Telegram Web
Xalqaro press klub
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlanadi. 📱Kanalga…
Turizm sohasida ham katta ishlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion so‘m sarmoyasi bilan 24 ming o‘rinli mehmonxonalar ishga tushdi.

Kelgusi yilda mehmon o‘rinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trillion so‘m investisiya kiritishga tayyor.

Bu yil ishga tushgan 17 ta yirik savdo va turistik maskanga qo‘shimcha yana 25 ta shunday majmua qo‘shiladi.

Bo‘stonliqda 10 milliard dollarlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoni nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelayapti.

Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi.

Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi

Viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan norma va me’yorlarga muvofiqligi holati o‘rganib chiqiladi. Bu haqida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarning mas’ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.

Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi o‘quv markazida dastur asosida shartli ravishda o‘qitilishi ta’minlanadi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydi.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qilindi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy sunʼiy orolda joylashgan dunyodagi eng katta aeroport qurishni boshladi

Pekin sharqidagi sunʼiy orolda qurilayotgan 20 km.kv maydonni egallagan Dalian Bay xalqaro aeroporti 4 ta uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega boʻladi.

Maʼlumotlarga koʻra, aeroport yiliga 540 mingta reyslar orqali 80 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi, million tonna yuklar tashiladi. 4,3 milliard dollarlik loyiha 2035-yilda qurib bitkaziladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rahbarlari tuman (shahar) hokimi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan tashkilotlar ro‘yxati va viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangilangan namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent metropoliteni bayram kechasida uzaytirilgan tartibda ishlaydi.

"Toshkent metropoliteni" axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, metro faoliyati 31-dekabr 5:00 dan 1 yanvar 2:00 ga qadar davom etadi.

Ushbu tartib mahalliy aholi va poytaxt mehmonlariga qulaylik yaratish va bayram munosabati bilan jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish uchun rejalashtirilgan.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 dekabr kunlari o‘tadigan MDH va EOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH dollarining rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank 25-dekabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 909,80 soʻm (+7,80)
1 EUR 13 415,86 soʻm (-12,54)
1 RUB 129,09 soʻm (+1,49)

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonga olib kelingan elektromobillarning 99,5 foizdan ko‘prog‘i Xitoyga tegishli

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 22 223 ta elektromobil import qilindi. Ushbu avtomobillar uchun umumiy xarajat $215,3 mln. ni tashkil etdi, deb xabar berdi Statistika agentligi.

Xitoydan kelgan elektromobillar 22 122 tani tashkil qilib, umumiy importning 99,5 foizidan ortig‘ini egalladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining farzandlari Vatanga qaytarildi

"Dunyo" AA xabar berishicha, fuqarolarning farzandlari Mordoviyadagi Bolalar uyidan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qaytarishda diplomatlar, Ichki ishlar vazirligi va tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumanidagi "Askiya" bozori auksionda 225,6 mlrd so‘mga Xitoyning Cheng Ke-International kompaniyasiga sotildi

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda O‘zbekistonning tashqi qarz olishi mumkin bo‘lgan cheklangan limit $5 mlrd etib belgilandi.

Ushbu miqdordan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - $3 mlrd, investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - $2,5 mlrddan oshmasligi lozim.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Markaziy bank 26-dekabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 928,27 soʻm (+18,47)
1 EUR 13 462,21 soʻm (+46,35)
1 RUB 129,66 soʻm (+0,57)

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Migrantlarga yangi cheklov: qurilishga ishga kelganlar kur’yer yoki taksichilik qila olmaydi

Rossiyada mehnat migrantlariga cheklovlar o‘rnatish, diskriminatsiya qilish asosiy masalaga aylangan ayni kunlarda migrantlarni faqat bitta ish beruvchida ishlashga majbur qilishmoqchi.

«Izvestiya»ga ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.

Ushbu o‘zgartirishlar 2025-yilning ikkinchi choragida qurilish sohasida ishlay boshlaydi. Bu borada RF Qurilish vazirligi migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, mehnat migrantlari bitta ish beruvchida ishlashi kerak bo‘ladi. Uning patentida hozirgidek xodimning ixtisosligi emas, balki u ishlaydigan kompaniya ko‘rsatiladi.

Bundan Rossiyada qurilishda ishlashga kelganlarning kur’yer yoki taksi haydovchisi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zlangan.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлат бюджети.pdf
15.3 MB
“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (ilovalari bilan)

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qilib, kecha, 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida sodir bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi hamda jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚇 Toshkent metrosi bayram kunlari qanday ishlashi e’lon qilindi

28, 30, 31 dekabr kunlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha;

29-dekabr, 1, 2 yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha harakatlanadi.

4-yanvarda metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.

Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Qilichevning ta’kidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

O‘zbekiston hukumati ularga mamlakatda bo‘lish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan ta’minlanadi.

📱Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/23 06:30:01
Back to Top
HTML Embed Code: