Telegram Web
❗️Migrantlarga yangi cheklov: qurilishga ishga kelganlar kur’yer yoki taksichilik qila olmaydi

Rossiyada mehnat migrantlariga cheklovlar o‘rnatish, diskriminatsiya qilish asosiy masalaga aylangan ayni kunlarda migrantlarni faqat bitta ish beruvchida ishlashga majbur qilishmoqchi.

«Izvestiya»ga ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.

Ushbu o‘zgartirishlar 2025-yilning ikkinchi choragida qurilish sohasida ishlay boshlaydi. Bu borada RF Qurilish vazirligi migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, mehnat migrantlari bitta ish beruvchida ishlashi kerak bo‘ladi. Uning patentida hozirgidek xodimning ixtisosligi emas, balki u ishlaydigan kompaniya ko‘rsatiladi.

Bundan Rossiyada qurilishda ishlashga kelganlarning kur’yer yoki taksi haydovchisi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zlangan.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлат бюджети.pdf
15.3 MB
“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (ilovalari bilan)

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qilib, kecha, 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida sodir bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi hamda jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚇 Toshkent metrosi bayram kunlari qanday ishlashi e’lon qilindi

28, 30, 31 dekabr kunlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha;

29-dekabr, 1, 2 yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha harakatlanadi.

4-yanvarda metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.

Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Qilichevning ta’kidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

O‘zbekiston hukumati ularga mamlakatda bo‘lish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan ta’minlanadi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida 1-o'rinda

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘li qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

"Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30 yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir”, dedi Prezident.

Aytilishicha, Koshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.

Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish masofasi va muddati bir necha ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yo‘lovchilarni muntazam tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌XALQARO PRESS KLUBNING "YIL SARHISOBI: ERISHILGAN NATIJALAR VA VAZIFALAR” MAVZUSIDA MAXSUS
SESSIYASI


⚡️2024-yil sinovlar, yangilanishlar va imkoniyatlar yili bo’ldi. Endi, sohalarda erishgan natijalarni sarhisob qilish payti keldi. Biz nimalarga erishdik, qanday qiyinchiliklarni yengib o’tdik va ertangi kunga qanday umidlar bilan qadam qo’yamiz?

⚡️2024-yilda ijtimoiy dasturlar va tashabbuslar qanchalik samarali bo’ldi?

⚡️Xalqning turmush darajasi
va ijtimoiy himoyasi
qanchalik yaxshilandi?

🔥Barcha savollarga javob bizning jonli efirimizda!

📺Bugun, 30-dekabr soat 11:15 da “O’zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling!

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning "YIL SARHISOBI: ERISHILGAN NATIJALAR
VA VAZIFALAR» mavzusidagi maxsus sessiyasi bo'lib o'tmoqda!


Jonli efirni "O'zbekiston 24" va bizning Youtube sahifamiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/live/SSphfqTcjxU?si=7o34ejzwsOBo2Dmv

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press klubning “Yil sarhisobi: erishilgan natijalar va vazifalar” mavzusidagi maxsus sessiyasidan fotolavha

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli obunachilar!

🎄Xalqaro press klub nomidan barchangizni Yangi yil bilan tabriklaymiz! Yangi yil hayotingizga baxt, sog’lik-salomatlik va yangi yutuqlar olib kelsin. Biz bilan birga bo’lganingiz uchun minnatdormiz!

-
Уважаемые подписчики!

🎄От имени Международного пресс клуба поздравляем вас с Новым годом! Пусть новый год принесет вам счастье, крепкое здоровье и новые достижения. Спасибо, что вы с нами!

-
Dear subscribers!

🎄On behalf of the International Press Club, we wish you a Happy New Year! May the new year bring you happiness, good health, and new achievements. Thank you for staying with us!

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/03 17:48:52
Back to Top
HTML Embed Code: