Telegram Web
Imomlar, voizlarning ma’ruzada diniy istilohlarni shoshilmay, to‘liq talaffuz qilishlarini qadrlayman. Chunki voizning o‘zi salavot yoki boshqa shu kabi istilohlarni aytishdan erinib/malollanib yarmini yutib yuborsa, ma’ruza tinglovchiga manfaatli bo‘larmidi?!

Salavot yoki ulug‘lar ortidan aytiladigan duo jumlalari samimiy, muhabbat bilan aytilishi kerak. Siz bir salavot aytib, 10 hasanani qo‘lga kiritib, 10 gunohingiz o‘chirilayotganidan xursand bo‘lib salavot aytasiz. Agar vaqt kamroq bo‘lsa, "alayhissalom" deya salavot aytilsa ham bo‘laveradi, lekin uzun salavot aytaman deb yarmini yutib yuborish juda xunuk holat, albatta.

Shuning uchun imom-voizlarimiz bunga juda e’tiborli, juda kam hollardan o‘zgasida ularda bunday kamchilik uchramaydi. Kimdir shunga o‘rganib qolgan bo‘lsa, xoli qolganda shoshilmasdan ko‘p-ko‘p takror qilish bilan talaffuzni yaxshilashi mumkin. Bunda kichik ko‘zgudan foydalanib, shunga qaragan holda aytsa ham bo‘ladi.

#Eslatma

@GiyosiddinYusuf
Ahmad Lutfiy Qozonchining "Qaynona", "O‘gay ona", "Bir vijdon uyg‘onur" kitoblarini o‘qiganman. O‘sha vaqtda o‘zim uchun bir miqdorda ma’naviy ozuqa olganman. Lekin hozir ayta olamanki, bu kitoblar badiiy jihatdan talabga javob beradigan darajada emas.

Shuningdek, sevimli shoiramiz Marhabo Karimovaning bir necha kitoblarini o‘qiganman. She’rlari ibratli, tarbiyaviy ahamiyatga ega, ammo badiiy jihatdan qoniqarli emas.

Omina Shanliko‘g‘lining "Nasroniy atirguli", "Ishqqa yengilmayman", "Mariya", "Dor ostidagi odam" va yana boshqa kitoblarini o‘qiganman. Bu kitoblar omma uchun yaroqli, mutaxassis yoki ko‘p kitob o‘qigan kishilar uchun mos emas deb bilaman.

Umuman olganda, har kimning saviyasi, didi har xil. Kimgadir manzur bo‘lgan narsa boshqaga yoqmasligi mumkin. Ba’zi o‘quvchilar uchun badiiylik birinchi o‘rinda bo‘lsa, boshqasi uchun ma’no muhim.

Hatto ko‘pchilik iliq qabul qilgan Akrom Malikning "Halqa" kitobida ham badiiy jihatdan biroz kamchilik bor. Vaholanki, bu kitob juda yuksak qadrlanadi. Ya’ni har bir ishda ham kamchilik bo‘ladi, uni kimdir ko‘ra oladi, kimdir ko‘ra olmaydi. Agar bundan boshqalarga zarar yetmasa, ommaga jar solishga hojat yo‘q deb bilaman.

"Oldin sen o‘zing o‘shalardek yozib ol" mavzusida hamda boshqa ba’zi mualliflarning kitoblari haqida alohida yozaman, inshaalloh.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Prezidentning raqami

Nashriyotning tahririyat qismida ishlagan vaqtimda ba'zida ishxona raqamiga bo'lgan qo'ng'iroqlarga ham javob berib turar edim. Shunday qo'ng'iroqlardan birida mijoz mendan prezidentning raqamini so'radi, maqsadi foizsiz kredit olish ekan.

Go'zal maqsad! Lekin raqamni to'g'ri joydan so'ramadi. Qolaversa, prezident ham bir fuqaro foizsiz kredit olishi bilan shug'ullanmasa kerak. Yana bilmasam...

Xuddi shuningdek, nimani kimdan so'rashni bilish juda muhim. Bu izlangan narsaning topilish ehtimolini oshiradi. Xususan, kamina faqat oila, farzand tarbiyasi va kitoblar mavzusida savollarga javob beraman. Savolni botga yo'llaysiz, javobini navbati bilan kanalda olasiz. Izohlarda berilgan savolga yoki botning o'zida odatda javob bermayman.

Eslatma: diniy savollarga javob bermayman. Yuqoridagi mavzularda batafsil gaplashiladigan masala bo'lsa, onlayn yoki oflayn tarzda konsultatsiya berishim mumkin.
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandlik shifokor Maqsud Aralov gepatitning eng og‘ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan.

U 1982-yil tug‘ilgan va yaqindagina bemorligidan xabar topgan. Oxirgi tashxis natijalariga ko‘ra, Hindistonga borib, jigar ko‘chirish amaliyoti bajarish zarurligi aytilgan.

Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 30 000$ miqdorida mablag‘ kerak ekan. Hozirda uch bolaning otasi boʻlgan Maqsud aka 12 000$ yiqqan, qolganiga saxovatli kishilar yordami zarur.

Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi  uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang.

“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”.

UzCard💳 6262 5700 1066 9986
Aralov M.

Visacard💳 4187 8000 0105 2497
Aralov M.

Tel.shaxsiy: +998990760232
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

Bu yangilikni kutib ijoddan to'xtab qolgan edim, endi yana davom etaman, inshaalloh!

@GiyosiddinYusuf
"Turklarning Tursunoy Sodiqovasi"

Sema Marashli haqida "Turklarning Tursunoy Sodiqovasi" degan hazilomuz ta’rifni o‘qigan edim — adashmasam, Umida Adiz opadan.

Asosan oila, nikoh va ayollarning ijtimoiy roli mavzularida yozadigan ushbu turk yozuvchisi kitoblarida odatda diniy qadriyatlar, urf-odatlar va zamonaviy hayot o‘rtasidagi muvozanatga e’tibor qaratadi.

Uning yozganlari maqolalar yoki hikoyalardan iborat kitoblarga bo‘linadi. Har ikkisi ham soddaligi va aniq tili bilan ajralib turadi. U o‘quvchilarga murakkab mavzularni oddiy qilib tushuntira oladi, bu esa yangi kitobxonlar, oila qurish arafasida bo‘lganlar va oilaviy mavzularni endi o‘rganishga kirishayotganlar uchun ayni muddaodir. Ammo bu uslubda badiiy tasvir va tashbehlar yetishmaydi.

Kitoblarning mazmun-mohiyatini olqishlagan holda yozuvchi sifatida ba’zi bir kamchiliklar haqida to‘xtalmoqchiman. Boshqa bir qancha yozuvchilarda ham bu narsa uchrasa-da, takror faqat o‘quvchi uchun foyda keltirishi mumkin, yozuvchilar asarlarida bundan tiyilishga harakat qilishi kerak deb bilaman. Xususan, Sema Marashlining barcha kitoblarini o‘qiganingizda kitoblarda takror keladigan ba’zi xulosa va ko‘rsatmalar salbiy baholanishi mumkin.

Sema Marashli kitoblarida qahramonlar tabiatini ochib berishga, voqea-hodisalarni tasvirlashga badiiy adabiyot talab qiladigan darajada chuqur e’tibor bermaydi. Chunki u asarlarida ma’lum ma’naviy va tarbiyaviy g‘oyalarni yetkazishga urg‘u beradi. Ya’ni qahramonlar va voqea-hodisalardan asosan o‘quvchiga axloqiy saboq berish yoki oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilishni maqsad qiladi. Shuning uchun bu uslub o‘quvchining hissiy zavqini cheklaydi.

Sema Marashlining asarlari, sof badiiy jihatdan tahlil qilinganda, murakkab badiiy tuzilmalar kamligi uchun tanqid qilinishi mumkin. Hikoyalarida yuqori darajadagi badiiy tasvirlar deyarli uchramaydi. Lekin ma’no-mazmun sababli kamchiliklarga ko‘z yumiladi.

Har tomonlama talabga javob bera oladigan badiiy asar yozish juda qiyin, albatta. Ayniqsa, hikoya yozish. Bu haqida Baxtiyor Abdug‘afur domla "Hikoya yozish roman yozishdan qiyin" degan edilar. Kamina ham hikoyalar mashq qilib ko‘rganman, lekin yozganlarim o‘zim istagan talabga javob bera olmaydi. Ammo men ham Sema Marashli kabi yoza olaman va qachondir yozganlarimni kitob qilib chiqaraman, inshaalloh.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Yangi kitob boshladim...

#Ijod

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun "Orzudagi oila" onlayn kursimizning so'ngi darsi yuborildi. Ushbu kursda quyidagi mavzular bo'yicha 8 ta videodars taqdim qilindi:

— oila qurish: yigit-qizlar uchun tavsiya, maslahatlar;
— yangi kelin-kuyovlarga maslahat, yangi oilaga osonroq moslasis;
— qaynona kelin munosabatlari;
— er va xotinning burchlari;
— farzand tarbiyasida ota-onalardan talab qilinadigan 5 muhim jihat;
— sevimli kelin bo'lish uchun nimalar qilish kerak?

Har bir dars 20 daqiqa atrofida. Tez kunlarda kurs o'qivchilariga ovozli chat ham qilib beramiz, inshaalloh.

O'ylaymanki, yoshlar ushbu ko'rsatmalarga amal qilish bilan orzudagi oilaga erishadilar.
Bugun bir savol kelibdi, unda aytilishicha, 14 yoshli qiz bir yigit bilan 18+ ishlar qilib yuribdi ekan, ona chet elda.

Farzandlarimizga e’tiborli bo‘laylik, aziz ota-onalar! Hozir istirohat bog‘larida ham yigiti bilan o‘tirgan ro‘molli qizlarni uchratish ko‘p uchrab qoldi.

Bolalarning tarbiyasiga o‘ta e’tiborli bo‘lishimiz kerak. O‘zimiz oilada harakat qilmasak bo‘lmaydi! Maktabga, institutga tarbiyasini topshirib bo‘lmaydi!
Shogirdimiz Akbar Aliy Abdulloh yaxshi bir chellange e'lon qilibdilar. Unga ko'ra ba'zi ishlarni har kuni hisob berib boryaptilar.

Bunda kishi harakatlari jamoat tomonidan kuzatilayotganini his qilib tezroq o'zini isloh qilishi, tartib-intizomga odatlanishi osonroq bo'ladi.

Shuning uchun men ham Akbar Aliyga "Labbay" deb bugungi ba'zi ishlarimni ma'lum qilyapman.

Izoh: men asosan onlayn ishlayman. Shuning uchun telefondan juda ko'p foydalanaman.

@GiyosiddinYusuf
Ko'pchiligimiz "Jahlim chiqib turganda gapirdim", "Gapingga yarasha gapirdim" kabi gaplarni yo eshitganmiz, yoki aytganmiz.

Aslida, jahl chiqmaganda yoki birov yaxshi muomala qilganda yaxshi gapirish oson. Jahl chiqqanda o'zini bosib, alamini birovdan olmay yaxshi muomala qilish uchun iroda kerak! Xulq shu yerda ko'rinadi!

Yoki birov qo'pollik qilganda siz ham unga qo'pol javob qilsangiz, undan nima farqingiz qoladi?! So'kingan kishiga javob tariqasida so'kinmaslikka sizni undaydigan narsa xulq, tarbiyadir!

Ha, javob qilishga haqlisiz. Lekin "Sen javob qilmasang, farishtalar javob qilayotgan edi" deganlar-ku! Sizning javobingizdan farishtalarning javobi avlo emasmi?!

Oilada ham bunday holat ko'p kuzatiladi. Er yoki xotin asabiylashib qo'pol gap gapiradi, ikkinchisi bunga javob qiladi. Keyin janjal yuzaga keladi. Hatto shuning ortidan ish taloqqacha borishi mumkin. Vaholanki, Hazrati Umar: "Biringiz olov bo'lsa, biringiz suv bo'lsin", — degan edilar.

Albatta, Hazrati Umarning bu gaplarini qurol qilib olib, juftingizga nisbatan faqat "olov bo'lishingiz" noto'g'ri, aksincha hamisha "suv bo'lishga" harakat qiling.

#Munosabatlar

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot cheksiz takrorlanishdir. Biz birinchi marta noto'g'ri tushungan narsa biz bilan yana sodir bo'ladi: biroz boshqacha ko'rinishda. Agar yana tushunmasak, saboq olmagunimizcha voqea qaytariladi.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
"Oldin sen o‘zing o‘shalardek bo‘lib ol!"

"Falonchi domla bunday xato qildi", "Falon yozuvchining kitoblari yaxshi emas" kabi gaplarga eng zo‘r javob nima bilasizmi? "Oldin sen o‘shalardek bo‘lib ol!" Tamom! Qarshi tomon gap gapira olmaydi keyin.

Bir qarashda to‘g‘ridek ko‘ringan tushuncha. Ammo asri saodatga nazar solsak, boshqacha holat:

Hazrati Umar: "Mening xatolarimni o‘zimga aytgan kishiga Alloh rahm qilsin", — degan ekanlar. Hazrati Umarning xatolarini kim ko‘ra oladi? U kishidek ilmli kim bor edi? Payg‘ambarimiz alayhissalom va Abu Bakr roziyallohu anhu u kishidan afzal edi. Ammo Hazrati Umar ularni nazarda tutib bu gapni aytmaganlar, gap umumiy.

Yana Hazrati Umar mahr masalasida gap borganda: "Ayol to‘g‘ri aytdi, Umar xato qildi", — deydilar. Demak, Hazrati Umardek ilmli bo‘lmagan kishi ham u kishining xatolarini ayta olgan ekan.

Inson borki xato qiladi, hech bir ishimiz mukammal emas. Bu xatolarimizni kimdir ko‘radi, kimdir ko‘rmaydi. Shunday ekan, kimningdir xatosi ommaga zarar keltirmaydigan bo‘lsa, ommaviy jar solmang, o‘ziga ayting.

Kitoblarning badiiy jihatdan kamchiliklariga kelsak, bu fojia emas. Bu kitoblarda ham ma’lum miqdorda foyda bor, kitob o‘qishga odatlanish uchun sabab bo‘lsa ham katta foyda keltiradi.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Duoda o‘zini unutsa ham oilasini va farzandlarini unutmaydigan faqat ona emas, ota hamdir.

#ota

@GiyosiddinYusuf
"Motivatorlik qiling!"

Ijtimoiy tarmoqda diniy mazmundagi ma’lumot chiqarganlar ma’muriy javobgarlikka tortilganda kamina avvalgilar safida edim. Shunda bir IIB xodimidan: "Unda nima qilay?" — deb so‘raganimda "Motivatorlik qiling" degan.

Motivatorlik qilaman desam, so‘zga ustaman, alhamdulillah. Lekin bu men uchun emas!

Har bir mavzuda gapirganimda avvalo o‘zim amal qilishim kerakligini o‘ylayman. Beamalligimdan xavotir olaman. Men realist odamman, motivatsiyalarga amal qila olmayman. Shuning uchun ham bu mavzuda hatto kitob yozishga ham jur’at qila olmayman.

Yaqinda shunday kitob yozish taklifi tushganda bir kitobni biroz o‘qib ko‘rdim va nashrga tayyorlovchiga achinib ketdim. Chunki yozganlariga amal qilishi uchun payg‘ambarlardek yashashi kerak-da!

Albatta, biz ularga ergashishimiz kerak, lekin amallarimda nuqson bo‘la turib boshqalarni bunga chaqirishdan uyalaman.

So‘ngra kitobni o‘qimay olib qo‘ydim...

@GiyosiddinYusuf
Инсон ҳаётидаги қийинчиликларни меҳр ва муҳаббат енгиллаштиради.Масалан, бой аёлнинг муҳаббат сабаб камбағал эркак билан яшаши бунга яққол мисолдир.
. Бугунги ёшлар эса “муҳаббат қорин тўйдирмайди, куёв бой бўлиши керак” дейишади. Тўғри, бойлик қоринни тўйдириши мумкин, лекин муҳаббат каби йўқчиликка сабр ва қаноат келтирмайди
Пул муҳаббатга воситачи, лекин унинг ўрнини босадиган нарса эмас.

https://www.tgoop.com/SanjarbekSayfulloh
Shu desangiz, bugun "Asal hayot" kursimizga qabul yopiladi va ertadan darslar boshlanadi, inshaalloh.

Bu kurs sizga nima beradi?

— oila qurishga doir ilm;
— juftingiz bilan o'zaro mehr-e'tibor, hurmat, muhabbat;
— oilaviy muammolaringizga yechim;
— farzand tarbiyasiga doir ilm va hokazo.

Darslar formari

— ayollar uchun alohida, erkaklar uchun alohida qilib yozilgan davomiyligi o'rtacha 20 daqiqa bo'lgan 12 ta videodars;
— haftada 2 kun dars yuboriladi, shunda kurs 1,5 oy davom etadi;
— har bir darsdan so'ng vazifalar beriladi.

Qo'shimcha imkoniyatlar

— vazifalarni tekshirish, ustozdan savollaringizga javob olish uchun kuratorlar xizmati;
— kurs tugagach ustoz bilan ovozli chat;
— muvaffaqiyatli tugatganlar uchun sertifikat;
— oilaviy muammolariga yechim topa olmaganlar uchun qiymati 200 ming so'm bo'lgan bepul konsultatsiya;
— farzand tarbiyasiga doir dars.

Narxi

Kurs birinchi qabulda 850 ming so'mdan sotilgan, bugun 22:00 gacha bir kishi uchun 255 ming so'mdan xarid qilishingiz mumkin!

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin
2024/09/27 11:58:32
Back to Top
HTML Embed Code: