Telegram Web
Forwarded from NurStudio | Dasturlar
CompOFF.hta
4 KB
Kompyuterni avtomatik o'chirish tizimi

Bu tizim, foydalanuvchiga kompyuterini ma'lum vaqt oralig'idan so'ng avtomatik ravishda o'chirish imkonini beradi. Tizimda vaqt soniyalarda kiritiladi va "O'chirishni boshlash" tugmasini bosish orqali timer boshlanadi. Vaqt tugagach, kompyuter avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar foydalanuvchi timerni to'xtatmoqchi bo'lsa, "O'chirishni bekor qilish" tugmasidan foydalanishi mumkin.

Masalan internetdan katta hajmdagi ma'lumot yuklayapsiz. Lekin kutishga vaqt yo'q. Taxminan vaqt belgilaysiz. Kompyuter o'chgan bo'ladi.

www.tgoop.com/nurstudio
Flutterchilar, nima qildik?

@FlutterDasturchi
Forwarded from Vashington kundaligi
Dunyo bo'ylab "Microsoft" kompaniyasining "Windows" operatsion tizimi ishdan chiqdi. Ko'plab aeroportlarda samolyotlar reysi qoldirilgan, hatto uchayotgan parvozlar qo'ndirilgan. Ba'zi telekompaniyalarda jonli efirlar to'xtab qolgan.

Bunga sabab - "Windows" operatsion tizimining bir qismi bo'lgan xavfsizlik dasturi uchun yuklangan yangilanishdagi xato bo'lgan.

Xavfsizlik dasturi "CrowdStrike" kompaniyasiga tegishli bo'lib, kompaniya muammoni tan olgan va uni tuzatuvchi yangilanish yuklanganini ma'lum qilmoqda.

"CrowdStrike" aksiyalari narxi ertalab 20 foizga tushib ketdi. Hozir -10% atrofida. Menda ham uning aksiyalari bor edi. 🥲

Sizning kompyuteringizda ham bu muammo kuzatildimi?

Agar oxirgi yangilanishlarni operatsion tizimingiz yuklab olmagan bo'lsa, bu sizda sezilmagan bo'lishi kerak.

@bmamadiev
Forwarded from NurStudio | Dasturlar
IP info.hta
4.2 KB
Ushbu tizim domenlar haqida umumiy ma'lumotlarni olish uchun ishlab chiqilgan. Foydalanuvchilar domen manzilini kiritib, quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin:

NSLookup: DNS-server va domenning IP-manzillari.
WHOIS: Domen ro'yxatga olish ma'lumotlari.
Traceroute: Domen manziliga borish yo'llari va kechikish vaqtlari.

Foydalanish uchun domen nomini kiritish va "Ma'lumotlarni olish" tugmasini bosish kifoya.

Eslatma: G'araz maqsadlarda foydalanmang

www.tgoop.com/nurstudio
Forwarded from Muhammadjon's
Dasturchi nima ish qiladi?

– "Universitetdan kim (qaysi soha mutaxassisi) bo'lib chiqasan?"
– "Dasturchi"
– "Dasturchi nima ish qiladi?"

~~~

2014-yil Toshkent shahridagi Inha Universitetida o'qishni boshlaganimda uzoq-yaqin tanishlar shunaqa savollarni ko'p so'rashardi. U paytda o'zim ham yaxshi bilmaganim uchun "dasturchi ilova, vebsaytlar yaratadi" deb javob berardim.

O'ylab qarasam, bor-yo'g'i 10 yil oldin ham dasturchilik kasbi O'zbekistonda odatiy kasb hisoblanmagan ekan. Ko'p odamlar dasturchilar nima ish qilishini bilishmagan. Hozir ko'pchilikda dasturchi deganda qandaydir tushuncha bor.

Quyida dasturchi qiladigan asosiy ishlar:

● Dizayn yaratadi. Dasturni qanday qurish kerakligi, har xil qismlar bir-biri bilan qanday bog'lanishi kerakligini, yoki dasturning kichik bir qismi qanday ishlashi kerakligini ko'rsatib beradigan dizayn. Xoh butun bir dastur uchun, xoh uning bir qismi uchun bo'lsin, aksariyat dasturchilar dizayn yaratadi (ilova qanday ko'rinishi kerakligi haqidagi dizayn bilan adashtirmang).

● Reja tuzadi. Proyektdagi qilinishi kerak bo'lgan ishlarni rejalashtiradi. Bu shunchaki bir o'tirishda qilinadigan reja emas. Ba'zi dasturchilar butun jamoa uchun reja tuzishiga to'g'ri keladi: kim nima ish qilishi kerak, qancha vaqt ketadi, qanday risk bo'lishi mumkin, ... .

● Kod yozadi. Yuqoridagi dizayn va rejaga asoslanib, dasturlash tillaridan foydalangan holda kompyuter tushunadigan ko'rsatmalar to'plamini yozib chiqadi. O'sha ko'rsatmalar to'plami "kod" deb ataladi. Dasturchi kod yozadi, kod o'chiradi, kod o'zgartiradi.

● Yana kod yozadi. O'zi yozgan kodni tekshiradigan, to'g'ri ishlashini isbotlab beradigan kod yozadi. Bunday kod "test" deyiladi.

● Kod o'qiydi. Dasturchi odatda boshqa dasturchilar bilan birga ishlaydi hamda oldin boshqalar yozib ketgan kodlarni rivojlantiradi. Shuning uchun ishlash davomida juda ko'p kod o'qiydi. Yozganidan 10 barobar ko'proq kod o'qishiga to'g'ri keladi.

● Kod tekshiradi. Dasturchi o'zining va boshqalarning kodini yaxshilab tekshiradi. Kamchiliklar bo'lsa to'g'rilaydi yoki boshqalarga aytadi.

● Dasturdagi xatoliklarni to'g'rilaydi. Deyarli har doim dasturda katta-kichik xatoliklar chiqib turadi. Uni "bug" deymiz. Dasturchi shunday xatoliklarni to'g'rilaydi, ya'ni "debug" qiladi.

● Uzoq vaqt o'ylanib yuradi. Ayrim "bug"larni to'g'rilash oson bo'lmaydi. Ular qayerdan kelayotganini topish bir necha daqiqadan bir necha kungacha cho'zilishi mumkin. Ba'zi dizaynlar juda murakkab bo'ladi va chuqur e'tibor talab qiladi. Shunday paytda dasturchini o'ylanib yurganini ko'rasiz.

● Dasturni doim yaxshilab boradi. Dastur bir marta qurib, tugatiladigan narsa emas. Uni doim rivojlantirib bormasa, vaqt o'tishi bilan eskiradi.

● Hujjatlar yozadi. Ha, dasturchilar ham hujjat ishlari bilan shug'ullanadi:
- yuqorida aytib o'tilgan dizayn ("design doc");
- dasturni qanday ishlashini tushuntirib beradigan hujjat;
- proyekt plani;
- o'zgarishlar tarixi;
- proyektni vaqtida tugatishga halaqit berishi mumkin bo'lgan omillar;
- va hokazolarni yozib boradi.

● Boshqalar bilan birga ishlaydi. Dasturchi boshqa dasturchilar, proyekt menejerlari, har xil jamoalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Mitinglarda qatnashib, proyekt qanday ketayotgani haqida report beradi va boshqalardan report qabul qilib oladi.

● Yangi texnologiyalar o'rganadi. Dasturchilar ishlatadigan texnologiyalar yildan-yilga yangilanib turadi. Dasturchi shularni o'rganib, o'z bilimlarini sayqallab boradi.

● Boshqalarga bilim ulashadi. Dasturchi o'z bilganlarini boshqalarga o'rgatadi. Ko'pincha tajribali dasturchi o'zidan tajribasi kamroq bo'lgan boshqa dasturchilarga yo'l-yo'riq ko'rsatadi.

~~~

– "Dasturchi nima ish qiladi?"
– "Programma yaratadi."
– "Ha, mening bir tanishim ham programmist. Telefon bozorda telefonlarni programma qiladi."

@muhammadjohns
Forwarded from Flutter dasturchi
#flutteruz #flutterdars #calculator
Flutterda Calculator UI yasaymiz. Amaliyot

👉 https://youtu.be/UB_2qdvr5gM

Kalkulyatorning UI qismini oddiyroq holatda yasashga harakat qilamiz. Bundan osonroq usullar ham mavjud. Biz ko'proq vidjetlar ustida amaliyot qilganimiz uchun video cho'zilib ketdi.

⚙️ @FlutterDasturchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning Livandagi peyjer, telefon, kompyuter va boshqa turli xil gadjet va qurilmalarni masofadan portlatib yuborishi inson hayoti uchun katta yo'qotishlar keltirdi. Bu hodisa texnologiya qudrati va uning qanchalik xavfli ekanligini yana bir bor ochib berdi. Ayniqsa, “Snowden” filmidagi masofadan turib kompyuter portlatilishi haqidagi qismi, real hayotimizda sodir bo'lmoqda.

Bu voqea texnologiyaning nafaqat rivojlanish, balki katta xavf manbai ekanligini ko'rsatdi. Agar istalgan qurilma masofadan boshqarib portlatilsa, har bir inson hayoti xavf ostida qoladi. Albatta, biz endi bunday holatlarga befarq qaramasligimiz kerak.

Shuning uchun, mamlakatimizda yaxshi mutaxassislarni ushlab qolib, ular uchun zaruriy sharoitlarni yaratish kerak. Ta'lim va harbiy sanoatda tezkor yangiliklar qilishimiz zarur, chunki bu nafaqat xavfsizligimiz, balki kelajagimiz uchun ham juda muhim. Texnologiya bizga tahdid emas, kuchli himoya manbaiga aylanishi kerak.

Nurmuhammad Nursaidov

@Nursaidovuz
Forwarded from Ilyos Olimov
📢 Ish O'rinlari - Senior Dasturchilar uchun!

Sizni, yuqori darajadagi IT mutaxassislarni izlayapmiz! Agar siz yuqoridagi texnologiyalar bo'yicha o'z bilim va tajribangizni namoyish etishga tayyor bo'lsangiz, biz sizga quyidagi vakansiyalarni taklif qilamiz!

🔹 Senior Scala Developer – 250$/ kun
🔹 Senior PHP Developer – 200$/ kun
🔹 Senior Flutter Developer – 200$/ kun
🔹 Senior .NET Developer – 200$/ kun
🔹 Senior Rust Developer – 250$/ kun
🔹 Senior React/TypeScript Developer – 200$/ kun

🔑 Talablar:
Kamida b2 darajadagi ingliz tili, yoki fluent bo'lish
Tegishli texnologiya bo'yicha kamida 3-5 yil ish tajribasi
Keng ko'lamdagi loyiha va jamoalarda ishlash tajribasi
Yangi texnologiyalarga qiziqish va o'zini rivojlantirishga tayyorlik

📩 Murojaat qilish uchun:
Agar siz yuqoridagi pozitsiyalardan biriga qiziqsangiz, iltimos, CV va portfelingizni @appx_hr orqali yuboring.

Diqqat!!! CV jo'natishdan oldin talablar bilan yaxshilab tanishib chiqing!
Forwarded from Nursaidov.uz
Kompyuter xarakteristikasi.hta
3.8 KB
Operatsion tizim(kompyuteringiz) haqida o'zbek tilida ma'lumot beruvchi tizim

Endi "kompyutering qanaqa" degan savolga qiynalmay javob berasiz.

Protsessorning nomi, yadrolar soni va maksimal ishlash tezligi, Grafik karta: Grafik kartaning nomi va uning RAM hajmi, Operativ xotira, Kompyuter xotiralari, IP adress: 192.168....
Windows qanaqaligi haqida ...

🖥 Yuklab oling, sinab ko'ring, yaqinlaringizga ulashing!

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
AI ishlatish dasturchilikni o’rganishni endi boshlaganlar uchun zarar

Hammasini qo’lda yozish kerak.

O’zingiz bilgan narsani tezroq qilish uchun ishlatsangiz boshqa gap. Biror narsa haqida ChatGPT/Google dan anglab savol so’rash boshqa gap. Copilot, Cursor, Windsurf kabi editorlardan foydalanib, TAB TAB TAB bosish esa yaramaydi.

O’chirib tashlang.

@jakhonrakhmonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Paiziev24
«ИИ-агентлар — бу мульти-триллион долларлик имконият». — Женсен Хуанг, Nvidia раҳбари.

2025 йил 6 январь

https://www.youtube.com/live/k82RwXqZHY8?si=GXmDWh_nbI6UYyHi
Forwarded from Nursaidov.uz
Saytni bloklovchi.bat
2.5 KB
🛡Windows operatsion tizimi uchun Zararli yoki har qanday SAYT va IP-manzillarni bloklash tizimini ishlab chiqdik.

Sayt va IP-manzillarni bloklash tizimi, zararli yoki nomaqbul saytlarni bloklash orqali farzandlar xavfsizligini ta'minlash, tarmoq xavfsizligini mustahkamlash, bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga va zararli kontentga kirishini cheklash, domen va IP-manzillarni avtomatik aniqlab bloklash kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

➡️ O'rganing: https://youtu.be/IFUSX5NFkcU

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Flutterning barcha komponentlarini yangilab turing

@FlutterDasturchi
Forwarded from Xizmatlar AI
DeepSeek AI taqdim etildi. Bu hatto ChatGPT dan ham kuchliroq va eng qizig'i foydalanish bepulligi boshqa kompaniyalarni shok holatiga tushirdi.

Bepul foydalanish:
https://chat.deepseek.com/

@XizmatlarAI
Android studioda tasbeh dasturi...
2025/02/02 02:29:54
Back to Top
HTML Embed Code: