Telegram Web
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
🌳 Xabaringiz bor Moʻynoq tumanida Toshkent kimyo-texnologiya instituti bog‘lari yaratilib, Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish, shu orqali hududda mavjud ekologik vaziyatlarni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining hayotiga salbiy ta’sirni yanada yumshatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Orol dengizining qurigan tubida tuprog‘i turli darajada sho‘rlangan, suv tanqis sharoitda tuproq xossalarini yaxshilash hamda tuproq paydo bo‘lish jarayonini turli biopreparat-kompozitlar qo‘llab  Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy-tajriba bog‘lari yaratildi. Bu bog‘larda kelgusida Orolning qurigan tubida sho‘rlanishning turli darajasi va tipiga chidamli o‘simliklar o‘stirishning innovatsion tadbirlari ishlab chiqiladi. Olinadigan natijalarning ahamiyati shundaki, Orolning qurigan tubidagi qumliklarda dastlabki tuproq paydo bo‘lish davrida namlik, fizik va kimyoviy xossalar yaxshilanadi, fermentlar, mikrorganizmlar faolligi tiklanadi.

🌴 Orol dengizining qurigan tubida TKTI ekspeditsiya jamoasi tomonidan dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish va kelgusida ularni  tarmoqlarda qo‘llash, tuz migratsiyasini kamaytirish, namlikdan maksimal foydalanish, quyosh nurlaridan saqlanish, tuproqning mikrobiologik va fermentativ faolligini oshirish, fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan bir necha innovatsion texnologiyalar hamda dorivor oʻsimliklardan BFM ajratib olish borasida TKTI da qator ilmiy natijalar olindi.

✔️ Ana shunday ilmiy ishlar natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishda ilgʻor texnologiyalarni keng qamrovli jalb etish uchun kimyo, bioferment, bioorganik kimyoning tahlil fazalarini universitet ilmiy bazasida amalga oshirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishildi.

📊 Ekspeditsiyalar mobaynida olingan namunalar va erishilgan natijalar yuzasidan kafedralarda muhokamalar tashkil etildi.

TKTI.UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Shaxsiy rekordim yangilandi. O'zbekistonda men bormagan faqat Xorazm viloyati qolgan edi, kuni kecha u yerga borish ham nasib qildi. Urganch va Xiva shaharlariga bordik, «Ichon qal`a»ni aylandik, taasurotlar ajoyib, O'zbekistonda men borgan joylar ichida eng katta taasurot uyg'otgani «Ichon qal`a» bo'ldi.

@EgamnazarUz
2024/09/28 05:31:02
Back to Top
HTML Embed Code: