Telegram Web
#Tyutorlar_faoliyatidan                      #TTJ                                                      TALABALAR TURAR JOYIDA SHAXMAT MUSOBAQASI O'TKAZILDI
🏫Joriy yilning 9-yanvar kuni  14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri”  shiori ostida ”Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari” fakulteti tyutorlari 1-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yigitlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdilar.
Shaxmat o‘ynashning inson uchun foydali tomonlari o‘yin davomida ko‘plab harakatlarni eslab qolish kerak bo‘ladi. Bu esa xotirani rivojlantiradi hamda mantiqiy fikrlashni o‘rgatadi. Chunki o‘yin tahlil va harakatlar ketma-ketligiga asoslangan. Shaxmatchi bo‘layotgan voqealarni kuzatibgina qolmay, balki xulosa chiqarib, o‘z rejasini tuzishi ham kerak.
Forwarded from Andmi yoshlari | Yoshlar ittifoqi (Jamshidbek Sohibjonovich)
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🏛Andijon mashinasozlik institutida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, ommaviy sport turlariga keng jalb qilish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida  fakultetlararo talaba-yigitlar o'rtasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni  munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida “Harbiylar bellashganda” "Sport sog'lomlashtirish" va "Ma'daniy-ma'rifiy" musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Musobaqada har bir fakultetdan 10 nafardan  talaba ishtirok etishi mumkin. Musobaqa davomida jamoalar o‘z kuchlarini sinovdan oʻtkazdi va  jamoalar 4 ta shart boʻyicha bellashdilar.

🛡1-shart Savol-javob
🛡2-shart Tosh koʻtarish
🛡3-shart Arqon tortish
🛡4-shart Turnik tortilish

📍Musobaqa institut asosiy binosida 13-yanvar kuni soat 14:00 da  boʻlib oʻtadi.

🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
1️⃣Telegram2️⃣Instagram3️⃣Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍"Vatanparvarlar bog'i"da yoshlar sayohat qildilar.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2025-yilning 10-yanvar kuni "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida  Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti tyutorlari hamda faol talaba yoshlar Yangi Andijon hududidagi go'zal va muhtasham "Vatanparlar bog'i" da bo'ldilar.

🇺🇿 Talaba yoshlar  sayohat davomida harbiy texnikalar va anjom-aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

🇺🇿 Shuningdek, yoshlarga vatan sarhadlarining muqaddasligi, ona tuproqning betakrorligi va yurtga muhabbat tuyg'ulari amaliy jihatdan talqin qilindi.
#ijodiy_tanlov                                     #tyutorlar_faoliyatidan                     👨‍🎨👨🏼‍🚀👩‍🚒O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramini samarali tashkil etish maqsadida Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti tyutorlari tomonidan  “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida talabalar uchun  ijodiy tanlov o'tkazildi.
Forwarded from AndMI | Rasmiy kanali (Umidjon Alijon o‘g‘li)
#Grant

📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2025-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32547

👉 На русском
👉 In English

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/13 02:36:56
Back to Top
HTML Embed Code: