Telegram Web
Hurmatli gulistonliklar!

🌱 «Mening bogʻim» loyihasida ishtirok eting!


📲 Fuqarolar 2024-yil 23-iyundan 3-iyulgacha «Ochiq budjet» portalidagi eng yaxshi loyihalar uchun ovoz berishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, ushbu taklif etilgan har bir loyihalarga 250 mln so'mdan mablag‘ ajratilgan.

❗️Eng ko‘p ovoz to'plab, g‘olib deb e'lon qilingan loyihalar manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
🤼 Kurash boʻyicha Guliston shahri prokurori kubogi oʻtkazildi

Guliston shahrida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Joriy yilning 27-iyun kuni sportning kurash turi boʻyicha uyushgan, uyushmagan va otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida Guliston shahri prokurori kubogi musobaqasi oʻtkazildi.

Mazkur bellashuvda ishtirok etish uchun viloyatning barcha tuman-shaharlaridan 100 nafardan ortiq oʻgʻil-qizlar tashrif buyurdi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar shahar hokimi Jamoliddin Xodjimanov hamda sektor rahbarlari tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Guliston shahridagi past quvvatda ishlayotgan va vaqtincha faoliyat yuritmayotgan sanoat korxonalari Davlat maslahatchisi oʻrinbosari Bobur Xodjayev, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Abduraxim Umarov hamda shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻayrat Botirov tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
OTMlarga kirish testlari 14-iyuldan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi va abituriyentlar 30-iyuldan boshlab 15 kun davomida yoʻnalish tanlashi mumkin boʻladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanib, natijalar 21-22-avgustda eʼlon qilinadi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1352 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 202 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 74 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 132 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 95 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 93 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 384 tа (ko'rish)

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев 30 июнь - Ёшлар куни муносабати билан бир гуруҳ ёшларга давлат мукофотларини топширади ҳамда ёшлар сиёсати соҳасида амалга оширилган ишлар сарҳисоби, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды группе молодых людей по случаю 30 июня - Дня молодежи, а также проведет видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов проделанной работы в сфере молодежной политики и мерам всесторонней поддержки молодежи.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсатига бағишланган видеоселектор йиғилиши ҳамда ёшлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда сўнгги етти йил ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни истеъдод ва салоҳиятини рўёбга чиқаришда “катта сакраш даври” бўлганини таъкидлади.

Шу етти йил ичида ёшларга оид 100 дан зиёд қонун ва қарор қабул қилиниб, 200 дан ортиқ имтиёз берилди.

Биргина таълим кредитидан 151 минг ёшлар фойдаланди. Эҳтиёжманд оиладан бўлган яна 110 минг талабанинг контрактини тўлашга 332 миллиард сўм ажратилди.

Натижада олий таълимда қамров 9 фоиздан 42 фоизга, олийгоҳлар сони эса 77 тадан 212 тага етди.

Facebook|Instagram|X
Sirdaryo viloyatining 2024- yil yanvar-may oylarida hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasi

Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Guliston shahri 36,4 foiz bilan 734,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Eng quyi ulush esa, Shirin shahri 1,3 foiz bilan 26,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
2024/06/30 04:01:44
Back to Top
HTML Embed Code: