Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from AKADEMIK BURCHAK
⚡️Rasman: Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati

Professor | Dotsent

PhD student | master's degree
Докторант қўшимча меҳнат фаолияти билан шуғулланиши мумкинми? Жавоб
.
📈H-index ko'rsatkichi nechaga teng bo'lishi kerak?

📝Hozirda olim samadorligining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bo'lgan h-indexning qiymati bo'yicha qat'iy ko'rsatgichlar belgilanmagan. Ammo ko'pgina davlatlarda u quyidagicha belgilanadi:

📒0-2 gacha - ilmiy darajaga da'vogarlik qiluvchi tadqiqotchi (doktorant, mustaqil tadqiqotchi);

📗3-6- fan nomzodi, falsafa doktori (PhD);

📕7-10 - fan doktorining ilmiy faoliyatiga mos keladi;

📒11-15 - mashhur olimning ilmiy faoliyatiga mos keladi;

📚 16 dan yuqori - jahonga mashhur olimning ilmiy faoliyatiga mos keladi.

Kanalga ulanish👇
@ILM_NUR_2020
Ҳурматли тадқиқотчилар!

Диссертацияни расмийлаштириш ва уни ҳимоя қилиш изланувчининг хоҳишига кўра ўзбек, рус, қорақалпоқ ва инглиз тилларида ёки ОАК билан келишилган ҳолда бошқа тилда амалга оширилади.

Манба

Ps: маълумотларни бошқа илмий доираларга ҳам юбориб қўйинг.

🚀Каналга уланишни унутманг
@ILM_NUR_2020
Kremlda òtgan yillarim.pdf
14.2 MB
‼️Ilm yo‘liga kirayotganlar uchun juda qiziqarli kitob. O‘qing!

«Kremlda o‘tgan yillarim»: Ikromov ishi, Stalinning o‘l(diril)ishi, Xrushchev iliqlik davri

1922–1991. Bir avlod dunyoga kelib, kamolga yetishi mumkin bo‘lgan vaqt. Bu fursatda bir davlat ham tashkil topib, «bamaylixotir aylanayotgan Yer kurrasini o‘z o‘qidan chiqarib», qanday shiddat bilan tuzilgan bo‘lsa, xuddi shunday talato‘p bilan tanazzulga yuz tutishga ulgurdi. Ha, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tarixda uncha-muncha kuch o‘chira olmaydigan iz qoldirdi.

Sovet davri haqida o‘qilgan. Ko‘p va xo‘p so‘qilgan. Hafsala bilan kulrang bo‘yoqlarni chaplab o‘qilgan. «Kremlda o‘tgan yillarim» asarida sovet davri emotsional bo‘yoqdan xoli, xronologik tarzda tasvirlanadi. Tarix sahnasida o‘ynalgan eng shov-shuvli spektakl uni chetdan kuzatgan tomoshabin tomonidan emas, balki shu (melo)drama personajlaridan birining tilidan hikoya qilinadi. Tor doiralardagina ma'lum bo‘lgan axborotlar keltiriladi.
Kanalga obuna bo‘ling
@ILM_NUR_2020
Forwarded from Qaqnus
🎓 STIPENDIYA MASTER — DASTURGA QABUL BOSHLANDI!
💡 Milliy yoki xalqaro stipendiya yutishni xohlaysizmi?
🎯 Lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
Endi siz uchun aniq yo‘l xarita, to‘liq materiallar va real natijalar tayyor!
25 ta professional modul
CV, motivatsion xat, maqola, intervyu, hujjatlar — barchasi tayyor
☑️Scopus bazalarni tanlash, bepul chop etish va moslab maqola yozish
To‘liq o‘qitiladigan kurs
Har bir bosqich bo‘yicha amaliy topshiriqlar va tekshiruv
🆕 BONUSLAR (faqat qatnashuvchilar uchun🫵):
🎁 1 ta xalqaro konferensiyada ishtirok (pullik nashrlarda bepul siz uchun)
🎁 1 ta O‘zbekiston konferensiyasi (pullik nashrlarda bepul siz uchun)
🎁 1 ta jurnalda maqola chop ettirish imkoniyati (pullik nashrlarda bepul siz uchun)
👆Bundan tashqari bepul antologiya va bepul kitob nashr etish imkoniyati
👤 Dastur muallifi:
🇺🇿 Lolajon Xamdamova

🎟 Joylar soni cheklangan!
📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@Qaqnus9497
@ilmiyguruh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Хорижий олий таълим муассасаларини тамомлаган ёш мутахассисларнинг лавозим маошига қўшимча устамалар миқдори

Мисол учун:


✔️ АҚШнинг Stanford University QS рейтингида 3-ўринда туради. Мазкур университетнинг бакалавр босқичини битирган ёш мутахассисга БҲМнинг 30 баробарида устама тўланади.


✔️ Буюк Британиянинг University of Dundee Таймс рейтингида 250-ўринда туради. Мазкур университетда докторлик даражасини олган мутахассисга БҲМнинг 60 баробарида устама тўланади.

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
#suraganlarga_info

O'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni ham yevropada bepul nashr etishingiz mumkin - LINK
Oksford, Stenforddan bupul darslar - http://coursera.org

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
Бир куни Англия қироличаси Анна
Гринвич обсерваториясига ташриф буюрибди. Қиролича обсерватория директори Жеймс Брэдли билан сухбатлашибди. Қиролича олимдан бу ердаги илмий-ишлар, Астрономиядаги кашфиётлар хақида сўрабди. Сухбат охирида қиролича Брэдлидан унинг маоши хақида сўрабди ва Брэдлининг жавобидан хайратланибди.

- Ие бу жуда камку? Сизнинг ойлигингизни зудлик билан кўтариш керак.

- Хазрати олиялари, асло бундай қилманг!- деб шошилиб жавоб берибди Брэдли

- Агар маошни кўтарсангиз бу лавозимга астрономларни қўйишни бас қиладилар кейин!

каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
Bambuk falsafasi: Ilm bilan o‘sadigan inson

Xitoyliklar qadimdan bir dona bambuk daraxtini o‘stirish orqali sabr, iroda va taraqqiyot haqida chuqur hayotiy saboq olganlar. Xususan, moso deb ataluvchi bambuk turi ekilgach, dastlabki 5 yil ichida deyarli o‘smasligi bilan ajralib turadi. Tashqi ko‘rinishda hech qanday o‘zgarish yo‘q: novda o‘zgarishsiz qoladi, kurtaklar ko‘zga tashlanmaydi. Ammo bu davrda bambuk yer ostida keng ildiz tizimini barpo etadi — ko‘zga ko‘rinmas, ammo hayotiy muhim poydevor quriladi.

Bu jarayon inson hayoti, ayniqsa ilmiy va ma’naviy rivojlanish bilan juda chambarchas bog‘liq. Talaba, izlanayotgan olim yoki yangi yo‘ldan ketayotgan kishi ko‘p hollarda o‘z mehnatining dastlabki natijalarini ko‘rmaydi. Kitoblar, maqolalar, tajribalar, muvaffaqiyatsiz sinovlar — bular tashqaridan unumsiz ko‘rinsa-da, ichki fundament qurilishidir.

Ilm – bu ildizdir

Ilm o‘z mohiyatiga ko‘ra, bambukning ildizi kabidir. Inson bilim o‘rganayotgan paytda, u ko‘p yillar davomida o‘z ongini, dunyoqarashini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Bu esa ko‘zga darrov ko‘rinmasligi mumkin. Ammo bu bilim asosida bir kun kelib u shunday ixtirolar, g‘oyalar va yutuqlar sari “o‘sib ketadiki”, bu taraqqiyot hammani hayratga soladi.

Shu bois, ilk bosqichlarda natija ko‘rinmasligi – bu mag‘lubiyat emas. Bu – tayyorgarlik. Ilmiy izlanishda bir yillik izlanish bir daqiqalik “aha!” lahzasiga olib keladi. Ammo o‘sha bir daqiqa orqasida yillab qurilgan poydevor yotadi.

Fundament – bu qadriyatlar majmuasi

Ilmga tayanilgan o‘sish faqatgina fakt va formulalar yig‘indisi emas. Bu — izchillik, o‘z ustida ishlash, tanqidiy fikrlash, va eng muhimi, sabr fazilatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxs o‘z “ildizlari”ni chuqurlashtirar ekan, u mustahkam fikrga, barqaror qarorga va chuqur ma’noga ega bo‘ladi. Bu esa uni shamolda qulaydigan emishaklar emas, balki ildiz otgan, mustahkam daraxtga aylantiradi.

Bambuk inson – zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyat modeli

Bugun tez natija, tez pul, tez mashhurlik ortidan quvayotgan dunyoda bambuk inson eng muhim namuna bo‘la oladi. Ilm orqali o‘sishni istagan inson bambukday sabrli, biroq ildiz otayotganini anglaydigan ongga ega bo‘lishi kerak. Har bir o‘qilgan sahifa, tahlil qilingan maqola, yechilgan masala — bu keyingi sakrashlar uchun ichki zamin tayyorlaydi.

Xulosa o‘rnida: O‘smayapti deb o‘ylamang — siz chuqurlashyapsiz

Agar bugun natija ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, bu siz o‘sayotganingizni inkor qilmaydi. Aksincha, siz poydevor qurayotgan bo‘lishingiz mumkin. Ertaga birdaniga bo‘y cho‘zishingiz, katta yutuqlar sari sakrashingiz — aynan shu ichki tayyorgarlikning samarasidir.


Ilm yo‘lini tanlagan har bir kishi bambuk falsafasini yodda tutsin: “Ildizlar chuqur bo‘lsa, balandlik tabiiy keladi.”

Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
#suraganlarga_info

Scopusda firibgarlikdan saqlanish LINK
.
🧠 Мускул, жигар ва глюкоза: инсон организмида энергия мувозанати

Инсон организми ҳар бир оғиз овқатни нафақат ҳазм қилади, балки ундан энергия сифатида оқилона фойдаланишга уринади. Бу жараённинг марказида эса глюкоза ва уни бошқарувчи асосий гормон — инсулин туради.

🍽️ Глюкозанинг танадаги саёҳати

Овқат истеъмол қилинганидан сўнг, ҳазм жараёни орқали глюкоза (яъни қанд) ичаклар орқали қонга сўрилади. Қонда глюкоза миқдори ошганда, инсулин гормони ишга тушади. Инсулин — бу қон орқали глюкозани органлар ҳужайраларига етказиб, энергия сифатида фойдаланилишини таъминлайдиган воситадир.

🏋️‍♂️ Мускул ва жигар — стратегик захира омборлари

Глюкозанинг бир қисми, инсон ҳаракатсиз бўлганда ҳам, захира сифатида сақлаб қўйилади. Бунинг учун жисмда икки асосий омбор мавжуд:
Жигар: тахминан 100 грамм гликоген сақлайди. Бу захира тез энергия талаб қилинганда (масалан, oч қолаётганда) қонга глюкоза юбориш вазифасини бажаради.
Мускуллар: тахминан 400 грамм гликоген сақлай олади. Мускуллардаги захира фақат шу мускулнинг ўзи томонидан ишлатилади ва жисмоний фаолият вақтида сарфланади.

Бу гликоген захиралари инсон ҳаракатлари, спорт, югуриш, иш фаолияти каби фаол жараёнлар вақтида энергия манбаига айланади.

⚠️ Ортиқча глюкоза қаерга кетади?

Агар организм эҳтиёжидан ортиқ глюкоза қабул қилинса ва у ҳаракат билан сарфланмаса, у ҳолда бу глюкоза инсулин воситасида ёғ тўқималарига айланиб, захираланади. Бу жараён узоқ давом этса:
• Ёғ қатламлари ортиб боради
• Қўл, қорин, бел ва сонларда йиғилади
• Вақт ўтиб семизлик, инсулин қаршилиги, қандли диабет, юрак-қон томир касалликлари ривожланади

Нима қилиш керак?
1. Рационал овқатланиш — организм эҳтиёжидан ортиқ овқатланмаслик, тез ҳазм бўлувчи углеводлар (қандли ичимликлар, оқ нон, ширинликлар)ни камайтириш.
2. Жисмоний фаоллик — мускулларни ишлатиш глюкоза ва захирадаги гликогеннинг сарфланишига ёрдам беради. Бу йўл билан янги глюкозалар қайта захира сифатида эмас, балки энергия сифатида ишлатилади.
3. Ортиқча ёғ тўпланишининг олдини олиш — бу нафақат ташқи кўриниш учун, балки ички саломатлик учун жуда муҳим.

📌 Хулоса:

Глюкоза — ҳаёт манбаи. Аммо унинг мувозанатли истеъмоли ва сарфи организмнинг соғлом ишлашида ҳал қилувчи аҳамиятга эга. Соғлом танани сақлаш учун:
➡️ кам овқат еб,
➡️ кўпроқ ҳаракат қилинг,
➡️ мускулларингизни фаол ҳолатда ушланг!


Бу нафақат семизликдан, балки кўплаб хасталиклардан ҳимоялайди!

Янада батафсил: @ILM_NUR_2020 🔗
Фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация кириш қисми, камида тўртта боб, асосий хулосалар ва фойдаланилган адабиётлар рўйхатидан иборат бўлган шаклда расмийлаштирилади. Диссертациянинг матни 100 варақдан (варақнинг олди ва орқа томонига матн туширилади) ошмаслиги керак (фойдаланилган адабиётлар рўйхати ва иловалар кўрсатилган ҳажмга кирмайди).

Манба

Ps: маълумотларни бошқа илмий доираларга ҳам юбориб қўйинг.

🚀Каналга уланишни унутманг
@ILM_NUR_2020
Таълим муассасаси мутахассисларига доцент илмий унвонини бериш ҳақида

Доцент илмий унвони умумий ва қуйидаги талабларни бажариб, таълим муассасасида муваффақиятли фаолият кўрсатаётган мутахассисларга берилади:

а) фан доктори ёки фалсафа доктори (Doctor of Philosophy) илмий даражасига эга бўлган;

б) камида 5 йиллик педагогик ва илмий, жумладан, таълим муассасасида 3 йиллик педагогик иш стажига эга бўлган;


👉давомини батафсил ўқиш👈

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
O’tgan hafta salomatligim bilan bog’liq ayrim muammolar yuzaga keldi. Shifokorga uchradim, barcha kerakli tahlil va tekshiruvlardan o‘tdim. Natijalar yomon emas. Lekin shifokor: “Sizda ortiqcha vazn, stress va harakatsizlik bor dedi. U haq, bu holat birdaniga yuzaga kelmagan. So‘nggi yarim yilda sekinlik bilan, lekin tizimli ravishda sog‘lom turmush odatlarimdan uzoqlashib borgan ekanman.

Endi nima qilish kerak?
Albatta, hayotni yana bir bor tartibga solishdan boshlash kerak. Buning eng muhim kaliti esa — odatiy xatti-harakatlarni sog‘lom tomonga o‘zgartirish, ya’ni yaxshi odatlarni shakllantirish: ertaroq uxlash, sog‘lom ovqatlanish, har kuni jismoniy faollik (piyoda yurish, yengil mashqlar) va hushyor ong bilan ishlash.


Bu borada chuqurroq tushunishga harakat qilib, odat shakllanishi haqida o‘zbek tilida ilmiy maqola qidirib ko‘rdim, ammo topa olmadim. So‘ng, ResearchGate orqali 2009-yilda London University College (UCL) olimi Philippa Lally rahbarligida olib borilgan tadqiqotga ko‘zim tushdi. Bu tadqiqot — hozirgi kungacha odat psixologiyasi bo‘yicha eng ko‘p iqtibos keltirilgan ilmiy ishlardan biri ekan.

📊Tadqiqotda 96 nafar ishtirokchi 12 hafta davomida har kuni bir xil yangi odatni bajargan (masalan, ovqatdan keyin suv ichish, har kuni yurish). Maqsad — bu xatti-harakat qachon “avtomatik” xulq-atvorga aylanadi, ya’ni miyaga o‘rnashadi? Natijalar shuni ko‘rsatganki: Odat shakllanishi uchun o‘rtacha 66 kun kerak bo‘lgan va eng tez holatda bu 18 kun, eng uzoq holatda esa 254 kun davom etgan. Har kuni bu amalni bajarmaslik — jarayonni biroz sekinlashtiradi, lekin to‘xtatmaydi.

Bu tadqiqotning muhim ilmiy xulosasi shuki: odatlar faqat iroda orqali emas, kontekst va takrorlar orqali shakllanadi. Muvaffaqiyat kaliti – kichik o‘zgarishlarni barqaror takrorlashda ekan.

Tadqiqotda shuningdek, yaxshi odatlar maqsad emas, balki tizimli jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Yaxshi odatni shakllantirishda “qattiq intilish”dan ko‘ra, atrof-muhitni to‘g‘irlash va o‘ziga nisbatan biroz mehribonlik ko‘rsatish ko‘proq foyda berarkan.

Bugun G‘olibjon akaning “Katta o‘zgarishlar — oddiy odatlardan boshlanadi!” deb nomlangan kichik lekin juda o‘rinli fikrlariga ko’zim tushdi.

Haqiqatdan, har kuni ertaroq turish, 10 daqiqa o‘qish, bir stakan ko‘proq suv ichish — bu odatlar vaqt o‘tishi bilan xarakterga, xarakter esa taqdirga aylanadi.

📚 Ilmiy tadqiqotchilar uchun eslatma: Fikrimcha, psixologik odatlarni shakllantirishda “21 kunlik qoidalar” afsona bo‘lib, ilmiy asosga ega emas. Odatlar shakllanishi inson miyasining moslashuvchanligi (neyral plastiklik), ichki motivatsiyaning barqarorligi va atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq. Shu sababli, har bir odamda bu jarayon har xil davom etadi.


O‘z ustingizda ishlashda kichik, o‘lchab bo‘ladigan va davomli odatlar tanlang. Chunki o‘zgarish — birdan emas, tizimlilik orqali sodir bo‘larkan.

Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
2025/07/13 17:32:36
Back to Top
HTML Embed Code: