Telegram Web
⚡️Prezident qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi

Hujjat bilan shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq:

▫️Universitetga o‘qishga qabul qilish tanlov asosida, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ehtiyojini hisobga olgan holda har yili belgilanadigan kvotalar doirasida amalga oshirilib, ta'lim oluvchilarga o‘rnatilgan tartibda stipendiya (pul ta'minoti) to‘lanadi va moddiy ta'minot belgilanadi;

▫️Universitet kursantlarini kelgusida harbiy xizmat (xizmat) o‘tash uchun idoralararo taqsimlash ta'lim yo‘nalishlariga muvofiq bitiruv bosqichida amalga oshiriladi;

▫️Universitet bitiruv bosqichidagi kursantlarning faoliyat sohasi bo‘yicha stajirovkasi o‘qishni tamomlagandan so‘ng harbiy xizmat (xizmat) o‘tash uchun yuborilishi nazarda tutilgan bo‘linmalarda tashkil etiladi;

▫️Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchilari (xodimlari) mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida mutaxassislik fanlari bo‘yicha Universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish huquqiga ega;

▫️Universitet tomonidan Milliy gvardiya akademik litseylarining o‘quv-metodik jarayoni muvofiqlashtiriladi hamda ularga tizimli amaliy va axborot-resurs yordami ko‘rsatiladi;

▫️Universitetga o‘qishga kiruvchi abituriyentlarning antropometrik parametrlari Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga harbiy xizmat (xizmat)ga qabul qilish talablariga muvofiq tartibda tanlangan mutaxassislikka qarab belgilanadi;

▫️Universitetning ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida besh yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar harbiy xizmatchilar lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;

▫️Universitetning xizmatchilar uchun belgilangan professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tayinlanadigan pedagog xodimlar bilan shartnomalar bir yil muddatga tuziladi.

Qarorga asosan, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari ma'qullandi:

▫️Universitetga kunduzgi ta'lim shaklining bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha umumiy asoslarda yurisprudensiya, psixologiya va iqtisodiyot sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish;

▫️umumiy asoslarda kadrlar tayyorlashni to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish va bitiruvchilarga «zaxiradagi ofitser» harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplom berish.

DTM kanali👉 @imtihon
🔊Bizga kelgan ma‘lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha talabalari onlayn ta'limga o'tibdi.

🔴21-apreldan boshlab Islom Akademiyasi noma'lum muddatga qadar onlayn ta'limga o'tadi.

DTM Kanali👉
@imtihon
📌 Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli o‘quv jarayoni bugundan boshlab masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkaziladi.

DTM Kanali👉
@Imtihon
Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 27-28-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni esa 3-4-5-may kunlari o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (
my.dtm.uz sayti) orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

DTM kanali👉
https://www.tgoop.com/imtihon
Fanlar majmuasi-2021.pdf
993.4 KB
▪️⚡️Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.

Demak, bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball.

1. Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
2. Matematika15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
3. Oʻzbekiston tarixi15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

👉 1-fan30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.
👉 2-fan30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

DTM KANALI👉 https://www.tgoop.com/imtihon
❗️Prezidentning yoshlarga murojaati: muhim yangiliklar

🔹 Oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshga 4 yillik prezident stipendiyasi beriladi.

🔹 2 va undan ortiq farzandi oliy ta'lim muassasasida to'lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi.

🔹Respublikadagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

🔹 IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75 foizini to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

🔹 Ishsiz yoshlar tadbirkorlarga biriktiriladi. Yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozlar berilishi mumkin.

🔹 Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln dollar ajratiladi. Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

DTM | Kanaliga obuna bo'ling

https://www.tgoop.com/imtihon
Aprel oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-aprel kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida aprel oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

📆 Hujjatlarni qabul qilish 9-aprel kuniga qadar (9-aprel kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

📌 Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun
my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari 2021-yilning 1-yarim yilligi uchun so‘nggisi bo‘lib, mazkur imtihonlar 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng davom ettiriladi.

👉
@yangiliklar_dtmAprel oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-aprel kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida aprel oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

📆 Hujjatlarni qabul qilish 9-aprel kuniga qadar (9-aprel kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

📌 Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun
my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari 2021-yilning 1-yarim yilligi uchun so‘nggisi bo‘lib, mazkur imtihonlar 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng davom ettiriladi.

👉
https://www.tgoop.com/imtihon - kuzatib boring!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sayyor qabul

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan ko‘rib chiqish uchun sayyor qabullar o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar 2021-yil 20-21-22-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tashkil etiladi.

Xorazm viloyatida:

👉 20-aprel 11:00 da – Urganch shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonasida;
👉 20-aprel 14:00 da – Bog‘ot tumanidagi 3-umumta’lim maktabida;
👉 21-aprel 10:00 da – Xonqa tumanidagi 17-umumta’lim maktabida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida:

👉 21-aprel 15:00 da – Amudaryo tumanidagi 33-umumta’lim maktabida;
👉 22-aprel 10:00 da – Taxtako‘pir tumanidagi 10-umumta’lim maktabida
👉 22-aprel 16:00 da – Nukus shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

👉
https://www.tgoop.com/imtihon kanali
5_6199618994937267061.pdf
1.3 MB
Намунавий тест топшириқлари

📚Фан номи: Математика (русча)

Мазкур фандан тест синовлари апрель ойининг биринчи ўн кунлигида бўлиб ўтади.

Сафимизга қўшилинг:
👉 https://www.tgoop.com/imtihon
Forwarded from Xushnudbek.uz
Мажбурий блокдаги математика фани таркибида геометриядан саволлар бўладими?

Бу ҳақда абитуриентлардан кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Биз шу масала бўйича ДТМ билан боғландик ва қуйидагича жавоб олдик:

“Математика фанини геометриясиз тасаввур қилиб бўлмайди. Математика (мажбурий) фанидан тест топшириқлари геометрия фанининг давлат таълим стандарти ва ўқув дастурида (7-11-синфлар учун) берилган мавзулардан шакллантирилмайди. Лекин математика фани давлат таълим стандарти ва ўқув дастурида (5-6-синфлар учун) берилган геометрик материаллардан фойдаланилади ва тест топшириқлари шакллантирилади”.

Хулоса: демак, мажбурий блокдаги математика фанида 7-11-синфлар ўтиладиган геометрия фанидан саволлар бўлмайди. Лекин математикадан 5-6-синф дарсликларида келтирилган геометрияга оид мавзулардан савол бўлади.

Математика (мажбурий) фани таркибидаги тест топшириқлари қайси бўлимлардан шакллантирилиши ва бўлимларга мос намунавий тест топшириқлари билан мана бу ерда танишишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈
15.07.2021.pdf
1.5 MB
#Qabul2021 #Statistika
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 15-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 470 846 nafar.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 272 777 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 184 210 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 13 859 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 401 176 nafar;
👉 Rus tili – 55 166 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 12 670 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 834 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 16 235 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti – 15 707 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 15 111 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 14 938 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 14 311 nafar.

Imtihon kanali👇
@imtihon
@avlod21 da biznes darslar bor
www.tizimmarkaz.uz 👈 ga kirib ko'ring
2025/02/05 00:29:59
Back to Top
HTML Embed Code: