Telegram Web
O’rta Yer dengizi va qizil dengizni bog’lovchi suv xavzasi nima deb ataladi?
Anonymous Quiz
11%
Frot daryosi
9%
Iordaniya daryosi
8%
Nil daryosi
50%
Suez kanali
18%
O’lik dengiz
4%
Bilmayman
Dunyoda ikkita davlat dengizga chiqish uchun ikki davlat hududini kesib o’tishi kerak, shulardan biri O’zbrkiston, ikkinchisi qaysi davlat?
Anonymous Quiz
9%
Mongoliya
19%
Tojikiston
5%
Sloveniya
4%
Belorussiya
59%
Lixtenshteyn
4%
Bilmayman
Tarixda qaysi qurolli to’qnashuvda o’sha davr aholisiga nisbatan eng ko’p kishi halok bo’lgan?
Anonymous Quiz
10%
An Lushan qo’zg’olonida
42%
Ikkinchi jahon urushida
31%
Mo’g’ullar bosqini davrida
4%
Amir Temur yurishlarida
8%
Napoleon urushlarida
5%
Bilmayman
30-may Toshkent vaqti bilan soat 8:20 atrofida Moskva dronlar hujumiga uchradi. Guvohlarning xabarlari, tarqalgan videolarda hujumchi dronlar soni kamida 8 ta bo'lgani aytiladi.

Yuqoridagi ikki videoda dronlar havodan mudofaa tizimi yordamida urib tushirilgani tasvirlangan. Kamida uch turar-joy binosi hujumdan zarar ko'rgani aytilmoqda. Moskva meriyasi binolar va odamlar jiddiy zarar ko'rmaganini aytib chiqqan, Rossiya Mudofaa vazirligi esa hujum ortida Ukraina turganini ta'kidlagan. Ukraina tomoni hozircha bu holat yuzasidan izoh bermagan.

Moskvadagi holat Kiyev dronlar bilan hujumga tutilganining ertasiga sodir bo'lgan.
​​Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyatining xabar berishicha, 2-iyun kuni Choʻlponota shahrida “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammiti boʻlib oʻtadi. Eʼtiborlisi, sammitda Shavkat Mirziyoyev, Qasim-Jomart Toqayev bilan birga Emomali Rahmon ham ishtirok etadi.

Bu oʻtgan yilning kuzida yuz bergan chegaradagi qonli toʻqnashuvlardan soʻng Tojikiston prezidentining ilk bor Qirgʻizistonga borishidir. Yodingizda boʻlsa, ayni toʻqnashuvlar boshlangan payti Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari Samarqandda ShHT sammitida qatnashayotgan edi.

Endilikda xabar qilinishicha, prezident Sadir Japarov 2-iyun kuni oʻtadigan sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishni rejalagan. Kuzatuvchilar mazkur uchrashuvlardan chegaraga oid hal qiluvchi kelishuvlarni kutmoqda.

Suratda: 2022-yil oktyabrida Ostonada oʻtgan birinchi “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammiti.
​​Bugungi kun mavzusi, tabiiyki, Moskvaning dronlar hujumiga uchrashi bo'lmoqda. Kuzatuvchilar, harbiy tahlilchilar favqulodda jonlangan. Har kim bir savolga javob izlamoqda: hujum ortida kim turibdi?

Rasmiy Moskva allaqachon hujumda Ukrainani ayblab chiqdi. Ukraina tomoni esa bugungi voqealarga bevosita aloqasi yo'qligini ta'kidlamoqda. Hujum borasida yetarlicha tafsilotlar tarqalayotgan bo'lsada, ularning aksari har ikki tomonning propagandasi va dezinformatsiyasi bilan to'lib-toshgan. Shuning uchun bor ma'lumotdan foydalanib, yuqoridagi savolga javob beruvchi ayrim ehtimoliy ssenariylarni ko'rib chiqamiz:

1. Dronlar hujumi ortida Ukraina turibdi. Buning bir necha sabablari bor:
a) Kutilayotgan yalpi qarshi hujum oldidan Rossiyaning havodan mudofaa tizimi salohiyatini tekshirib ko'rish;
b) Kutilayotgan yalpi qarshi hujum oldidan Rossiya hukumati va aholisiga psixologik zarba berish, dushman armiyasi ruhiyatini sindirish;
c) Kutilayotgan yalpi qarshi hujum oldidan Rossiyani Moskvadagi holatga javob qaytarish uchun mudofaa pozitsiyalaridan qo'zg'ashga provakatsiya qilish va dushmanning oylar davomida tuzib kelayotgan mudofaa rejalarini buzib yuborish.

2. Dronlar hujumi ortida Rossiyaning o'zi turibdi. Buning asosiy sababi aholi orasida ommaviy qo'rquvni yuzaga keltirish orqali Ukrainadagi harbiy harakatlarga nisbatan qo'llov darajasini oshirish va mamlakatda to'liq safarbarlik e'lon qilishga bahona topish. Hozirda, bu ssenariy haqiqatga yaqin deyayotgan harbiy tahlilchilarning fikricha, agar dronlarni Ukraina uchirgan taqdirda, ularning jangovar shaylik yuqori darajada bo'lgan chegaradan uchib o'tishi, va, ayniqsa, Moskvagacha yetib kelishi dargumon bo'lardi. Shuningdek Rossiya Kiyev kabi Ukraina shaharlaridagi harbiylarga aloqasi yo'q ijtimoiy obyektlarni tinimsiz o'qqa tutayotganini oqlashi uchun ham Moskvada ayni harakatni amalga oshirdi, degan qarashlar mavjud.
Shu kunlarda ko'plab o'zbekistonliklar uchun notanish bo'lmagan Kosovoda ham tarang vaziyat kuzatilmoqda. Dam olish kunlari Kosovo politsiyasi hudud shimolida bosh ko'targan serblar yashovchi kvartallarda reyd o'tkazgan va ikki o'rtada to'qnashuvlar yuzaga kelgan. Vaziyatga NATO kuchlari ham aralashgan. O'nlab odam jarohat olgani aytilmoqda.

Ziddiyatga Shimoliy Kosovoda yashovchi serblarning o'tgan hafta mahalliy hokimiyatga saylangan etnik albanlarning ma'muriy binolarga kirishiga to'sqinlik qilishi sabab bo'lgan.

Kosovo politsiyasi isyonkor serblar harakatini bostirishga urinishi ortidan Serbiya chegaradagi jangovar shaylikni kuchaytirgan va serblarning yana hujumga uchrashiga toqat qilmasligidan ogohlantirgan.

Kosovo, serblar, albanlar, NATO kuchlari, Serbiya? Biroz mujmal vaziyat, shundaymasmi? Bo'layotgan voqealarni tushunish uchun tarixga nazar tashlashga to'g'ri keladi. Agar mavzuga qiziqsangiz, bu haqda izohlarda bildiring va birgalikda muhokama qilamiz.
Kunni Kosovo muammosi muhokamasi bilan boshlasak. Avvaliga muhim yangilik - Kosovo shimolida vaziyat yanada taranglashar ekan, seshanba kuni NATO hududga qo'shimcha 700 nafar tinchlikparvar askalarini jo'natishini e'lon qildi.

Ayni vaqtda, 1998-1999-yillarda 10 mingdan ziyod insonning yostig'ini quritgan qonli voqealar qaytalanishidan xavotir ancha kuchaygan. Ana endi muammoning ildiziga nazar solamiz.

Kosovo muammosi asrlarga borib taqaladi. Hududning asosiy aholisini etnik albanlar tashkil etadi. Eng yaqin tarixda esa hudud hozirgi Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya kabi davlatlarni o'z ichiga olgan va 1992-yilda bo'linib ketgan Yugoslaviya tarkibida bo'lgan.

Yugoslaviya parchalangach, avtonom hudud sifatida Serbiya tarkibida bo'lgan Kosovo albanlari ham mustaqillik harakatlarini boshlab yuboradi. Kommunist Yugoslaviyaning merosxo'ri bo'lmish Serbiya va Chernogoriyadan iborat Yugoslaviya Federatsiyasi mustaqillik harakatini qaqshatqich bostira boshlaydi. Bunga javoban albanlar partizanlik harakatini kuchaytiradi. Serbiya rahbari Slobodan Miloshevichning Yugoslaviya Federatsiyasi tepasiga kelishi ortidan Kosovoda yalpi bostirish harakatlari avj oladi. Oqibatda, 1998-1999-yillardagi Kosovo urushi yuzaga keladi.

Urush davomida Serbiya armiyasi albanlarga qarshi ko'plab qonli harakatlarni amalga oshiradi va 1999-yilda NATO kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashi ruxsatini olib ham o'tirmay, genotsidni to'xtatish vaji bilan Kosovoga bostirib kiradi (Bu epizodni Ukrainada urush qilayotgan Rossiya tomonidan ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak).

Urushdan beri tinchlik ta'minlash maqsadida NATO kuchlari Kosovoda posbonlik qilib keladi. 2008-yilda Kosovo Serbiyadan mustaqilligini e'lon qilgan va hozirgacha uni 101 mamlakat tan olgan. Ammo Serbiya hali ham Kosovoni o'z hududi sifatida ko'radi.

Kosovoda vaziyatning taranglashishi kamyob holat emas. Ayniqsa, populist deya aytiladigan Aleksandr Vuchichning Serbiya prezidenti bo'lishidan so'ng hududda ziddiyat yanada kuchaya boshlagan.

Shu kunlarda kuzatilayotgan holatga esa Kosovo hukumatining asosan serblar yashaydigan shimoliy hududlarda etnik alban bo'lgan shaxslarni mahalliy hokimliklarga olib kelish qarori sabab bo'lmoqda. Ozchilikni tashkil etuvchi serblar bu qarorni milliy o'zlikka tahdid o'laroq qabul qilgan va yangi saylangan amaldorlarni o'z lavozimiga kirishishiga to'sqinlik qila boshlagan.

Albatta, asrlarga tatigulik muammoni bir kichik post bilan batafsil izohlaning imkoni yo'q. Shunga qaramay, mavzu borasida biroz tasavvurga ega bo'ldingiz, deb umid qilamiz.

(Xaritalar ko'p narsani ortiqcha izohsiz so'zlab bera oladi. Quyidagi suratda sobiq Yugoslaviyaning 1991-yildagi holatini ko'rishingiz mumkin. Unga yaxshilab razm solsangiz, muammo sabablari ko'z oldingizda yanada aniqroq gavdalanadi.)
Geopolitika.uz
​​Bugungi kun mavzusi, tabiiyki, Moskvaning dronlar hujumiga uchrashi bo'lmoqda. Kuzatuvchilar, harbiy tahlilchilar favqulodda jonlangan. Har kim bir savolga javob izlamoqda: hujum ortida kim turibdi? Rasmiy Moskva allaqachon hujumda Ukrainani ayblab chiqdi.…
Bu savol hali ham o'z dolzarbligini yo'qotmayotir: Moskvani dronlar bilan kim nishonga tutdi?

Kecha kun davomida tarqalgan eng asosiy taxminlar bilan tanishib chiqqan edik. Endilikda, konspirologiyaga o'xshab ketsada, yana bir taxmin yuzaga chiqmoqda. Bir qator taniqli tahlilchilar mazkur taxminga jiddiy e'tibor qaratishga chaqirmoqda. Xullas:

Moskvaga hujum ortida na Ukraina, na Putin hukumati turmagan. Xo'sh, unda kim bo'lishi mumkin?

Rossiyaning ichida Putin rejimiga qarshi kuchlar yuzaga kela boshlagan. Ularni oligarxlar, xavfsizlik kuchlarining yuqori doiralariga taalluqli shaxslar qo'llayotgan bo'lishi mumkin. Aynan ular amaldagi rejimni parokanda qilish, sarosimaga solish maqsadida bu hujumni uyushtirgan bo'lishi mumkin.

Bu qarashni ilgari surayotgan tahlilchilar poytaxtni o'qqa tutilishi tahmin qilingandek, rasmiy Moskvaning g'azabiga sabab bo'lmagani, masalan, Qrim ko'prigidagi portlashdan so'ng Kiyevning ayovsiz o'qqa tutilishi kabi o'ch olish harakatlari kuzatilmagani va, ayniqsa, rasmiy propaganda 30-may kungi voqeaning ahamiyatini pasaytirib ko'rsatishga urinayotganiga e'tibor qaratgan.

Masalan, Rossiyadagi taniqli jurnalistlar Moskvaning hujumga uchrashi kabi aql bovar qilmas voqeani undanda aql bovar qilmas darajada "bosiqlik" bilan muhokama qilgan. TV orqali aholiga "Napoleon bosqinidan ham, Ulug' Vatan Urushidan ham omon chiqqanmiz, bunisi ham biz uchun fojia emas" mazmunidagi messej yuborilgan.
Jahon siyosatiga qanchalik qiziqasiz?
Anonymous Poll
93%
Juda qiziqaman
6%
U qadar emas
1%
Siyosatga aralashmayman
Geopolitika.uz pinned «Jahon siyosatiga qanchalik qiziqasiz?»
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tashuvchi kosmik raketa uchirganidan xavotir bildirganini koʻpchilik kutilmagan yangilik sifatida qabul qildi. Vazirlikning 31-may kungi xabarida shunday deyiladi:

“Ushbu holat Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirgʻin qurollarining barcha turlarini sinovdan oʻtkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz”.

Keling, avval, Oʻzbekistonni xavotirga solgan raketa oʻzi nima boʻlganiga nazar tashlaymiz.

Chorshanba kuni Shimoliy Koreya uchirgan kosmik raketada avvalroq xalqaro ekspertlarni tashvishga solgandek yadroviy yoki boshqa ommaviy qirgʻin quroli emas, balki harbiy josus sunʼiy yoʻldosh boʻlgan. Raketa maqsad qilingandek Yer orbitasining quyi qismigacha yetib borolmay, Sariq dengizga qulagan.

Raketaning uchirilishi Janubiy Koreya va Yaponiyada ommaviy trevoga tizimini ishga solib yuborgan, koʻplab insonlar telefoniga zudlikda bombapanohlarga yashirinish toʻgʻrisida ogohlantirish kelgan.

Shimoliy Koreya davlat matbuoti raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini tan olgan, avariya sabablari oʻrganilayotganini maʼlum qilgan.

Xoʻsh, oʻzi rasmiy Pxenyan uchun josus sunʼiy yoʻldosh nega kerak?

Raketa kutilmaganda uchirilmagan. Hafta boshida Pxenyan 31-may va 11-iyun oʻrtasida oʻzining josus sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqarishni rejalashtirayotganidan qoʻshni davlatlarni ogohlantirgan. Ammo koʻpchilik ekspertlar bu ommaviy qirgʻin qurolini tashuvchi navbatdagi qitʼalararo ballistik raketa (QBR) boʻlishi mumkinligidan tashvish bildirgan. Sababi shu vaqtgacha Sh.Koreya sunʼiy yoʻldosh bahonasi bilan ana shunday QBRlarni test qilib koʻrgan edi.

Lekin bu safar Sh.Koreya chindan josus sunʼiy yoʻldosh uchirgani maʼlum boʻldi. Bunday yoʻldosh esa Pxenyan uchun AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlari harakatlarini doimiy kuzatib turish, urush yuz bergan taqdirda, fazoda oʻz “koʻzi”ga ega boʻlish yoʻlida kerak.

Odatdagidek, AQSh va uning mintaqadagi ittifoqchilari hamda bu safar Oʻzbekiston Sh.Koreyaning bu harakatini qoralab chiqqan, Kim Jong-un rejimidan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga amal qilishni talab qilgan.

Josus sunʼiy yoʻldosh nega xavotirga sabab boʻldi?

Ekspertlar sunʼiy yoʻldoshning oʻzi emas, balki uni Yer orbitasiga olib chiqishga uringan tashuvchi raketada qoʻllanilgan texnologiyadan tashvish bildirgan. Sh.Koreya bu safar noodatiy tarzda raketa toʻgʻrisida batafsilroq maʼlumot eʼlon qilgan. Aytilishicha, Chollima-1 nomini olgan yangi turdagi raketa Malligyong-1 nomli harbiy josus sunʼiy yoʻldoshni tashishga harakat qilgan.

Xalqaro ekspertlar raketada, katta ehtimol bilan, QBRda qoʻllaniladigan dvigatel ishlatilgan, degan xulosa bergan. Bu esa Sh.Koreya yadroviy dasturiga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan rezolyutsiyalar talablariga ziddir.

Bu birinchisi emas.

Sh.Koreya fazoga harbiy josus sunʼiy yoʻldoshlarni ilk bor chiqarishga urinmayapti. 1998, 2012 va 2016-yillarda ham shunday urinishlar amalga oshirilgan, bir qancha kichik sunʼiy yoʻldoshlar orbitaga chiqishga muvaffaq boʻlgan ham. Ammo razvedka maʼlumotlariga koʻra, zamonaviy texnologiya ishlatilmaganidan ularning hech biri kerakli maʼlumotlarni Yerga yubora olmagan.

Oʻzbekiston ham Pxenyan tomonidan raketa uchirilishidan ilk bor xavotir bildirmayapti – 2012-yilda rasmiy Toshkent ayni shunday harakatni qoralab chiqqan, Sh.Koreyani xalqaro majburiyatlariga amal qilishga chaqirgan edi.

Sh.Koreya esa tez orada josus sunʼiy yoʻldoshini orbitaga olib chiqishga yana harakat qilishini taʼkidlagan. Kim Jong-unning singlisi Kim Yo Jong esa kattagina bayonot eʼlon qilib, Sh.Koreya oʻz sunʼiy yoʻldoshiga ega boʻlishga haqli ekani hamda mamlakatga nisbatan qabul qilingan QBR texnologiyasidan foydalanishni taqiqlovchi BMT rezolyutsiyalarini tan olmasligini taʼkidlagan.
Ukrainadagi voqealarni kuzatib borayotgan oʻquvchilarimizga ChVK Vagner va uning “hech narsadan qoʻrqmaydigan, derzkiy” rahbari Yevgeniy Prigojin yaxshi tanish ekani aniq. Prigojin, ayniqsa, may oyi boshida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda Genshtab rahbari Valeriy Gerasimovni oʻq-dori bermaslikda ayblab, keskin gapirgani ortidan yanada tanilgandi. Oʻshanda, koʻpchilikda turli savollar paydo boʻldi: Prigojin kim oʻzi, u kimga ishonib bunchalik bemalol gapiryapti va, eng muhimi, Vagner rahbarining Mudofaa vazirligi bilan ziddiyatga borayotgani Rossiya elitasi orasidan ola mushuk oʻta boshlaganidan darak beradimi?

Ochigʻi, bu savollarga haqiqatga eng yaqin javobni, hozircha, hech kim bera olmaydi. Albatta, Rossiyaning “ichki oshxonasi”ga aloqador top elita vakillaridan tashqari. Shunga qaramay, ekspertlar hamjamiyati orasida Putin nega Vagner rahbarining bunday “xurmacha qiliqlari”ga koʻz yumishi, umuman olganda, Rossiya prezidenti uchun Vagner nega kerak ekaniga oid bir qancha qarashlar mavjud. Bugun ularning eng muhimlaridan birini koʻrib chiqamiz.

Tahlilni doimgi sevimli mashgʻulotimiz boʻlmish tarixga qisqa nazar tashlashdan boshlaymiz.

Koʻplab tahlilchilar Vagnerning paydo boʻlish ildizlarini Sovuq Urush davridagi proksi (bilvosita) urushlar olib borishni yuqori darajaga olib chiqa olgan SSSR tashqi harbiy razvedkasi va ayni sohada suyagi qotgan Vladimir Putinning dunyoqarashiga bogʻlaydilar. Lekin Vagner nega 21-asr boshida hokimiyatga kelgan Putin boshqaruvining ilk davrida emas, balki 2010-yillarda paydo boʻldi? Buning asosiy sababi SSSR qulaganidan beri Rossiya armiyasi va harbiy razvedkasida yuz bergan oʻzgarishlar, top generallarning oʻzaro kelishuvlari hamda ziddiyatlari, 2010-yilda boshlangan Arab Bahori tufayli keskin oʻzgara boshlagan geosiyosiy vaziyat hamda Ukrainadagi jarayonlar, va eng muhimi, qanchalik notabiiy eshitilmasin, Putinning armiyaga ishonchsizligiga bogʻliq, deya koʻriladi.

Keling, oxirgi jumlaga eʼtibor qilaylik: tashqaridan Putin Rossiyasi qattiqqoʻl markaziy hokimiyatga ega, Putinning oʻzi esa hokimiyatning har bir boʻgʻinini soʻzsiz nazorat qila oladigan har narsaga qodir rahbar sifatida koʻrinsada, aslida Putin mamlakatni qudratli elita, oligarxlar, siloviklar, byurokratlar va, ayniqsa, harbiylar bilan murosa orqali boshqarishga majbur. Zamonaviy Rossiya prezidentlarining SSSR davridagi qudratdan voz kechishni istamagan harbiylar bilan munosabati har doim iliq boʻlmagan. Masalan, Boris Yeltsin Birinchi Chechen Urushi davrida harbiylar bilan koʻplab ziddiyatlarga borgani haqida maʼlumotlar talaygina.

Aynan harbiylarni oʻzining avtoritar boshqaruviga xavf deya bilgan Putin prezidentligining ilk davrini armiyani jilovlashdan boshlaydi – Mudofaa vazirligiga harbiylarga aloqasi boʻlmagan oʻzining KGBdagi yaqin doʻsti Sergey Ivanovni olib keladi, tizimni boʻysunmas generallardan tozalashga urinadi, 1990-yillarda eʼtiborsiz qoldirilgan tashqi harbiy razvedka (GRU) sohasini jonlantirishga harakat qiladi.

2007-yilda Putin harbiylarga mutlaqo aloqasi boʻlmagan boshqa bir shaxs – biznesmen Anatoliy Serdyukovni mudofaa vaziri etib tayinlaydi. Hatto, baʼzi top generallar bu qarorga ochiqdan-ochiq qarshi chiqib, lavozimiga kirishishidan oldin Serdyukovning, hech boʻlmaganda, bir oylik harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi talab etadilar.

Putinning armiyani jilovlashga navbatdagi urinishi 2012-yilda yana bir harbiy boʻlmagan shaxs – Sergey Shoyguni Mudofaa vazirligiga olib kelgani boʻladi. (Prigojin Shoyguni harbiy emas deb bir necha bor haqorat qilgani yodingizda boʻlsa kerak). Tahlilchilar aynan harbiy generallarga ishonchsizlik sabab Putin qurolli kuchlarga aloqador masalalarni harbiylarning oʻzi emas, balki FSB, SVR (tashqi razvedka xizmati) kabi tashkilotlar bilan maslahatlashishni maʼqul koʻrgan, deydi.
Xorijda “qora operatsiyalar”ni bajaruvchi ChVK Vagnerni tashkil qilish maslahati ham aynan xavfsizlik va razvedka xizmatlaridan, degan qarash mavjud. Uni tashkil etishga esa Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat sabab boʻlgan, deb koʻriladi. Qrim anneksiyasi paytidagi “yashil odamchalar” esingizda boʻlsa kerak?

Ukraina urushining ilk davridagi muvaffaqqiyatsizliklar ortidan Putinning armiyaga boʻlgan ishonchi yanada soʻnishi tufayli shu vaqtgacha Suriya, Afrika kabi hududlarda oligarxlarning biznes manfaatlari yoʻlida jang qilib kelayotgan Vagner soyadan yorugʻlikka chiqdi, deydi tahlilchilar. Bugun esa Putinning shaxsiy qoʻllovida boʻlgan Prigojin totalitarizm avj olayotgan, fuqarolar “urush” soʻzini tilga olgani uchun keskin jazolanayotgan Rossiyada bemalol armiyani tanqid qilmoqda, harbiy elita vakillariga qarshi keskin gapirmoqda. Hatto, 29-may kuni u mudofaa vaziri Sergey Shoygu davlat toʻntarishi uyushtirishi mumkinligidan ham ogohlantirib chiqdi.

Ayni vaqtda, bir savolga aniq javob berish mumkin: armiyaga ishonchsizligi tufayli ham Vagner hozirda Putin uchun juda muhim. Shu sababdan u Prigojinning har qanday injiqligiga koʻz yummoqda, erkaligini koʻtarmoqda. Ammo Rossiya elitasi orasidagi qizil chiziq qayerdan oʻtishini tashqi kuzatuvchi, hatto, taxmin ham qila olmaydi. Shu sabab Vagnerning kelajagi toʻgʻrisida aniq bir soʻz aytish qiyin.
2024/11/16 06:57:16
Back to Top
HTML Embed Code: