Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yig'ilishi bo'lib o'tdi

✍️ "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari X.Qulliyev boshchiligida "O‘zenergoinspeksiya" viloyat hududiy boshqarmasi, "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo filiali va tuman-shahar bo‘limlarining barcha xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida,  "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo filiali va tuman-shahar bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchilaklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida qilinadigan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, sohada har qanday maishiy korrupsiyaga qarshi  kurashish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
EL-YURT OBODLIGI - KOʻNGIL FAROVONLIGI!

2025-yil 11-martdan boshlangan "dolzarb bir oylik" obodonlashtirish tadbirlarida “Hududgaz Surxondaryo” GTF va uning shahar-tuman boʻlimlari xodimlari tomonidan “yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirlari va ma’muriy bino atrof-muhitini obodonlashtirish  ishlarida faol ishtirok etmoqda. “Hududgaz Surxondaryo ” GTF jamosi barcha hamyurtlarimizni “dolzarb bir oylik” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaydi.

“Hududgaz Surxondaryo ” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
2025/03/29 09:46:18
Back to Top
HTML Embed Code: