boradi. Ertaga o‘qib xijolat tortishni, hasrat qilishni istamasangiz, faqat yaxshi narsalarni yozing!”

©️Ikrom Sharif


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qonuniy faoliyat olib borish vaqti kelgandir?

Biz bir necha bor multiradar qurilmalari noqonuniy faoliyat koʻrsatayotgani haqida bir necha bor chiqishlar qildik.

Oʻshanda “tez yuruvchilarni oqlayapsan” deb ta’ma qilganlar ham boʻldi.

Biz mashinani tez haydadiganlarni oqlashni emas, hamma narsa qonuniy asosda boʻlishini istaganmiz xolos.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
#Iqtibos

“Ko‘nglini yoruvchi do‘sti bo‘lmagan odam o‘z yuragining kushandasidir”.

©️Frensis Bekon


➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
🚮 Chiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilishi haqidagi xabarlar asosga ega emas. Aslida gap nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 31-oktyabr soat 23:50 dan 5-noyabr soat 23:50 gacha profilaktika ishlari olib borilishi sababli chiqindi uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish imkoni bo‘lmasligi, natijada elektr energiyasi ham o‘chirilishi haqida xabarlar tarqalgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chiqindidan qarzi borligi uchun elektrdan o‘chirish tartibi mavjud emas.

Ammo Prezident farmoniga asosan sal boshqacharoq tartib joriy etiladi. Ya’ni kimningdir chiqindidan qarzi bo‘lsa, elektr uchun to‘lov amalga oshira olmaydi. Toki chiqindidagi qarzini to‘lamaguncha, elektr hisob raqamingiz uchun pul tashlay olmaysiz.

Lekin bu chiqindidan qarzi borligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri "sveti" o‘chiriladi, degani emas. Masalan, sizning elektr hisob raqamingizda 500 ming so‘m pul oldindan to‘lov mavjud, deb tasavvur qilaylik. Va siz chiqindidan ham qarzdor bo‘lib qoldingiz. Lekin bu qarzni to‘lamayapsiz. Shunda siz elektr hisobingizga pul tashlay olmaysiz. Lekin "svetingiz" o‘chirilmaydi, chunki hisobingizda 500 ming so‘m pul bor. O‘sha pul tugamagungacha hech kim sizning "svetingizni" o‘chirmaydi.

Qachonki hisobingizda pul tugab qolsa va siz chiqindidagi qarzingizni to‘lamasangiz, tabiiyki, shundagina "svetingiz" ham o‘chadi. Chunki yuqorida aytganimdek, elektr hisobiga pul tashlay olmaysiz.

Chiqindidan qarzingiz yopilishi bilan, elektrga ham pul tashlashingiz mumkin bo‘ladi. Bor gap shu.

❗️Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan butun respublika bo‘ylab chiqindidan 3 oylik qarzi bor shaxslarga nisbatan joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan esa chiqindidan 1 oylik qarzdorlarga qo‘llanadi.

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahri Dahbed ko‘chasida piyodalar bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarning oldini olish, jumladan, yo‘ldan o‘tishni osonlashtirish uchun yerosti yo‘lagi qurilgan edi.

Ammo hali ham piyodalar baribir yo‘lni kesib o‘tayotganiga guvoh bo‘ldik. Bu ularning o‘zlariga ham, avtoulovlar harakatiga ham qiyinchilik tug‘diradi.

Yerosti yo‘lagida esa yoritish tizimi ishlamayapti ekan. Inshoot uchun ozmuncha mablag‘ sarflanmagani hammaga tushunarli. Oson emas. Ammo oddiygina yoritishning yo‘qligi bu ishga soya solib turibdi.

Yana bir gap. Shundoqqina bekat yoniga tashlab ketilgan chiqindilar uyumini ko‘rib, ochig‘i, “hali-beri odam bo‘lmaymiz”, degan xayolga borasiz. Afsus!

Manba: @zarnews_uz

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Shohruxbek Alibek
2024/11/14 11:51:35
Back to Top
HTML Embed Code: