Telegram Web
#islohotlar_raqamlarda

Qashqadaryo viloyatida aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda ko‘p qavatli uylarni qurib foydalanishga topshirish maqsadli ko‘rsatkichlari #infografikada aks ettirildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri ulug‘

“Hududgaztaʼminot“ AJ Boshqaruv raisining tashabbusi bilan tizim tashkilotlarida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish joyida barcha qulay shart-sharoitlarni yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Jamiyat xodimlarning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga maxsus treninglar, seminarlar va ko‘nikma oshirish dasturlarini tashkil etishni davom ettirmoqda. Bu orqali nogironligi bo‘lgan xodimlar o‘z kasbiy mahoratini oshirish va korxonadagi o‘rnini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli iste'molchilar

Tabiiy gaz va energiya resurslarini tejash – bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Har birimiz gaz va energiya manbalaridan oqilona foydalanib, kelajak avlodlar uchun resurslarni asrashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.

Shuni unutmang, energiyani tejash

• Tabiiy resurslarni avaylash;
• Oilaviy byudjetni tejash;
• Ekologik barqarorlikni ta’minlashdir.

Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan texnikalardan foydalaning va gaz, issiqlik hamda suv ta’minotida tejamkorlik qoidalariga rioya qiling. Elektr energiyasini faqat zaruratga ko‘ra ishlatish, ortiqcha yorug‘lik yoki qurilmalarni o‘chirib qo‘yish odatini shakllantiring.

Mas’uliyatli va oqilona munosabat bilan barqaror kelajakni birgalikda yarataylik!

“Hududgazta'minot” AJ
⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

ERTAGA MUBORAK TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

Gaz taqsimlash qurilmasini yangisiga almashtirish maqsadida 2025-yilning 5-fevral kuni (ertaga) soat 09:00 dan 17:00 ga qadar "Konchilar", "Yoshlik", Muborak," "Do‘stilk", "Ko‘hnashahar" va O‘zbekiston mahallasidagi 1358 xonadonda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj: Nogiron fuqarolarning bandligi va ijtimoiy himoyasi ta’minlanmoqda

“Hududgaztaʼminot“ AJ Boshqaruv raisining tashabbusi bilan tizim tashkilotlarida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24“ telekanalining “Maxsus reportaj“ dasturida batafsil so‘z bordi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi yuqori bosimli gaz tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-fevral kuni 13:00 dan 17:00 gacha “Qoratepa” MFYdagi 850 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan
murojaat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Mazkur murojaat “Shahrisabzshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilib, mahalla aholisiga tushuntirish berilgan.

Ayni kunda "Kesh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘chalarga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyati yo‘qligi sababli mahalla ahli ehtiyojiga ko‘ra, suyultirilgan gaz bilan belgilangan reja-grafikka ko‘ra ta'minlanayotganligini bildirib o‘tamiz.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Tabiiy gazni tеjash uchun uy bеkalariga tavsiya

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#is_gazi_hayot_uchun_xavfli

“Onaning ‘o‘g‘limni hayotini saqlab qolinglar’ deb yolvorishi ko‘z oldimdan ketmaydi”.

📹 RSHTYOIM Qashqadaryo filiali Toksikologiya bo‘limi boshlig‘i Qurbonoy Farmonova bilan suhbat.

✍️ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI
⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi ERTAGA MUBORAK TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI Gaz taqsimlash qurilmasini yangisiga almashtirish maqsadida 2025-yilning 5-fevral kuni (ertaga) soat 09:00 dan 17:00 ga…
🔥 MUBORAK TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI QAYTA TIKLANMOQDA!

Ayni daqiqalqrdan "Konchilar", "Yoshlik", Muborak," "Do‘stilk", "Ko‘hnashahar" va O‘zbekiston mahallasida tabiiy gaz ta'minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda

❗️Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling!

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini raqamlashtirish va korrupsiya holatlarini oldini olish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 27-yanvar kuni “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yili» davlat dasturi loyihasi yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda suyultirilgan gaz tizimini toʻliq raqamlashtirish va korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan topshiriq berilgandi. Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJda Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori oʻrinbosari Sh.Aminov rahbarligida tuzilgan ishchi guruh ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda “Hududgaztaʼminot” AJ, Bosh prokuratura, Energetika, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitalari, Oʻzenergoinspeksiya va “Oʻzbekneftgaz” AJ mutasaddilari ishtirok etishdi. Yigʻilishda suyultirilgan gazni ishlab chiqarish jarayonidan aholiga yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonni raqamlashtirish va korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish masalalari muhokama qilindi.

Jamiyat mutasaddilari tomonidan suyultirilgan gaz taʼminotida raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va ularni ishlab chiqarish korxonalarining elektron tizimlari bilan integratsiya qilish hamda fuqarolarga yengillik yaratishga qaratilgan amaliy ishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=13237

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
2025/07/13 19:16:03
Back to Top
HTML Embed Code: