Forwarded from Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф мажмуаси
Мавлиди шарифга марҳабо!
«Аввалги пайғамбарлар фақат ўз қавмига юборилган, мен эса барчага баробар пайғамбар қилиб юборилганман» деган ҳабибимиз, шафоатчимиз, башариятнинг саййиди Муҳаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи васалламга салавоту саломлар бўлсин!
Бутун дунёни, жумладан, жаннатмакон юртимизни Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг таваллуд ойлари шукуҳи чулғаган ушбу муборак кунлар барчамизга хайрли бўлсин!
Гўзал анъанамизга мувофиқ, юртимиздаги барча масжидлар каби, «Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф» жомеъ масжидида ҳам мавлиди шариф маросими ўтказилади.
Эртага, 26 сентябрь куни аср намозидан сўнг Пайғамбаримиз Расули Акрам соллаллоҳу алайҳи васалламнинг сийратларини ўрганишга бағишланган маърифий тадбирга барчангизни таклиф қиламиз. Шом билан хуфтон намози орасида 1659 та Қуръони Карим хатмонасининг бағишлови ҳам бўлиб ўтади.
Барчани Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг сийратларини ўрганиб, у зотга кўплаб салавоту дурудлар айтиб, Қуръони Карим хатмонасидан баҳраманд бўлишга чорлаймиз.
Тадбирда қатнашадиган барча азизларимиз номидан мавлиди шариф ва хатмоналарни масжидимиз имом-хатиби Исмоил Муҳаммад Содиқ ва бошқа устозларимиз дуо қилиб бағишлаб берадилар.
Марҳабо, мавлиди шариф!
Сизга Аллоҳнинг саломи бўлсин, ё Расулаллоҳ!
@hazratim_uz

#tanlov
📣 6-oktabr kuni «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqichi boʻlib oʻtadi
Ushbu bosqichda 14, 15, 16, 17 va 18-suhbatlardan 15 ta savol beriladi.
🔥 Tanlovda yuqori oʻrin olgan 5 ta ishtirokchiga ball, undan tashqari yuqori 3 oʻrin egalariga hadya ham beriladi.
✔️ Savollarga eng tez va toʻgʻri javob bergan 5 ta ishtirokchi aniqlanishi bilan javoblarni tekshirish toʻxtatiladi.
Savollar 6-oktabr kuni @hasanhusayn sahifasiga 11:00 da joylanadi.
⚠️ Muhim eslatma! 4-bosqich uchun vazifa qilib berilgan 15-suhbat YouTubega toʻliq joylanmagan ekan. Toʻliq suhbat @husaynbuxoriybot da bor. Shu yerdan tinglashingizni soʻraymiz.
Marhamat, tanlovda qatnashing, hadyalarga ega boʻling!😊
@hasanhusayn
Ushbu bosqichda 14, 15, 16, 17 va 18-suhbatlardan 15 ta savol beriladi.
Savollar 6-oktabr kuni @hasanhusayn sahifasiga 11:00 da joylanadi.
Marhamat, tanlovda qatnashing, hadyalarga ega boʻling!
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#izoh
💬 «Arbaʼin Navaviyya» tanlovi haqida muxlislar fikrlari
✔️ Eslatib oʻtamiz, tanlovning 4-bosqichi 6-oktabrda boʻlib oʻtadi.
Siz ham tanlovda qatnashing, ilm ummoniga shoʻngʻib, Islomning asl mohiyatini anglang!😊
@hasanhusayn
Siz ham tanlovda qatnashing, ilm ummoniga shoʻngʻib, Islomning asl mohiyatini anglang!
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nashid
Tolaʼal badru ʼalayna
✨ Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonidan Rasulullohga atalgan naʼt
📍 «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjididagi mavlid tadbiridan.
26.09.2024
▶️ YouTube orqali koʻring: https://youtu.be/bryI9lOQxPA
@hasanhusayn
Tolaʼal badru ʼalayna
26.09.2024
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu tun...
Hechdan koʻra kech deganlaridek, bugungi tarixiy kunni beʼtibor oʻtkazib yuborishga koʻngil yoʻl bermadi. Zotan, yurt ozodligi uchun borligʻini fido qilgan ulugʻlarni unutish mumkin emas. Ularni xotirlab, haqlariga tilovat-u duoda boʻlish farzandlik burchimizdir.
1938-yilning 4-oktyabr kuni yurtimizning eng sara gullari: olimlari, ziyolilaridan bir nechtasi Toshkentdagi Alvasti koʻprik yonida zulm ila otib tashlangan. Ularning ichida Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat va boshqa koʻplab ziyolilar bor edi.
Bular bir kechada yoʻq qilingan oʻgʻlonlar edi. Bu kabi qora kunlar, mudhish tunlar xalqimiz boshida juda koʻp boʻlgan. Yuz minglab qori-yu olimlar, boylar-u mard kishilar qatagʻon qilingan. Ularning ozodlikka, hur fikrlilikka, iymonga talpinishdan boshqa ayblari yoʻq edi. Ular kufrni emas, iymonni, tobelikni emas, hurlikni tanlaganlari uchun oʻldirildilar. Ular oʻz yurtlarida bosqinchi kuchlar tarafidan bosqinchiga, bosmachiga chiqarildilar va vaqti kelsa, oʻz yurtdoshlari ichidan iymonsiz boʻlib sotilganlari tomonidan haqsizlik deya otildilar.
Yana ham bu yurt Alloh taoloning moʻjizasi bilan, muxlis xalqimizning zaxmatlari bilan oʻzligini, dinini saqlab qolgan. Buyogʻiga ham Oʻzi yordamchi boʻlsin.
Alloh taolo barcha oʻtgan buyuk ajdodlarimizni Oʻz rahmatiga olib, shahodatlarini qabul etsin va yurtimizdan yana oʻshandek vatan fidoiylari uzilmay chiqib borishini nasib aylasin!
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
05.10.2022

Alloh taolo keyingi yilgi Rabiʼul avval oylariga ham yetkazishini, u oylarda yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni koʻp-koʻp yod etishimizni nasib qilsin!
* Maʼlumot uchun, 1446-yilgi Rabʼiul avval oyi kecha oʻz nihoyasiga yetdi. Bugundan Rabiʼus soni oyi boshlandi.
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nashid
💬 Ramazonga 150 kun qoldi
✨ Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonidan ijro etilgan Ramazon haqida goʻzal bayt.
🗓 15.04.2023
📍 «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjididagi xatmonadan.
▶️ YouTube orqali koʻring: https://youtu.be/z2P_qvRrdI0
@hasanhusayn
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
📣 Ertaga tanlov
«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqichi ertaga boʻlib oʻtadi.
Savollar @hasanhusayn sahifasiga 11:00 da joylanadi.
⚡️ Javoblarni yuborish uchun 25 daqiqa beriladi. Bu vaqt ichida eng tez va toʻgʻri javob bergan 5 ta ishtirokchi aniqlanishi bilan javoblarni tekshirish toʻxtatiladi.
🥇 5 ta ishtirokchiga ball, yuqori oʻrindagi 3 ta ishtirokchiga balldan tashqari hadya ham beriladi.
Quyida tanlovga oid eng koʻp berilgan savollarga javoblarni keltiramiz:
❓ Tanlovda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish kerakmi?
✔️ Yoʻq, roʻyxatdan oʻtilmaydi. Vazifa qilib berilgan suhbatlarni tinglaysiz, tanlovda qatnashaverasiz
❓ Savollarga javobni faqat yozma shaklda yuborish kerakmi?
✔️ Yoʻq, xohlasangiz qogʻozga yozib, uni rasmga olib yuborsangiz ham boʻladi
❓ Javoblarni qayerga yuboramiz?
✔️ @hasanhusaynadmin ga yuboriladi
❓ Savollar test shaklida beriladimi?
✔️ Yoʻq, yozma shaklda beriladi. Javoblar ham yozma shaklda qabul qilinadi
❓ Avvalgi bosqichlarda qatnashmaganlar ham tanlovda qatnashishlari mumkinmi?
✔️ Ha, albatta. Bemalol qatnashishlari mumkin
❓ Tanlovdagi savollarga daftarga yozib olgan maʼlumotlardan (konspekt) olib javob bersa boʻladimi?
✔️ Ha, boʻladi
Tanlovga oid yana savollaringiz boʻlsa, izohda yozib qoldiring. 😊
@hasanhusayn
«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqichi ertaga boʻlib oʻtadi.
Savollar @hasanhusayn sahifasiga 11:00 da joylanadi.
Quyida tanlovga oid eng koʻp berilgan savollarga javoblarni keltiramiz:
Tanlovga oid yana savollaringiz boʻlsa, izohda yozib qoldiring. 😊
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqich savollari
1. 14-hadisda ustoz odatda musulmon dindan o'z xohishi bilan chiqmasligini ayta turib, dindan chiqishiga ko'p hollarda boshqa narsa sabab bo'lishini aytganlar. Bu sabab nima?
2. Ibrohim Nahaiy rohmatullohi alayh odamlarning haolati ikki narsada deb, biri gapining ortiqchaligidaligini aytadilar. Ikkinchisini siz ayting?
3. Ustoz 15-suhbatda bir hadisni keltirib, qoʻshnisiga qanday muomala qilgan odamni Alloh taolo yaxshi koʻrishini aytganlar?
4. Oisha roziyallohu anho bandaning dunyodagi qaysi holati uchun Qiyomatda hasrat qilishini aytganlar?
5. Ustoz 16-hadis sharhida gʻazab kelganda bosish uchun bir nechta yoʻllarni aytadilar. Misol uchun, gʻazab kelganda oʻtirish, tahorat qilish, gʻusl qilish. Ustoz gʻazabni bosish uchun eng zoʻr chora deb nimani aytadilar?
6. Ustoz 16-suhbat sharhida gʻazab haqida gapirib, umuman gʻazab qilmaslik ham toʻgʻri emasligi, Nabiy alayhissalom ham ba'zi holatlarda gʻazab qilganlarini aytadilar. Ammo Nabiy alayhissalom qancha gʻazab qilsalar ham bir ishni qilmagan ekanlar. U ish qaysi?
7. Ustoz 17-hadis sharhida bir hadisni keltirib, Alloh taolo bir xislatga ega bandani Oʻz rahmatiga olishi haqida aytadilar. Alloh taolo qanday odamni rahmatiga oladi?
8. «Kichkina koʻringan savob amalni ham boy bermaslikka harakat qilish. Kichkina deb sanalgan gunhodan ham saqlanish». Bu nimaning taʼrifi?
9. Qachon gunoh kattalashadi?
10. Oxiratga foydasi tegmaydigan har qanday ishni, narsani tark qilishga undovchi bir amal borki, u taqvodan ham ustun sanaladi. U amal qaysi?
11. Ustoz 18-suhbat sharhida Alloh taolo oddiy bandalar va taqvodor bandalarga beriladigan ajrni aytib, ikkisi bir-biridan farq qilishini aytadilar. Oddiy odam va taqvodor odamga beriladigan ajrda nima farq qiladi?
12. Ustoz 17-hadis sharhida Mulk surasidagi «Alloh sizlarni qaysi biringiz eng yaxshi amal qilishini sinash uchun yaratdi» oyatini aytib, amal «eng yaxshi amal» bo‘lishi uchun ikki narsa talab qilinishi aytganlar. Ular nima?
13. Aksariyatimiz yaxshi axloq egasi deganda birovga zarari tegmaydigan odamni tushunamiz. Ustoz 18-hadisda yana bir sifatni ham qoʻshib, bu ham yaxshi axloq, deb aytadilar. U sifat qaysi?
14. Kishining dunyodagi savob ham, gunoh ham boʻlmagan soʻzlari oxiratda qanday qiymatda boʻladi?
15. Alloh taolo qanday insonning qalbini iymon va omonlik bilan toʻldirib qoʻyadi?
👉 Javoblar 11:25 gacha qabul qilinadi;
👉 Har bir ishtirokchining eng birinchi yuborgan javobi qabul qilinadi. Tahrirlangan, qayta yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi;
👉 Javoblarni bitta matnga yozib yuboring
✅ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi

#maʼlumot #tanlov
«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 4-bosqichi natijalari
✅ Quyida ushbu bosqichda ball va hadyalarga ega boʻlgan 5 ta ishtirokchini tanishtirib oʻtamiz:
1. Kamola Abdullayeva
Toʻgʻri javoblar soni: 15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:03
Olgan balli: 5 ball (jami 8 ball)
2. Maftuna Ergasheva
Toʻgʻri javoblar soni: 15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:10
Olgan balli: 4 ball (jami 9 ball)
3. Sarvarbek Gʻanijonov
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:04
Olgan balli: 3 ball (jami 15 ball)
4. Bekzod Yusupov
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:05
Olgan balli: 2 ball (jami 4 ball)
5. Adiba Xoliqova
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:06
Olgan balli: 1 ball (jami 6 ball)
🎉 Avval xabar berilganidek, yuqori oʻrin olgan 5 ta ishtirokchiga ball, ularning avvalgi 3 tasiga esa balldan tashqari hadya ham beriladi.
🔥 Quyida bugungi tanlovning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin: telegra.ph/4-bosqich-savol-va-javoblari-10-02
* Birinchi rasmda bugungi tanlovda ball olganlar, ikkinchi rasmda esa tanlovning bugungacha boʻlib oʻtgan barcha bosqichlarida ball olganlar koʻrsatilgan.
👉 @hasanhusayn