Telegram Web
#маълумот

Бугун барча дўконларимиз учун иш куни

1, 2, 3, 4 январь
– барча дўконларимиз учун дам олиш куни.

5 январь, якшанба куни эса барча дўконларимиз ишлайди.

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда #мусҳаф

📖 «Hilol Nashr» нашриётида чоп қилинган мусҳафлар

👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, 30 жилдли, катта ўлчамда) — 310 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, катта ўлчамда) — 135 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, ўрта ўлчамда) — 69 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, ўрта ўлчамда) — 62 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (кўк қоғозда, ўрта ўлчамда) — 57 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн буюртмаларни уйингизга етказиб берамиз.

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#китобдан

☝️ Тушкунликка ўрин йўқ!

Қийин вазиятларга тушиб қолсангиз, турмушингизни ғурбат, кундузингизни зулмат қилиб, азобланиб юришга чек қўйинг. Соғ-саломатсиз, оёқда юришга имконингиз бор, ҳали тоғларни ағдаришга, сувларни тўхтатишга қодирсиз. Арзимас мушкулотлар қаршисида тушкунликка тушиб ўтирмай, бугунги кунингиз учун ўзингизга мақсад-шиорлар тузиб олинг. Масалан, қуйидагига ўхшаш фойдали режалар белгиланг: «Бошқаларга манфаат бериб, эҳсон қиламан. Касалларни кўргани бораман. Жанозада иштирок этаман. Иккиланиб турганларни тўғри йўлга йўллаб қўяман. Очларга таом улашаман, қийналганларга ёрдамимни таклиф этаман, мазлумларга ҳамдард бўламан. Бечораҳолларнинг оғирини енгил қиламан, жабрланганларга тасалли бераман. Олимларнинг ҳурматини жойига қўяман, катталарга ҳурмат ва кичикларга иззатда бўламан. Фақат бугун учун яшайман. Чунки ўтган иш ўтиб кетди, худди қуёш каби ботиб кетди».

📚 «Сиз қандай яшамоқчисиз?» китобидан

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

«Siz qanday yashamoqchisiz?» kitobi sizga qanday yashashni oʻrgatadi

👉 Narxi: 68 000 soʻm

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🌐 Saytdan buyurtma bering

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда

Улуғларимиз қандай яшашган?

Бу саволга жавоб топишда сизга Аҳмад Муҳаммад Турсун роҳимаҳуллоҳнинг «Улуғлар шундай яшашган» китоби кўмакчи бўлади.

📚 Китобда ўтмишда ўтган улуғ аждодларимиз ҳаётлари, ахлоқ ва фазилатлари, қай тарзда яшаганлари ҳақидаги маълумотлар жамланган.

Китобни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, hilol.uz саҳифамиз орқали буюртма беришингиз мумкин. 😊

👉 Нархи: 64 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн буюртмаларни уйингизга етказиб берамиз.

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilol dasturlari
«Hilol eBook» ilovasida «Hadis va Hayot» toʻplamining 9 ta juzi yangilandi

«Hilol eBook» ilovasida «Hadis va Hayot» toʻplamining 13–18- hamda 20–22-juzlaridagi imloviy va texnik xatolar tuzatildi.

Ushbu kitoblarni oldin yuklab olgan boʻlsangiz, kitob faylini oʻchirib, qaytadan yuklab olishingizni soʻraymiz. Ushbu kitoblarni oldin sotib olgan boʻlsangiz, qayta sotib olishingizga hojat yoʻq. 😊

Bu kitoblardan qaysilarini oʻqigansiz?

▫️ 13-juz. Nikoh, taloq va idda – 10 000 soʻm

▫️ 14-juz. Qasamlar va nazrlar – 4 000 soʻm

▫️ 15-juz. Ov va soʻyishlar – 4 000 soʻm

▫️ 16-juz. Taom va sharob – 5 000 soʻm

▫️ 17-juz. Libos – 5 000 soʻm

▫️ 18-juz. Tib va dam – 7 000 soʻm

▫️ 20-juz. Anbiyolar qissasi – 12 000 soʻm

▫️ 21-juz. Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo – 10 000 soʻm

▫️ 22-juz. Usmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo – 9 000 soʻm

📱 Ilovani yuklab olish

👉 Kitobni oʻchirib, qaytadan yuklash boʻyicha qoʻllanma

👉 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

Bugun hilol.uz sahifamiz 18:00 dan 23:59 gacha ishlamaydi

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz. 😊

👉 Murojaat uchun: @hilol_reception

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehmon

🔥 Tez kunda! «Hilol mehmoni» koʻrsatuvining navbatdagi soni

Mehmon: Jahongir Xoʻjayev

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilol Nashr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR (Hujjatli film)

Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi «Islomga bagʻishlangan umr» nomli hujjatli film.

Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi.

Marhamat quyidagi havolalar orqali to‘liq filmni tomosha qiling.

1-qism
https://youtu.be/LUlhx4wXyu8

2-qism
https://youtu.be/KsQ8mTS7lbo

👉 Manba: islom.uz

@hilolnashr
#маълумот

Бугун барча дўконларимиз учун дам олиш куни

Шунингдек, 2, 3, 4 январь кунлари ҳам барча дўконларимиз дам олади.

5 январь, якшанба куни эса барча дўконларимиз ишлайди.

🌐 Онлайн саҳифамиз: hilol.uz

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Rajab oyi — tinchlik oyi

Rajab oyi Alloh taolo Qurʼoni Karimda xabar bergan toʻrt harom oyning bittasidir. Bu oylarda qabilalar oʻrtasida urush, yoʻltoʻsarlik, qon toʻkish kabi tajovuzkorlik qilish man etiladi — harom qilinadi.

Bu qoida johiliyat davrida ham mavjud edi, Islom kelgandan soʻng ham oʻz kuchida qoldi va Qurʼoni Karim oyati va Sunnat bilan quvvatlandi.

Bu oylardan uchtasi: Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram ketma-ket oylar, bittasi — Rajab oyi esa alohidadir. Buning hikmati shuki, Zulhijja oyi Haj oyidir. Allohning Kaʼbasini haj qilish vaqtida tinchlik saqlanishi umumiy xalqaro qoida edi. Haj oyining avvalidagi Zulqaʼda va keyingi Muharram oylarining harom oy deb sanalishi ham Haj amali bilan bogʻliqdir. Bu narsa Zulqaʼda oyida hojilar sogʻ-salomat Makkaga yetib kelishlari, Muharram oyida esa hojilar oʻz vatanlariga sogʻ-salomat yetib olishlari uchun kafolatdir.

Rajab oyining alohida holda harom oylardan biri deb sanalishi esa Allohning Kaʼbasiga Umra ziyorati bilan keluvchilarga imkon yaratgan.

🌙 Rajab oyi barchamizga muborak bo‘lsin!

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Dam olish kuni oila davrasida koʻrilishi kerak boʻlgan film va koʻrsatuvlar

1. «Islomga bagʻishlangan umr» hujjatli filmi

Ikki qismdan iborat mazkur film dinimiz uchun butun umrini bagʻishlagan buyuk shaxsiyat – shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning hayoti va faoliyatini yoritadi. Islomiy maʼrifatni keng yoyishda u zotning oʻrni, jasorati va xizmatlari haqida batafsil hikoya qiladi.

2. «Hazratni xotirlab» turkum koʻrsatuvi

Ushbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan zabardast ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishasiz. Bugunga qadar ushbu koʻrsatuvning 79 ta soni efirga uzatilgan.

3. «Kitobxonlik maktabi» loyihasi

Ushbu loyiha «Hilol Nashr» nashriyoti tomonidan har haftada bir marta oʻtkaziladi. Loyiha doirasida kitob taqdimotlari, kitobxonlik haqidagi suhbatlar boʻlib oʻtadi. Mazkur loyihani Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, «Maʼnaviyat fidoyisi» nishondori, yozuvchi Erkin Malik olib boradi. Bugunga qadar loyihaning 140 ta soni boʻlib oʻtgan.

4. «Masnaviyxonlik darslari» turkum darslari

Bu darslar Jaloliddin Rumiyning mashhur «Masnaviyi maʼnaviy» asariga asoslangan holda inson ruhiyati, axloqiy masalalar va tarbiyaga oid oʻgitlarni muhokama qiladi. Oilaviy muhitda maʼrifatli suhbatlar uyushtirish uchun munosib dastur. Bugunga qadar loyiha doirasida 26 ta mashgʻulot oʻtkazilgan.

Marhamat, oʻzingizga yoqqan koʻrsatuvni oila davrasida tomosha qiling, dam olish kunini mazmunli va maroqli oʻtkazing. 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/01 06:22:15
Back to Top
HTML Embed Code: