Telegram Web
#yashil_energiya

Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 5 mlrd kVt⋅soatga yetdi


Kecha, 6-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Bugungi kunda mamlakatimizning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4 119 megavatt boʻlgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi dastlabki quyosh elektr stansiyalari tarmoqqa ulanganidan soʻng 2022-yili 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

Oʻtgan yili respublikamizning 7 ta viloyatida joylashgan 9 ta quyosh va bitta shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qildi.

Bundan 26 kun oldin, 2025-yil 10-iyun kuni soat 12:00 da joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani qayd etilgan edi.

Kecha, 6-iyul holatiga ko‘ra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt⋅soatga yetdi. Bu oʻtgan vaqt mobaynida kuniga oʻrtacha 26,7 mln kVt·soat elektr energiyasi quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olindi, deganidir.

Mazkur generatsiyaning 3 mlrd 125,4 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1 mlrd 915,1 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

1 mlrd 515 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 2 mln 220 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 7-iyul soat 08:00 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 8 mlrd 736,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generatsiyaning 20,3 foizini tashkil qiladi.

Buning natijasida:

2 mlrd 647 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 3 mln 879 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7 million 280 mingta xonadonning olti oylik yoki 3 million 640 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat

Yoshlarga eʼtibor – ishonchli kelajak poydevori


“Hududgaztaʼminot” AJ tashabbusi bilan Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun ikki kunlik amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazilib, yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, dastur doirasida hayotiy muammolarni yengish va shaxsiy oʻsish mavzularida tajribali psixolog bilan uchrashuv, jamoaviy faollikni oshirishga qaratilgan sport va intellektual oʻyinlar hamda kasbga yoʻnaltirishga yordam beradigan master-klasslar tashkil etildi.

Ishtirokchilar ikki kun mobaynida nafaqat tabiat bagʻrida dam olish, balki hayotda asqatadigan ulkan amaliy bilimlarga ega boʻlishdi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Filial rahbari Nuriston shaharchasida o'rganish o‘tkazdi.

Nishon tumanining Nuriston shaharchasi. Hududda 4640 ta istе'molchi mavjud. Shundan 1555 ta yakka tartibdagi, 3053 tasi esa ko'p qavatli uylardagi xonadonlar hisoblanadi. Ularga tabiiy gazni bir maromda yo'qotishlarsiz va xavfsiz yetkazib bеrish muhim sanaladi.

Shu maqsadda filial rahbari yirik hududda bo'lib shaharcha tomon yo'naltirilgan gaz tarmog'ida o‘tkazilgan tеxnik tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so'ng “Kimyogar” mahallasida bo'lib “Aqlli mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kеchirdi. Aholi bilan enеrgosamarador uskunalarning afzalliklari, loyiha doirasida hududda amalga oshirilgan ishlar xususida suhbatlashdi.

Muloqotlar davomida kuz-qish mavsumiga hozirdan tayyorgarlik ko'rish, ma'nan eski, muddati o'tgan gaz yondirgichlaridan voz kеchish va gaz tеjaydigan qurilmalarni o'rnatish maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidlandi.

O'rganishlar davom etadi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
⚡️Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!

BUGUN QARSHI TUMANIDAGI "TINCHLIK" VA "SHOYXO‘JA" MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!

Gaz tarmog‘ida sinash ishlari o‘tkaziladi. Shu maqsadda bugun soat 10:30 dan 18:00 ga qadar tumanning "Tinchlik" hamda "Shoyxo‘ja" mahallasidagi 694 xonadon hamda mazkur hududlardagi ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Jazirama kunlarda yong‘in keltirib chiqaruvchi omillarni oldini olishga qaratilgan va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘ying.

Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yong‘in kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan bo‘lsa, yangisiga almashtiring.

Bitta rozetka (pilot)ga ko‘p elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

Quritgich, dazmol, mikroto‘lqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yong‘in kelib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

Konditsionerni 20–25°C oralig‘ida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qo‘yish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sog‘ligi uchun ham zararli hisoblanadi.

Foydalanilmayotgan qurilmalarni to‘liq tarmoqdan uzib qo‘ying. Bu ham yong‘in kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yong‘in kelib chiqishining oldini oladi.

O‘t o‘chirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish muhim.

Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazing.

Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

Ishxona va ofislarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam o‘quvlar tashkil qiling.

Muqobil energiya manbalari, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari neft mahsulotlari to‘ldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, “metan zapravkalar”da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar fosh etilib, 3,3 mlrd soʻmdan ortiq zarar aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyatida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimlari xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Viloyatning Pastdargʻom tumani “Oʻrtacharhin” MFYda joylashgan hammomda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻl bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 887 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Samarqand shahrining “Sevali ota” MFYda joylashgan “A. M. S.” MCHJga qarashli koʻp qavatli binoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 446 million soʻmlik zarar hisoblandi.

Ushbu noqonuniy holatlarga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!

ERTAGA NISHON TUMANINING NURISTON SHAHARCHASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!

Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 9-iyul kuni (ertaga) soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar tumanning "Nuriston", "Nurchi" va "Kimyogar" mahallasidagi 4608 xonadon hamda mazkur hududlardagi 32 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Diqqat!

⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

ERTAGA SHAHRISABZ SHAHRI, KITOB, YAKKABOG‘, CHIROQCHI VA SHAHRISABZ TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!


Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz taqsimlash stansiyasiylarida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 9-iyul kuni (ertaga) soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz tumanida 13:00 dan 17:00 ga gacha Chiroqchi tumanidagi aholi va mazkur hududlarda joylashgan ulgurji iste'molchilarda (metan shoxobchalari bundan mustasno) tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
2025/07/13 17:07:35
Back to Top
HTML Embed Code: