Telegram Web
AOKAda “Hududgazta’minot” AJ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari D. Maksudov, boshqarma boshliqlari, mutasaddilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Unda “Hududgazta’minot” AJ tomonidan 2024-yilda erishilgan natijalar hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, mutasaddilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha to‘liq ma’lumot berib o‘tishdi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=13426

📹Video

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Sariosiyo tumanining bazi mahallalarida  gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Sariosiyo tuman “Afrosiyob”, “Sharq Yulduzi”, “M.Ulug‘bek” MFY Gulzor ko‘chasi aholi xonadonlari va “Sariosiyo” ABZ ni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yer usti o‘rta bosimli D-102 mm bo‘lgan gaz quvurini To‘palang daryosi bo‘yidan ko‘chirish ishlarini bajarish uchun 2025-yil 27-fevral kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar 1074 ta aholi xonadonlari va 11 ta ulgurji iste’molchilari  tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha  to‘liq to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

❗️Ta'mirlash  ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o‘tadi.


"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Fotogalereya

SURXONLIK GAZCHILAR DOIMO XALQ XIZMATIDA


Tor va yuqoriga qarab ketgan hamda jarliklardan iborat bo‘lgan bu yo‘llar qanchalar qiyin bo‘lsada, "Boysuntumangaz" gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari isteʼmolchilarimiz uchun o‘z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazishmoqda. Tog' yo‘llari qish mavsumida muzlash natijasida avtomobillarga yurish biroz qiyinlashadi. Yo‘llar muzlashiga qaramasdan gaz taʼminoti xodimlari ilojini topib, aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazishmoqda.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Profilaktik tadbirlar Uzun tumani misolida

Uzun tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va "Uzuntumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong’in sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filiali matbuot xizmati
“BOYSUN” GAZ TO‘LDIRISH SHAXOBCHASI ORQALI USHBU TUMANGA SUYULTIRILGAN GAZ TARQATILADI

Batafsil


"Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filiali matbuot xizmati
2025/03/13 09:36:06
Back to Top
HTML Embed Code: