Telegram Web
Forwarded from Sherboyev Murodbek
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🏐🏐🏐🏐

Bugun Andijon davlat texnika institutida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Andijon viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

✅️Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🟦Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛Andijon davlat texnika instituti talabalariga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash uchun ariza berish tartibi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni tadqim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risida"gi 2025-yil 25-mart sanasidagi 149-sonli qarori asosan (qaror bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154#-7434009), Andijon davlat texnika instituti tomonidan, institutning rasmiy web-saytida (https://web.astiedu.uz/) grantlarni qayta taqsimlash uchun talabalarga ariza berish imkoniyati yaratildi. Har bir talaba talab darajasidagi GPA ko'rsatkichiga (Nizom bo'yicha GPA 3,5 va undan yuqori bo'lishi talab etiladi) ega bo'lgan taqdirda https://web.astiedu.uz/grant havolasi orqali navbatdagi o'quv yili uchun grant o'ringa nomzod sifatida ariza topshirishi mumkin.

Ariza berish muddati: 2025-yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham).

Ariza topshirish bo'yicha ko'nikmalarni quyidagi video orqali olishingiz mumkin.

DIQQAT: Ushbu tartib faqatgina 2024/2025 o'quv yilida o'qishga kirgan talabalar uchungina amal qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Bobur shahrida Andijon davlat texnika instituti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, institut ma’muriyati, ta’lim faxriylari, professor-o‘qituvchilar, yirik ish beruvchi tashkilotlar vakillari, bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar va ularning ota-onalar qatnashdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirok etib, mamlakatimizda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimida olib borilayotgan islohotlar va yoshlarimiz uchun yaratib berilayotgan sharoit va imtiyozlar hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish borasida fikr-mulohazalarini bildirib, bitiruvchilariga keyingi hayotlarida muvaffaqiyatlar, oq yo‘l tiladi.

Shundan soʻng bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Tadbir soʻnggida bir qator bitiruvchilar soʻz olib, oʻqish davomida taʼlim bergan ustozlariga, taʼlim jarayonida qoʻllab-quvvatlagan ota-onalariga oʻzlarining minnatdorliklarini bildirishdi.

Ta`kidlash joiz, joriy yilda Andijon davlat texnika institutini transport, energetika, qurilish va iqtisodiyot kabi 30 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha 2116 nafar bitiruvchi tamomladi.

Bayram tadbiriga xushovoz xonandalarning sho‘x qo‘shiqlari yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 09:47:14
Back to Top
HTML Embed Code: