Telegram Web
Bugun 7-iyul 2025-yil, dushanba

👉 BAYRAMLAR:


🌏 Butunjahon Kechirim Kuni (Global Forgiveness Day).

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Shokolad kuni.
🇲🇾 Malayziya - Jorjtaunning butunjahon merosi kuni.
🇲🇭 Marshall orollari - Baliqchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiyaning harbiy shon-sharaf kuni (1770 yil 7 iyulda Chesma jangida rus flotining turklar ustidan qozongan g'alabasi).
🏳️ Shimoliy Osetiya - Respublika kuni.
🇸🇧 Solomon orollari - Mustaqillik kuni.
🇨🇭 Shveysariya - Montryoda jaz festivali.
🇹🇿 Tanzaniya - Qishloq xo'jaligi kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Tanabata yoki Yulduzlar festivali (Yaponiya milliy sevgi bayrami).

👉 VOQEALAR:

🔹 1445 - Suzdal yonidagi jangda mo‘g‘ul qo‘shinlari Moskva buyuk knyazi Vasiliy II qo‘shinlarini butunlay tor-mor qilishdi.
🔹 1520 - Otumba jangi: iapanlar Asteklar imperiyasi qo‘shinlarini mag‘lub etishdi.
🔹 1607 - Angliya madhiyasi "God Save the King" birinchi marta kuylandi.
🔹 1668 - Isaak Nyuton fan magistri darajasini oldi.
🔹 1754 - Nyu-Yorkda Qirollik kolleji (hozirgi Kolumbiya universiteti) ochildi.
🔹 1770 - Chesma jangi rus flotining g'alabasi bilan tugadi.
🔹 1807 - Rossiya imperiyasi va Fransiya Tilzit bitimini tuzdilar.
🔹 1881 - Pinokkio namoyishi.
🔹 1898 - AQSh Kongressi Gavayi orollari anneksiyasi haqida qaror chiqardi.
🔹 1925 - Janubiy Afrika Senati irqiy kamsitish to'g'risidagi qonunni rad etdi.
🔹 1937 - Pekindagi Marko Polo ko'prigi buzib tashlandi.
🔹 1938 - SSSR tarixidagi birinchi teleko'rsatuv namoyishi.
🔹 1950 - Farnboroda birinchi aviashou bo'ldi.
🔹 1978 - Solomon orollari Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
🔹 1980 - La-Mansh ustidan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan samolyotning birinchi parvozi.
🔹 1983 - SSSRga Samanta Smith keldi.
🔹 1987 - portlashda ayblangan Chernobil AES uch rahbarining ustidan sud jarayoni boshlandi.
🔹 1993 - Markaziy Yevropada halokatli suv toshqinlari.
🔹 2000 - Belgiyaning Kortreyk shahrida Ibn Sinoga haykal o'rnatildi.
🔹 2005 - Londonda portlashlar yuz berdi.
🔹 2007 - Portugaliya, Lissabonda dunyoning yangi mo''jizalari e'lon qilindi. Uch etti (07.07.07) kuni bayrami.
🔹 2011 - “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo'shma korxonasida birinchi marta dvigatel ishlab chiqarildi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1119 - imperator Sutoku (1164) - Yaponiyaning 75-imperatori (1123-1142).
🔸 1422 - Abulqosim Bobur (1457) - temuriylardan, Boysunqur Mirzoning oʻgʻli.
🔸 1746 - Juzeppe Pyassi (1826) - Italyan astranomi, birinchi kichik sayyora - Sererani ochgan olim.
🔸 1797 - Imom Shomil (1871) Kavkaz tog'liklarining yetakchisi, Shimoliy Kavkaz imomati boshlig'i.
🔸 1844 - Kamillo Goldji (1926) - italiyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
🔸 1882 - Yanka Kupala (1942) - mashhur belorus shoiri va yozuvchisi.
🔸 1887 - Mark Shagall (1985) - kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan rus, belorus va fransuz rassomi, 20-asr badiiy avangardining taniqli vakillaridan biri.
🔸 1893 - Kashiyeva Qaysar (1972) - rassomlik tahsilini olgan ilk ozarbayjon ayoli.
🔸 1924 - Natalya Bextereva (2008) - sovet va rus neyrofiziologi, yirik miya tadqiqotchisi.
🔸 1934 - Normurod Narzullayev - Oʻzbekiston xalq shoiri (2000).
🔸 1943 - Toto Kutuno - Mashhur italyan qo‘shiqchisi va kompozitori.
🔸 1960 - Odilov Hasan - yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi (2002).
🔸 1962 - Janna Aguzarova - sovet va rus qo'shiqchisi, “Bravo” guruhining sobiq vokalisti.
🔸 1985 - Azizbek Haydarov - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
🔸 1993 - Shahram Gʻiyosov - oʻzbekistonlik professional bokschi, jahon chempioni, O‘zbekiston iftixori.
🔸 2002 - Kamola Irnazarova - badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbeksportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💸 10-15 mln so‘m maosh olishni istaysizmi?

🚗 Buning uchun Kasbiy ko‘nikmalar markazining elektromobil ta’mirlash kurslarida 8 oy o‘qish kifoya.

🎥 Videoda quyidagi savollarga javob olasiz:

⚡️O‘zbekistonda elektromobillarga talab qanchalik yuqori?
💰 Unga ko‘rsatiladigan xizmatlar qanchalik daromadli?
🔧 O‘qishda yoshlar nimani o‘rganyapti va bu ularga qanday imkoniyat ochdi?


👆 Ko‘ring va videoni daromadli ish izlayotgan tanishlaringizga ham yuborib qo‘ying.

Hozirga qadar Kasbiy ko‘nikmalar markazini 250 nafarga yaqin elektrokar ustasi bitirib chiqib, ishga joylashdi.

📍O‘qish uchun quyidagi viloyatlarda joylashgan Kasbiy ko'nikmalar markazlariga murojaat qilib, ariza qoldiring.

Andijon; Jizzax;
Farg‘ona; Qarshi;
Urganch; Buxoro,
Samarqand; Nukus shahri;
Toshkent shahri;

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Shohimardonda “Milliy libos – maʼnaviyat koʻzgusi” tadbiri oʻtkazildi

Mamlakatimizda har juma kuni "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanib, milliy liboslarimiz va qadriyatlarimizni keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda Qoʻshtepa tuman targʻibot guruhi rahbari D.Yusupova hamkorligida "Shohimardon" mahallasi markazida “Milliy libos – maʼnaviyat koʻzgusi” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida milliy libos va doʻppi chellenji tashkil etilib, unda mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari, milliy doʻppilar, yaktaklar hamda kitoblar ulashildi. Tadbir soʻngida nuroniylar tomonidan ezgu duolar qilinib, barchaga minnatdorlik bildirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Farg‘ona tumanida 5 oyda bajarilgan qurilish ishlari 0,7 % ga o‘sgan

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan maʼlumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga Farg‘ona tumanida qurilish korxona va tashkilotlar tomonidan jami 122,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkicha o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 100,7 % ni tashkil etgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
“Shohimardonobod” mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda

Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi.

Xususan, joriy yilning 4-iyul kuni boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumaniga qarashli “Shohimardonobod” MFYda istiqomat qiluvchi Sh.Tojimovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
📣 Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni (“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!

Siz subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishingiz mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali:
🔗 https://my.gov.uz/oz/service/325

❗️Eslatma:
Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball toʻplagan boʻlishi lozim.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Шоҳимардон замонавий туризм марказига айланади

Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров Хитойнинг “Daqin Cableway” компанияси бош директори Лян Лянкуй бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. Учрашувда вилоятда туризм йўналишида амалга оширилиши режалаштирилган лойиҳалар муҳокама қилинди.

Хоким Ферганской области Хайрулло Бозоров принял делегацию во главе с генеральным директором китайской компании “Daqin Cableway” господином Лян Лянкуем. На встрече были обсуждены проекты в сфере туризма, планируемые к реализации в регионе.

The Governor of Fergana Region, Khayrullo Bozorov, received a delegation headed by Mr. Liang Liankui, General Director of China’s “Daqin Cableway” company. The meeting focused on tourism development projects planned to be implemented in the region.

Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☑️ “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
2025/07/07 15:33:15
Back to Top
HTML Embed Code: