Telegram Web
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!

🛠 Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor 2 000 nafar ixtirochini izlayapmiz!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣 Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!

#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
🧠 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Andijon viloyati oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi

⚡️Xabaringiz bor, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual o‘yinlar, sport va kibersport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
📌Haftaning har juma kuni Andijon davlat universitetida o‘tkazilayotgan "Zakovat" intellektual o‘yini bugun ham navbatdagi bahslar bilan davom etdi.
🏆 Institutimiz talabalari jamoasi bugungi o‘yinda faol ishtirok etib, ikki tur natijalariga ko‘ra 15 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling

Yoshlar ovozi
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
#kasbiy_imtihon

⚡️Andijon davlat texnika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Andijon davlat texnika institutida 2025/2026-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha alohida iqtidor talab qiluvchi avtomobilsozlik dizayni taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

📈Dastlab abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi haqida qabul komissiyasi mas'ullari tomonidan batafsil tushuncha berilib, roʻyxatdan oʻtkazildi.

❗️Abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari quyidagi havolalar orqali imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin.

https://www.youtube.com/live/tsHQ26WNjB4?si=-NCpbsJL-fRLDeA8

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_imtihon

⚡️Andijon davlat texnika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Mustaqilligimizning 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida keng nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.


📌 Qarorga muvofiq:

➡️Bayram “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan g‘oya asosida yuqori saviyada nishonlanadi;
➡️ Maxsus Respublika komissiyasi tashkil etiladi va har bir hududda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi;
➡️Tadbirlar doirasida adabiy-badiiy kechalar, ochiq muloqotlar, targ‘ibot ishlari, sport va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi;
➡️ Ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, yoshlar, fan, sport, armiya va xalqaro hamkorlik sohalaridagi yutuqlar asosiy mazmun sifatida ilgari suriladi.
➡️“Ona diyor – ranglar jilosi”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori saviyada o‘tkaziladi.

📌 Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng ko‘lamda o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

📚“KITOB – SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e’lon qilindi!

Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha @elzodauktamqizi Telegram manzili orqali qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi. Tanlov tashkilotchisi Shahrisabz davlat pedagogika instituti.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan 10 nafar (jami 20 nafar) ijodkor bir million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📚 Yana 20 nafar ishtirokchi “Izlam” to‘plami bilan rag‘batlantiriladi.

Bu hali hammasi emas!!!

📚 Shuningdek, 100 nafar rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o‘ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.

🎉 Barcha g‘oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so‘lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:54:16
Back to Top
HTML Embed Code: