Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Ilm-fan sari mustahkam qadam: Fan olimpiadalari markazi va Adju universiteti hamkorligi

Fan olimpiadalari markazi va Toshkent shahridagi Adju universiteti o‘rtasida muzokara uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, olimpiada jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar mexanizmi muhokama qilindi.

📄Uchrashuv davomida Fan olimpiadalari markazi va Adju universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

Bilim va tajriba almashinuvi – olimpiada ishtirokchilari va o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash;

Texnik sohalarda olimpialar – injeneriya, muhandislik va arxitektura bo‘yicha iste’dodli yoshlar uchun musobaqalar tashkil etish;

Olimpiadalar tashkil etish – hamkorlikda STEM fanlaridan olimpiadalar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;

GRANT dasturlari – universitet tomonidan olimpiada g‘oliblarini doimiy qo'llab-quvvatlash hamda ularga GRANTLAR ajratish;

Mutaxassislar ishtirokida trening va mahorat darslari o‘tkazish – professor-o‘qituvchilar va olimpiada g‘oliblari uchun seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish;

Yosh olimpiadachilar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirish – ta’lim oromgohlari, tanlovlar, sport musobaqalari va maxsus tadbirlarni o'tkazish.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada_savollari
#IPhO_2024

Xalqaro fizika olimpiadasi materiallari

Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) yuqori sinf oʻquvchilari uchun har yili oʻtkaziladigan fizika fanidan o‘tkaziladigan Xalqaro fan olimpiadalaridan biridir.

Ilk marotaba 1967-yilda Polshada oʻtkazilgan.

💠Bunda, har bir mamlakatdan besh nafar ishtirokchilardan tuzilgan jamoa va ikki nafar jamoa rahbari qatnashadi.

⚡️Ishtirokchilar individual ravishda bellashib, nazariy va laboratoriya imtihonlarini topshiradilar.

❗️Quyida 2024-yildagi Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) materiallari bilan tanishing:

1-TOPSHIRIQ
2-TOPSHIRIQ
3-TOPSHIRIQ
4-TOPSHIRIQ (laboratoriya ishi)
5-TOPSHIRIQ (laboratoriya ishi)

📌Ma'lumot uchun:
Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) joriy yilning iyul oyida Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

IQMath - 2025: O‘zingizni sinab ko‘ring va super sovrinlar sohibiga aylaning!


Fan olimpiadalari markazi hamda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti hamkorligida sovrin jamg‘armasi 2 MILLIARD SO‘MLIK IQMath-2025 matematika olimpiadasiga START BERILDI.

🔰Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:
➡️1-bosqich: 1-10-aprel kunlari onlayn tarzda (60 daqiqada 30 ta test savoli beriladi Eng yaxshi 500 ishtirokchi finalga yo‘l oladi)

➡️2-bosqich: 18-21-aprel kunlari Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitet binosida (90 daqiqada 5 ta vazifa. G‘oliblar yakuniy reyting natijalariga ko‘ra aniqlanadi) o‘tkaziladi.

📆Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 30-mart kuniga qadar davom etadi.

Ro'yxatdan o'tish ⬅️

SHOSHILING!

📹Batafsil videolavhada ko‘rishingiz mumkin.

Olimpiadada ishtirok etish bepul!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Международным женским днем – 8 Марта"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kerakli

VIRTUAL LABORATORIYA: Kimyo fanidan xavfsiz amaliy mashg‘ulotlar

📌Fan olimpiadalari markazi mavzulashtirilgan virtual laboratoriyalar taqdim etishda davom etadi.

Virtual laboratoriya orqali:
Tabiiy fanlarni jonli va interaktiv usulda o‘rganish
Xavfsiz muhitda amaliy tajribalar o‘tkazish
O‘quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish

📚Mavzular:
➡️ DiffuziyaMolekulalarning harakati va muhitlarda tarqalishini o‘rganish,
➡️ Kulon qonuniElektr zaryadlari o‘rtasidagi ta'sir kuchini kuzatish,
➡️ Atomlarning o‘zaro ta'siriKimyoviy bog‘lanishlar qanday shakllanishini tushunish,
➡️ Izotoplar va atom massasi – Atomlarning tarkibini chuqur o‘rganish,
➡️ Kislota-asosli eritmalar Eritmalarning kislotalilik darajasini tahlil qilish,
➡️ Molekulalar va yorug‘likMolekulalarning yorug‘lik bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish.

🌍 Ilm-fan olami sizni kutmoqda – sinab ko‘ring va o‘zingizni kashf eting!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️

HIPPO 2025: 13-xalqaro ingliz tili fani olimpiadasiga RO‘YXATDAN O‘TISH YAKUNLANMOQDA!

✔️Avvalroq, HIPPO 2025 olimpiadasi o‘tkazilishi haqida e'lon bergan edik.

❗️Ushbu olimpiadadan ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

SHOSHILING!


📌Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: 9-mart.

Olimpiada quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:
➡️Saralash bosqichi: 15-16 mart (viloyatlarda)

➡️Milliy Final bosqich: 26-27-aprel (Toshkent shahrida)

➡️Jahon final bosqich: 4-5-oktyabr (Italiyada)

📌Batafsil ma’lumot olish hamda RO‘YXATDAN O‘TISH haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Mazkur olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
Hurmatli ustozlar, qadrli onalar va aziz opa-singillar!

🌷 Sizni bahoriy go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

🌷Sizmehr-oqibat timsoli, hayotimizga go‘zallik, ma’no va ilhom bag‘ishlovchi bebaho insonlarsiz. Sizning cheksiz sabringiz, mehru muhabbatingiz va fidoyiligingiz har bir oilaning, jamiyatning mustahkam tayanchidir.

💐Ilm-ma’rifat yo‘lida ko‘rsatgan mehnatlaringiz, yuksak sabr-matonatingiz va kelajak avlod tarbiyasidagi beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz!


Aziz ustozlar!

🌸Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlari boʻlmish olimpiada gʻoliblari hamda ilmga chanqoq yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga va sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz!

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, omad va ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

#8mart #tabrik

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan! 🌷
__

С Международным женским днём 8 марта! 🌷
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#Video_darslar

🎓 FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORGARLIK – ENDILIKDA TEZ VA QULAY!


📢Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lishni xohlaysizmi?

Endilikda masofadan turib istalgan joyda tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin!

⚡️Fan olimpiadalari markazi bilimga chanqoq oʻquvchi-yoshlar uchun video-darslar loyihasiga start berdi!

Video-darslar haftaning har yakshanba kuni Fan olimpiadalari markazining 📺YouTUBE platformasidagi rasmiy sahifasida bosqichma-bosqich e'lon qilinadi!

Video-darslarda nimalar o‘rgatiladi?

🔬STEM – ilmiy va texnologik muammolarni hal qilish ko‘nikmalari
📊Aniq fanlar – matematika, fizika, informatika, kimyo
🧑‍🔬Tabiiy fanlar – biologiya, geografiya va boshqa yo‘nalishlar o‘rgatiladi.

VIDEO-DARSLAR:
🏆 Olimpiada g‘oliblari,
📚 Terma jamoa murabbiylari,
🎓 Yuqori malakali ekspertlar
ishtirokida tashkil etiladi.

✔️ Endi siz ham olimpiada g‘olibiga aylanishingiz mumkin! Video-darslarni kuzatib boring va bilimlaringizni rivojlantiring!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

INGLIZ TILI FANIDAN ONLINE OLIMPIADA O‘TKAZILMOQDA!

❗️O‘z bilimini sinab ko‘rish va olimpiadalar uchun mustahkam tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar diqqatiga!

⚡️Ayni paytda @olimpiadalaruzbot test platformasi orqali ingliz tili fanidan online tarzda olimpiada bo‘lib o‘tmoqda!

Siz ham o‘z bilim va imkoniyatlaringizni sinovdan o‘tkazing!
@olimpiadalaruzbot 👈

➡️Olimpiada bugun soat 18:00 ga qadar davom etadi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada_savollari
#EuPhO_2024

Yevropa fizika olimpiadasi materiallari

Yevropa fizika olimpiadasi (EuPhO) yuqori sinf oʻquvchilari uchun fizika fanidan o‘tkaziladigan nufuzli fan olimpiadalaridan biridir.

Ilk marotaba 2017-yilda Estoniyada oʻtkazilgan.

⚡️Olimpiada davomida ishtirokchilar o‘zaro bellashib, nazariy va laboratoriya imtihonlarini topshiradilar.

❗️Quyida 2024-yildagi Yevropa fizika olimpiadasi (EuPhO) materiallari bilan tanishing:

EuPhO 2024 ⬅️

✔️ Olimpiada yechimlari 12-mart kuni e'lon qilinadi.

📌Ma'lumot uchun:
Yevropa fizika olimpiadasi (EuPhO) joriy yilning iyun oyida Bolgariyada bo‘lib o‘tadi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_dars
#Kimyo

VIDEO-DARS: Xalqaro Kimyo Olimpiadasi topshiriqlari tahlili

⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan video darslar loyihasiga start berilgani haqida avval xabar bergan edik.

Endilikda o‘quvchilar va ustozlar xalqaro olimpiada savollari bilan tanishib, ularni yechish bo‘yicha maxsus video-darslar orqali tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

📌 Loyihaning ilk darsini e’tiboringizga havola etmoqdamiz!

Video-dars ⬅️

✔️Ushbu darsda Xalqaro Kimyo Olimpiadasida uchragan murakkab masalalarni tahlil qilib, ularni yechishning samarali usullari bilan tanishasiz.

🔗 Batafsil darsni Fan olimpiadalari markazining YouTube’dagi rasmiy sahifasida tomosha qiling!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍

XORIJIY TRENER O‘QITUVCHI ISHTIROKIDA INFORMATIKA FANIDAN INTENSIV MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA


⚡️Fan olimpiadalari markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda informatika fani bo‘yicha Terma jamoaga nomzod o'quvchilar uchun Polsha davlatidan kelgan xalqaro ekspert Kamil Szymczak ishtirokida kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Treningda o‘quvchilarga:
✔️Murakkab algoritmik masalalarni tahlil qilish,
✔️Mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish,
✔️vaqtni toʻgʻri taqsimlash va samarali kod yozish strategiyalarini shakllantirish,
✔️C++ dasturlash tillarini chuqur oʻrganish va qoʻllash imkoniyati yaratilgan.

📌 Bu kabi intensiv mashg‘ulotlar o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini yanada samarali tashkil etish, ularning tajriba va malakasini oshirish hamda yuqori natijalarga erishishiga zamin yaratadi.

Shu kabi mashgʻulotlar trener oʻqituvchilar uchun ham tashkil etiladi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi

ERTAGA OʻQITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI OʻTKAZILADI


⚡️Hududiy bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ustozlar uchun muhim imkoniyat boʻlmish fizika va kimyo fanlari boʻyicha Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi ertaga START OLADI!

Olimpiada 11-12-mart kunlari 2 turda oʻtkaziladi:
➡️Yozma ish,
➡️Laboratoriya.

✔️Olimpiada davomida ishtirokchilar oʻz bilim va tajribalarini namoyon etib, ilmiy-ijodiy qobilyatlarini sinovdan oʻtkazishadi.

❗️Olimpiada davomida eng yuqori natijalarni qayd etgan fanlar kesimida 3 nafardan jami 6 nafar ishtirokchi mutlaq gʻolib deb aniqlanadi.

✔️Respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchi Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi” a’zoligiga qabul qilinadi.

📌Eslatib oʻtamiz:

Olimpiadaning tuman bosqichida
12 257 nafar ishtirokchikar orasidan 2080 nafari hududiy bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.

Aziz ustozlar!
Olimpiadada omad yor boʻlsin!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/03/11 00:32:38
Back to Top
HTML Embed Code: