Telegram Web
Yaxshi insonlarning yuzi hamisha shubhali koʼrinadi.

©️Anton Chexov

Telegram | Instagram | Audiokitob
Hammasi ulgʻayishdan boshlanadi. Sevgimiz o'zgaradi, ko'z yoshlarimiz, o'z-xayollarimiz o'zgaradi. Yolg'on gapiradigan, onamizning gapiga quloq osmaydigan bo'ldik. Holbuki bola edik. Qanchalar mas'um edik moʻjaz olamimizda...
Shunday kunlarda keksa onaxonning bir gapi qulogʻimga chalinib qoldi: “Ulg'ayish-takabbur kimsalarga xosdir..”

©️Mikoil Adiguzel (Katta shahzoda) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ham chiroyli, ham farosatli boʻlsa, qanday yaxshi.

©️Fyodor Dostoyevskiy (Oydin tunlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonlar esa ko‘pincha shikoyat qiladi, noliydi, lekin fikrlamaydi…

©️Svetlana Alekseyevich
(Chernobil tavallosi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Tuhmat - qilichdan ham battardir. Qilich yarasi tuzalar, tuhmat yarasining tuzalishi esa g'oyat qiyin. Qilich tegsa, badanning ustki qismi chandiq bo'lib qoladi. Tuhmat tig'i tekkanda esa yurakda chandiq paydo bo'ladi.

©️Tohir Malik
(Halol nima-yu... Harom nima?) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar yurak kuylayotgan bo'lsa, demak, sevgi hali o'lmagan.

©️Sergey Yesenin

Telegram | Instagram | Audiokitob
Sogʻinchlar  uzoqlashtirmaydi, aksincha  yaqinlashtiradi.
Yoniga bormasdan sogʻinsangiz, shubhasiz, yaqinlashasiz!


©️Shuhrat  Orif

Telegram | Instagram | Audiokitob
Ruh kasalligini psixolog emas, namoz davolaydi.

©️Ihsan Shenojak

Telegram | Instagram | Audiokitob
#qadr_kechasi

🤲🕋🧎‍♀️Qadr kechasini foydali o‘tkazish uchun 27 tavsiya:

1. Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.

2. Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko‘p ovqat yemang.

3. Bu kechani ibodat bilan o‘tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha mo‘minlar va mo‘minalar uchun istig‘for va duoni ko‘paytiring.

5. Butun a’zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo‘ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qo‘yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo‘lib, yuz rakatni tugatib qo‘yishni foydasi yo‘q.

8. Duo va ibodatda ixlosli bo‘lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lib rakatlarni ko‘paytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo‘lishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat bo‘lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo‘lishiga ishonmaslik duoning orasiga to‘siq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so‘rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko‘radi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig‘for ayting, U Zot sizni afv qilishini so‘rang.

14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko‘p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so‘rang (ya’ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a’fuvvun, tuhibbul a’fva fa’fu annaa” (ya’ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et”), duosini ko‘p ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni do‘zaxdan ozod qilishini ko‘p so‘rang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishini so‘rab duo qilish.

18. O‘tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a’yun”, (ya’ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko‘z quvochnchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga go‘zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda ko‘p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og‘irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoye ketkazmang, vaqtni g‘animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo‘ladi.

24. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish tong otgunicha davom etadi, o‘sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

26. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

27. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug‘.

Ushbu postni maksimal tarqating, hamda boshqalarga ham yaxshilik ulashing.

📖🫴💥📚 @Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫴📖🌙"Qadr kechasida ibodat, zikr va duo qilmaslik Allohning rahmatidan yuz o‘girish bo‘ladi..."

📖@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qachon o'zgaramiz bilasizmi?
Biz unga qalbimizdan xos o'rin bergan, osoyishta makon hadya qilgan kishilarimiz yuzimizga ursa o'zgaramiz.
Faqat o'zgaribgina qolmay, yuz yilga qariymiz..!


©️Dostoyevskiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
Yolgʻiz qolsangiz mayli, lekin qalbsiz qolmang! Yolgʻiz qolsangiz, qalb bor yupatadigan. Qalbsiz qolsangiz, hech narsa qolmaydi...

©️Shuhrat Orif

Telegram | Instagram | Audiokitob
U kitob oʻqiydi va oʻzining kichik dunyosida tinchgina baxt topadi. U kabi qizlar dunyoni oʻzgartiradi.

©️Robert Dreyk

Telegram | Instagram | Audiokitob
Pora - haqi bo'lmagan ishni bajarish uchun ishning boshida turgan rahbarlarni harom yo'lga, g'ayri qonuniy yo'lga boshlash, to'g'ri yo'ldan ko'z yumish, nohaqlik qilishi uchun beriladigan pul yoki boshqa biron narsa. Natijada har ikki tomon harom ishga qo'l urgan bo'ladi.

©️Tohir Malik
(Halol nima-yu... Harom nima?) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alvido Ramazon

Alvido ey nuri Rahmon alvido,
Alvido ey koni irfon alvido,
Alvido ey quti iymon alvido,
Alvido ey mohi Qur'on alvido.

Chun hiloling yerga nur sochgan zamon,
Bo'ldi yer xushbo'y, munavvar osmon,
Barcha dillarga yetib amnu amon,
Chin ibodat bo'ldi har on, alvido.

Senda ko'kdan yerga nurlar sochilur,
Barcha jannat boblari lang ochilur,
Yetti do'zaxning eshigi yopilur,
Senda mug'laq bo'ldi shayton, alvido.

Kim qudumingdan agar masrur o'lur,
Mahzun ul sendan qachon mahjur o'lur,
Jurmu isyoni aning mag'fur o'lur,
Xushxabardir anga rizvon, alvido.

Kunlaring o'tkazsa kim hirmon ila,
Tunlaring bedor o'lib Qur'on ila,
Kim bularni aylasa iymon ila,
Marhabo der anga Rayyon, alvido.

Senda tushdi ilk bor Qur'onimiz,
Ravshan etdi yo'limiz Furqonimiz,
Qo'lni ixlos birla ochgan onimiz,
Ayladi maqbul Mannon, alvido.

Poklagaymiz senda mulku molimiz,
Tark etarmiz senda qiylu qolimiz,
Sen­la sof o'lgay hama ahvolimiz,
Nafsu shayton bo'ldi vayron, alvido.

Shubhasiz sen birla ruhning chog'ligi,
Hamda ketgaydir ko'ngilning dog'ligi,
Tiklanar ham senda tanning sog'ligi,
Sen o'zingsan dori darmon, alvido.

Senga sig'mas hech bir sum'a, riyo,
Bas, mukofoting berar yolg'iz Xudo,
Sen shafoatxohimiz kelsa jazo,
Do'zax o'tidin­da qalqon alvido.

Bir tuning bor mingcha oylardan fuzun,
Zotan ummat umri ermasdi uzun,
Sen bila armonlari ketdi butun,
To'ldirurlar senda xirmon, alvido.

Xullas, etsam bir umr vasfing agar,
Ayta olgum minggidin birrin magar,
Haq Rasul madh etdi, shu senga yetar,
Ham guvohlik berdi Qur'on, alvido,

YO Ilohiy, fazlu lutf aylab ato,
Et qabul bizdan namoz, ro'za, duo,
Ham umid aylar Hasan kelsa qazo,
Ro'za ichra chiqsa bu jon, alvido.


🌙🥰🧺 @Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alvido ramazon
@Elektron_Kutubxona
Alvido, Ramazon, alvido, siyom!

📚📖@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazonni kuzatish
@Elektron_Kutubxona
O‘ttiz kunduzimga sabr yog‘di, hay,
O‘ttiz tunim ichra qadr yog‘di, hay,
Sabrim qadrlagan Ramazonimni
Yig‘lab kuzataymi, kulib kuzatay?

🥰📕@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xayr ramazon-Sardor Rahimxon

@Kutubxona_Elektron
🫴Fayzli kechalar bizni tark etmoqda..

🧺📚@Elektron_Kutubxona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/03/29 06:38:42
Back to Top
HTML Embed Code: