Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Jahongir Otajonov va rejissor Sardor Faxriddinovdan yana yangi klip va ular hayron qoldirishda davom etishmoqda. Klipda bir qancha san'at asarlariga havolalar bor.

Ko'rishni tavsiya qilaman. Aslida haqiqiy san'at asarlari o'zidan oldingilardan ilhomlanib yaratilsa ajab emas.

Qo'shiq havolasi: https://youtu.be/0nZOw-rIpoA?si=jofjTqHHbzgrFPtU

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bugun bir holat guvohi bo'ldim. Hindistonlik talabalar jamoat transportida yoshi ulug' insonlarga joy beryapti. Hindistonda qanaqa bilmadim-u, bu borada ular bizdan rang olgani aniq.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Toshmat tajang nima deydi?

Mahallamiz "darakchisi" Toshmat tajangning aytishicha, azim Qo'qonda faylasuf va sehrgar "tabib" paydo bo'lgan emish. Tajangning aytishicha unda biotok bor emish, odamga qoramaldog'i bilan tegsa kifoya ekan. Nogironlar yurishni, so'qirlar esa ko'rishni boshlar ekan. Bilasiz bizda mish-mish yorug'lik tezligidan ham chaqqonroq tarqaladi. Bu borada tajangga o'xshaganlarning xizmati beqiyos.

Tom ma'nodagi mish-mishlardan keyin "tabib"ning uyi oldi tumonat odamga to'lishi tabiiy bir holdek. Najot ilinjida yurganlarni "boshini aylantirish", muammosiz odamni aldashdan ancha oson aslida. Bu sodda insonlar afsona va miflar qurboni edi. Agar vaqtida barham berilmaganda, kuni kelib "Otarchilikdan tabiblikka qadar" nomli kitoblar chiqsa ham ajablanmas edim.

Umringning o'n yilini tibbiyotning bir sohasini o'rganishga sarflasangu, lekin ba'zi odamlar senga ishonmasdan uchar tabiblar oldiga yugursa, dardingni kimga aytasan. Odamlarimiz rosa ishonuvchan, tajangga o'xshaganlar ko'tarib yurgan gaplarni rost deb ishonib ketaverishadi. Tekshirib ko'rish xayollariga ham kelmasa kerak. Bunday holatlarda bizda yagona najot, tibbiy madaniyatni ilm orqali sug'orishdir. Shundagina odamlarimiz(tajangga o'xshaganlar ham) bulbuli go'yo bilib sayraydigan lo'ttivozlarga emas, balki sohaning haqiqiy mutaxassislariga ishonishni boshlashadi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi

Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi ortib bormoqda va bu – zamonaviy tibbiyotning eng jiddiy muammolaridan. Muammo yechimlaridan biri esa bakteriyalarni bir-biriga qarshi qo‘llash bo‘lishi mumkin: olimlar bakteriyalar o‘z raqobatchilariga qarshi kurashish uchun ishlab chiqaradigan darobaktin moddasi asosida eksperimental antibiotik yaratish ustida ishlamoqda.

Manba

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Nega bizda tibbiy xizmat sifati yaxshi emas, tibbiyot xodimlari nimaga bemorlarga e’tiborsiz deydiganlar uchun Ozod Sharofiddinov quyidagi gaplarini iqtibos qilib keltirmoqchiman.

“​​Odam mehnatiga yarasha maosh olmasa, maoshiga yarasha mehnat qila boshlaydi”

P.S. Qachonki vrachlarimiz mehnatlariga yarasha haq olishni boshlasa, tibbiyotimizda rivojlanish uchqunlarini sezishimiz mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisining tarkibi

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-oktabr holatiga Oʻzbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37,4 mln kishini tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich, 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpaygan.

Shundan:

Ayollar soni – 18 545,9 ming kishi

Erkaklar soni – 18 809,5 ming kishi

Shahar joylarda – 19 047,1 ming kishi

Qishloq joylarda – 18 308,3 ming kishi


Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from Shuhrat Mallayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kitob sotib olish uchun qanchalik mehnat qilganini bilasizmi?

📚 Imkoniyatingiz boricha ko‘proq kitob o‘qing! Kitoblar orqali fikr va dunyoqarashingiz o‘zgaradi. Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaysiz.

@Shuhrat_Mallayev
Mol dunyoga berilma. Asalari ham asalni o'zim uchun yig'yapman deb o'ylaydi.

Jaloliddin Rumiy

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Oʻqish-oʻrganishni toʻxtatgan odam qariydi. Yoshi yigirmadami yo saksondami – ahamiyatsiz. Oʻrganishda davom etgan odam yosh boʻlib qolaveradi. Hayotdagi eng muhim narsa – miyani yosh saqlash.

© Henri Ford

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Inson tanasida yangi arteriya paydo bo'lyaptimi?

Qo'lning o'rta arteriyasi - odatda bu arteriya embrional davrda homilada bo'ladi. Bilak va tirsak arteriyalari rivojlanishi bilan yo'qolib ketadi.

2020-yilda Journal of Anatomy jurnalida chop etilgan tadqiqotda olimlar qo'lning o'rta arteriyasi saqlanib qolishi ko'payganligini aniqlashgan. Hozirda bu arteriya 35% holatda uchramoqda.

Olimlarning ta'kidlashicha, 80 yildan so'ng, arteriya to'liq saqlanib qoladi va normaga aylanadi. Bu arteriya qon oqimini oshirmaydi, balki jarohat olganda zaxira qon tomir vazifasini bajaradi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ilmiy maqola va maqola yozish uchun dastlabki talablar.

Muallif: Baxtiyor Sheraliyev

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tibbiy turizm haqida "bir shingil"

Tibbiy turizm - biror davlatga davolanishga ehtiyoji bor chet ellik odamlar oqimini hosil qilish. Albatta O'zbekiston Markaziy Osiyoning "tibbiy markazi" sifatida bunday salohiyatga ega.

Odamlarni asosan ikki omil o'ziga jalb qiladi. Bu ham bo'lsa xizmat sifati va uning arzonligi.

Bizda tibbiy xizmatlar qo'shni respublikalarga solishtirganda ancha arzon. Lekin xizmat sifatichi? Xizmat sifati ham qolishmaydi. Lekin uni hozirgidan ham yaxshiroq holatga keltirish mumkin. Qanday deysizmi? Albatta, shifokorning barcha ehtiyojlarini to'liq qondirishga yetib, ortib ham qoladigan darajada haq to'lash orqali bunga erishish mumkin. Shifokor ehtijojlaridan ortib qolgan pulni nima qiladi? O'zining mutaxassisligi bo'yicha yangi kitoblar sotib oladi, chet ellarda malaka oshirish kurslarini o'tab keladi. Pul dardidan xoli bo'lgan shifokor o'z ustida ishlashni boshlaydi. Shifokor o'z ustida ishlashni boshladi degani bu xizmat sifati oshdi degani. Qarabsizki, "tibbiy turist"lar oqimi yana ham ko'payadi. Bu oddiygina formula. Mamlakatning dunyo tibbiyotidagi mavqeyi ham sifatli mutaxassislar orqali belgilanadi.

Tibbiyotimiz tibbiy turizm orqali yiliga bir necha o'n millionlab(dollarda) mablag' ishlab topishi mumkin. Buning uchun esa to'g'ri taktika va sifatli kadrlar kerak.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
***

Yarimkecha. Kasalxona.
To‘rtta bemor. Bir tashxis.
Ko‘zdan uyqu qochdi yana,
Bosib kelar g‘alat his.

Qiziq holat kechar zimdan,
Hayrat oshar tinglarkan,
Dardi bitta bo‘lgan bilan,
Hamma har xil ingrarkan.

📚 Jaloliddin Sayyid, “Huqqaboz”

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Aziz ayollar!

Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman! Omad har doim yor bo‘lsin! Hamisha bahor gullariday ochilib yurish nasib etsin! Yuzingizni kulgu hech qachon tark etmasin! Yana bir marta bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Birburchak
“Ozor berma”ni oʻqirkanman, mana bu yerda oʻzimni ham daxldor his qildim. Henri Marsh 1992-yilda Kiyevdagi neyrojarrohlik kasalxonasiga keladi. Bu Sovet ittifoqidagi bu yoʻnalishda eng yirik kasalxona boʻlgan:

“Kiyevga yetib kelgach, bizni neyrojarrohlik tadqiqot institutiga olib borishdi. Bu yer barcha yirik kasalxonalarning balosi boʻlgan uzundan uzun koridorlarga toʻla, ulkan, xunuk bino ekan. Yoʻlaklar qorongʻi va yaxshi yoritilmagandi. Yoʻlaklarga sovet neyrojarrohligining yutuqlarini namoyish etuvchi plakatlar osilgan, unda oppoq, uzun oshpazlar qalpogʻini kiygan qahramon koʻrinishidagi erkaklarning oq-qora fotosuratlarini…. koʻrish mumkin edi”.

Marsh Britaniyada murakkab va texnologik jihatdan ilg‘or operatsiyalarni o‘tkazishga o‘rganib qolgan edi. Biroq Ukrainada u boshqa bir haqiqat bilan yuzlashadi: eskirgan jihozlar, qo‘lda yasalgan asboblar, ko‘pincha hatto steril muhit ham yo‘q edi.

Kiyevda duch kelgan muammolari uni hayratga soladi. Ba’zida hatto eng oddiy asboblar ham yo‘q edi, ammo shifokorlar erishgan yutuqlarini tinmay takrorlashar, kasalxonaning mavqeyidan ma’ruzalar oʻqirdilar.

Britaniyalik shifokorni 1992- yilda hayratga solgan bu muammolardan ayrimlari haligacha bizga tanish, shundaymasmi?

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Asaxiy Books
🔥Kitoblar 500 so‘mdan!*

Bayram munosabati bilan Asaxiy KATTA chegirmalar e’lon qiladi! Bu oddiy taklif emas, yilda atigi bir marta bo‘ladigan eng katta savdo kuni.

20-21-22-mart kunlari Asaxiyning barcha do‘konlarida bayramona chegirmalar o‘tkazamiz. Kitoblar narxi 50 000 500 so‘mdan boshlanadi 🎉

Do‘konlarimizda sizni maxsus narxli kitoblar bo‘limi va juda katta assortiment kutadi. Kitoblar hammaga yetishi uchun bir kitobdan 2 donagacha xarid qilish mumkin.

Shu kunlari tezlik juda muhim, birinchi borgan birinchi oladi) Do‘konlarimiz ish vaqti bilan bu yerda tanishing va bayram kunlari mehmonimiz bo‘ling.

*300 xildan ortiq kitoblar uchun katta chegirma - narxlar 500 so‘mdan boshlanadi

@asaxiybooks
2025/03/27 15:42:44
Back to Top
HTML Embed Code: