Telegram Web
Sotuvlarni oshirishda yordam beradigan ABC analiz haqida eshitganmisiz?

ABC analiz mahsulotlarni A, B va C turga boʻlishni va shunga qarab ularni sotib olishni oʻz ichiga oladi.

Bunda A kategoriyadagi mahsulot eng ko‘p sotiladigan va eng ko‘p foyda olib keladigan mahsulot hisoblanadi.

C kategoriyadagi mahsulot bir oyda bir, 2 haftada bir martagina sotiladigan mahsulot bo‘lsa. B toifa sotilish bo‘yicha A va C toifaning o‘rtasidagi kategoriya hisoblanadi.

Biznesda ABC analizni qanday ishlatish kerak?

1. Mahsulotlarni toifalarga ajratish. Birinchi navbatda barcha mahsulotlarni A, B va C toifalarga ajratish kerak.

2. Oylik sotuvni aniqlash. Barcha toifadagi mahsulotlarni bir oyda qancha sotilayotganini aniqlash zarur.

3. Xaridni amalga oshirish. Oylik sotuvlardan kelib chiqqan holda mahsulotlarni xarid qilish lozim.

Agar sizda C toifadagi mahsulot yig‘ilib qolib, pullaringiz shu yerda muzlab qolgan bo‘lsa-chi? Unda nima qilamiz?

Bunaqangi vaziyatda C toifadagi mahsulotlarga chegirma e’lon qilib, ularni o‘z narxida sotish kerak bo‘ladi. Aks holda yangi mahsulot sotib olishga pulingiz yetmay qolishi mumkin.

Post foydali bo‘lgan bo‘lsa, reaksiya bildirishni unutmang. Yana qaysi mavzularda postlar xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Obuna bo‘ling: @Ilxombegimkulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Zamonaviy biznesda muvaffaqiyatga erishish strategiyalari” mavzusidagi seminarga tashrif buyuring!

🎯 Ilhom Begimqulov tomonidan tashkillashtirilayotgan ushbu seminarda biznesni tizimlashtirish va strategik boshqarish mavzulari koʻrib chiqiladi.

29-iyun kuni Hiltonda boʻlib oʻtadigan ushbu seminarga roʻyxatdan oʻtish 27-iyungacha tugallanadi.

🔥 Seminar 9:00 dan 13:00 gacha boʻlib oʻtadi. Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola ustiga bosing.

Murojaat uchun:
👩‍💻 @ibrokhimovna05
📞 +99897116-70-05
📞 +99893120-47-12
Nega biznes boshlashdan oldin biznesning qadriyatlarini belgilab olish shart?

Biznesda qadriyatlar juda muhimligining bir nechta sababi boʻlib, quyida bular haqida aytib oʻtamiz.

1. Qadriyatlaringiz boʻlmasa, xodimlaringiz sizda faqat pul uchun ishlashadi. Agar maqsadlaringiz, qadriyatlaringizni koʻrsatib bera olmasangiz, ular kompaniya bilan oʻzaro birlikni his qilishmaydi. Va yaxshiroq taklif boʻlishi bilan boshqa jamoaga oʻtib ketishadi.

2. Mijozlar sizni qadriyatlaringiz uchun yoqtirishadi. Kompaniyada halollik, rostgoʻylik kabi qadriyatlar boʻlsa, mijozlar brend bilan oʻzaro bogʻliqlikni his qilishadi va mahsulotlarni xarid qilishdan toʻxtashmaydi.

3. Yangi hamkorlar orttirish sizga oson boʻladi. Chunki siz oʻz qadriyatlariga ega brendsiz, siz bilan hamkorlik qilishsa, aldab ketishingizdan qoʻrqishmaydi.

Qadriyatlarni belgilab olish juda muhim, lekin ularga amal qilish undan-da muhim. Shuning uchun oʻzingiz bajara olmaydigan qadriyatni mijozga koʻrsatmaslik kerak.

Post haqida fikringizni izohlarga yozishni unutmang. Foydali boʻlgan boʻlsa, albatta reaksiya qoldiring!

Obuna boʻling: @IlhomBegimkulov
Nega biznesmen o‘ziga yordamchi olishi kerak?

Qariyb 5 yil davomida yordamchi olishni o‘zimga ep ko‘rmay, ortiqcha xarajat deb o‘ylab yurdim.

Lekin yordamchi olganimdan so‘ng tushundim-ki, har bitta biznesmenga ishlarini ishonib topshira oladigan inson kerak ekan.

Yordamchi olish siz uchun ham katta foyda keltirishi mumkin.

Avvalo, yordamchi vaqtni tejashga yordam beradi. Vaqtni tejash orqali o‘zingizning strategik maqsadlaringizga ko‘proq e’tibor qaratishingiz mumkin.

Yordamchi administrativ vazifalarni bajaradi, natijada esa biznesmenning muammolari kamayadi. Bu esa o‘z navbatida muhim qarorlar qabul qilish va kreativlikni oshirish imkonini beradi.

Yordamchi mijoz bilan aloqa qilishingizni osonlashtiradi. Natijada kompaniya imiji yaxshilanadi. Yordamchi orqali mijozlar savollariga tez va aniq javob oladi.

Yordamchi olish orqali biznesmen o‘zining stress darajasini kamaytirishi mumkin. Stressni kamaytirish orqali esa ish sifatini oshirish va salomatlikni yaxshilash mumkin.

Ayni shu sabablar tufayli sizlarga ham biznesmen bo‘lsangiz, yordamchi olishni tavsiya qilaman.

O‘ylab o‘tirmasdan, yordamchi olib, birga ishlab ko‘ring. Agar shunda ham bekorga xarajat qilyapman deb o‘ylasangiz, unda balki oldingi holatingizga qaytish to‘g‘ri bo‘lar.

Obuna boʻling: @IlhomBegimkulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xodim sifatida ishlaysiz va oʻz biznesingizni boshlamoqchisiz, nima qilish kerak?

🎯 Ishingizni tashlab, darrov biznesga oʻtib ketish kerakmi? Yoki ish bilan biznesni birga olib borish kerakmi? Biznes boshlash uchun kredit olish toʻgʻrimi?

⚡️ Yuqoridagi savollarning barchasiga videoda javob berdik. Koʻrib chiqing va albatta biznes ochishni istaydigan doʻstlaringizga ham ulashing.

Obuna boʻling: @IlhomBegimkulov
Sherikchilikda eng muhimi bu foydani boʻlishish emas...

400 000 $ ga yaqin qarzga kirganimda sheriklarimning hammasi meni tashlab ketdi.

Buning sababi esa, shartnomalarda qilgan xatoyim edi.

Sheriklar bilan foydani boʻlishishga kelishibmiz-u, zarar boʻlib qolsa kimni boʻyniga tushishi haqida gaplashmabmiz.

Oxir-oqibat hujjatlar mening nomimga boʻlgani uchun hamma zararni ham oʻzim qoplashimga toʻgʻri keldi.

Biz oʻzbeklar nimagadir har doim masalaning yaxshi tarafini oʻylaymiz.

Biznesimiz kengayib, daromad koʻpaysa foydani qanday boʻlishishning hisob-kitobini qilamiz-ku, lekin zarar boʻlib qolsa kim toʻlashini oldindan kelishib olmaymiz.

Natijada, mendagidek muammolar paydo boʻlishi mumkin.

Sizda ham ushbu muammo boʻlib qolishini istamasangiz, sheriklaringiz bilan albatta zararni kim toʻlashini ham kelishib oling.

Chunki biznes bu doim yaxshi daromad degani emas, oʻsishlar ham, qulashlar ham boʻlib turadi. Hamma vaziyatga tayyor turish kerak.

Bugungi post shu haqida edi, fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutamiz.

Obuna boʻling: @IlhomBegimkulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dollar narxi koʻtarilishi biznes bankrot boʻlishiga olib kelishi mumkin!

🎯 Yuqoridagi videoda dollar kursi koʻtarilganda zarar koʻrmaslikning 3 samarali usuli haqida aytib oʻtdik.

⚡️ Videoni koʻrib chiqing va foydali deb hisoblasangiz, albatta yaqinlaringizga ham ulashing.

Obuna boʻling: @IlxomBegimkulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biznes shpargalkasi” nomli kitobimni sotuvga chiqardim. Siz ushbu kitobni xarid qilish uchun izohlarda “+” belgisini qoldirsangiz sizga bog’lanishadi
Biznesmen kabi daromad topish uchun biznesmen boʻlish shart emas

Yaxshi pul topish uchun biznesmen odamga yanada koʻproq pul topishiga yordam berishning oʻzi yetarli.

Siz orqali qancha koʻp pul topilsa, sizning daromadingiz ham shuncha oshib boraveradi.

Biznesmenlar ichida yaxshi sotuvchilari yoʻqligi, yaxshi marketologlari yoʻqligi sababli topish mumkin boʻlgan bir qism pulni yoʻqotayotganlari juda koʻp.

Agar sizda bilim boʻlsa, yaxshi sotuvchi, yaxshi marketolog boʻlsangiz, biznesmenga xatolarini koʻrsatib, ularni toʻgʻrilashga yordam berib, evaziga yaxshi haq ham olishingiz mumkin.

Buning yana bir yaxshi tarafi oʻzingiz keyinchalik biznes ochmoqchi boʻlsangiz, shunga yaqin sohadagi biznesmen bilan ishlashingiz mumkin.

Siz unga yordam berasiz, evaziga haq olasiz.

Qolaversa, uning biznesi qanday ishlashini oʻrganib olib, keyinchalik oʻz biznesingizni qurishda bu bilimlarni ishlatsangiz ham boʻladi.

Post yoqqan boʻlsa, reaksiya bildirishni unutmang. Va albatta postni biznesmen boʻlishni istaydigan doʻstlaringizga ham ulashing.

Obuna boʻling: @IlxomBegimkulov
Biznes uchun qadriyatlar qanday belgilanadi?

Yuqoridagi postlarda qadriyatlar va ularni belgilab olish nima uchun muhimligi haqida gaplashgan edik. Bugun esa shu qadriyatlarni qanday toʻgʻri belgilab olish haqida aytib oʻtamiz.

1. Qadriyatlar tushunarli boʻlsin. Nafaqat sizga, balki xodimlar, hamkorlar va mijozlarga ham.

2. Qadriyatlarga amal qila oling. Siz faoliyatingiz davomida chindan ham amal qila oladigan qadriyatlarnigina biznesingiz uchun belgilab olishingiz maqsadga muvofiq.

3. Jamoa ham qadriyatlarga amal qilsin. Biznes qadriyatlarini jamoangizga ham tushuntirib, ular ham amal qilishlariga harakat qilishingiz kerak.

4. Gapirishning oʻzi yetarli emas. Qadriyatlar haqida aytib berishning oʻzi yetmaydi, ularni amalda koʻrsatish lozim.

Postni biznesga qiziqadigan doʻstlaringizga ham ulashing.

Obuna boʻling: @IlxomBegimkulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” bilan hamkorlik bitimi imzolandi!

🎯 Kompaniyalarimizdan biri boʻlgan “Asia Consult” va “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” oʻrtasida hamkorlik boshlandi. Kelishuv yoshlarga xorijiy universitetlarga oʻqishga kirish va oʻqish jarayonida yordam berishni oʻz ichiga oladi.

🔥 Endilikda “Asia Consult” orqali yoshlarimiz xorijdagi top oliygohlarga kirish va ta’lim jarayonida koʻmak olish imkoniga ega boʻlishadi.

Murojaat uchun: 555036100
Obuna boʻling:
@IlxomBegimkulov
Nega kredit olib biznes boshlamaslik kerak?

Aksariyat insonlar yetarlicha puli yoʻq boʻlsa, biznes boshlash uchun kredit olishga harakat qilishadi. Lekin bu koʻp hollarda notoʻgʻri hisoblanadi va bugun kredit olmaslik uchun 3 sababni aytib oʻtamiz.

1. Biznes muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Agar ilk marta biznes boshlayotgan boʻlsangiz, uning bankrot boʻlish ehtimoli juda yuqori. Agar kredit bilan boshlangan biznesda shunaqa boʻlib qolsa, juda katta miqdordagi qarz bilan qolib ketasiz.

2. Olingan kreditni foizi bilan toʻlash oson emas. Biznesingiz foyda keltirishni boshlasa ham, uni rivojlantirishning oʻrniga kredit foizlarini toʻlab yurishingizga toʻgʻri keladi. Sotuv yaxshi boʻlmay qolgan vaziyatlarda esa kreditni foizi bilan toʻlash yana ham qiyinlashadi.

3. Doimiy stressda boʻlasiz. Katta miqdordagi kreditingiz borligi sababli biznesda tavakkal qilishdan qoʻrqasiz va doimo oʻxshamay qolsa-chi degan xavotir bilan yashaysiz. Bu esa sizning samaradorligingizga salbiy taʼsir qiladi.

Ayni shu sabablar tufayli kredit olish xato hisoblanadi. Undan koʻra sheriklar yoki investor topishga harakat qilgan maʼqul.

Siz-chi? Kredit olishning yana qanday yomon taraflarini bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Murojaat uchun: 555036100
Obuna boʻling:
@IlxomBegimkulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy biznesmen nimalarni bilishi kerak?!

🎯 Bugungi rolikda biznesmen bilishi kerak boʻlgan 3 ko‘nikma haqida aytib berdik.

🔥 Post foydali boʻlgan boʻlsa, albatta doʻstlaringizga ham ulashing! Fikrlaringizni esa izohlarda kutamiz.

Murojaat uchun: 555036100
Obuna boʻling:
@IlxomBegimkulov
Nega biznesmen qonunlarni bilishi shart?!

Qonunlarni bilish biznes egasiga bir qator xatolarni sodir qilmaslikdan tashqari koʻplab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Shularning 3 tasi haqida bugun aytib oʻtamiz.

1. Biznesni himoya qilish va xatolarni kamaytirish. Oʻz huquqlari va majburiyatlarini bilish biznesmenga yuridik muammolarga yoʻliqmaslikda, oʻzining huquqlarini himoya qilishda va biznes yuritishda yoʻl qoʻyiladigan qonunbuzarliklarni kamaytirishda yordam beradi. Natijada sanksiya va jarimalarga uchrash ehtimoli kamayadi.

2. Resurslarni samarali boshqarish. Qonunlarni yaxshi bilgan biznesmen kompaniya resurslarini samarali boshqaradi, soliqlarni va xarajatlarni qonuniy yoʻl bilan kamaytirishga erishadi.

3. Xalqaro bozorga chiqish. Chet davlatlarda filial ochishda davlat qonunlarini bilish muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Chunki qonunlarni bilgan inson yangi muhitga oson koʻnikadi va muammolarga kam duch keladi.

Ayni shu sabablar tufayli biznesmen qonunlarni yaxshi bilishi kerak. Agar buning iloji boʻlmasa, qonunlarni yaxshi biladigan inson — huquqshunos yoki advokatni ishga olish ham mumkin.

Qonunlarni yaxshi bilmaslik tufayli yana qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin deb oʻylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Murojaat uchun: 555036100
Obuna boʻling:
@IlxomBegimkulov
Miyadagi chegaralarni olib tashlang!

Oʻzingizni chegaramaslik kerakligi, miyadagi baryerlarni olib tashlash zarurligi haqida koʻp eshitgan boʻlsangiz kerak.

Lekin qanday qilib fikrlashni chegaralamaslikni boshlab, dunyoqarashni kengaytirish mumkin?

Bugun ayni shu mavzuda yordam beradigan 5 usul haqida gaplashamiz.

1. Stereotiplardan qutuling. Jamiyatning fikrlariga va cheklovlariga eʼtibor bermang. Agar sizga kimdir qila olmaysan desa, odatda bu uning oʻzi qila olmasligini bildiradi, sizning emas.

2. Har kuni oʻqing va oʻrganing. Doimiy ravishda bilim olish va kitob oʻqish dunyoqarashni kengaytiradi.

3. Komfort zonadan chiqing. Haqiqiy oʻsish sizga noqulay muhitda keladi. Qiyin ishlardan qoʻrqmang.

4. Oʻzingizni ijobiy muhit bilan qamrab oling. Insonlar tomonidan qilingan buyuk ishlarga nazar soling, kimdir qila olgan boʻlsa, demak siz ham qilishingiz mumkin.

5. Xatolardan qoʻrqmang. Xatolar va omadsizliklar muvaffaqiyat yoʻlidagi har bir insonda boʻladi. Buni normal qabul qiling.

Shu kabi postlar koʻproq boʻlishi uchun izohlarda oʻz fikrlaringizni qoldirishni va postni doʻstlaringizga ham ulashishni unutmang.

Murojaat uchun: 555036100
Obuna boʻling:
@IlxomBegimkulov‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilhom Begimqulov tadbirkorlarga trening oʻtib berdilar!

🎯 Guliston shahrida tashkil etilgan “Investor — hayot uchun bilim” klubida Ilhom Begimqulov tadbirkorlarga trening oʻtib, oʻz bilimlarini ulashdilar.

🔥 Koʻplab biznesmenlar qatnashgan ushbu tadbir juda qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi. Lavhalar bilan yuqoridagi rolikda tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun: 555036100
Obuna boʻling:
@IlxomBegimkulov
💛💛💛

Sen avval oʻzingni oʻzgartir

Soʻng oilangga eʼtibor ber

Keyin atrofingdagi insonlarni tuzat

💡 Ana shunda asta-sekin butun dunyo oʻzgara boshlaydi!

https://ilxombegimkulov.uz/business-academy
"Яхши бизнес раҳбарлари дунёқарашни яратадилар, ўз қарашларини баён қиладилар, ғайрат билан ўз қарашларига эгалик қиладилар ва уни қатъият билан охиригача етказадилар."
©Жек Уэлч

"Раҳбарлар ечимлар ҳақида ўйлашади ва муҳокама қиладилар. Издошлар эса муаммолар ҳақида ўйлашади ва гаплашишади."
©Брайан Трейси

"Буюк лидерлар деярли ҳар доим ажойиб соддалаштирувчилардир, улар баҳс-мунозара ва шубҳаларни енгиб, ҳар ким тушуниши мумкин бўлган ечимни таклиф қилади. ”
©Колин Пауэлл

https://www.tgoop.com/Ilxombegimkulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/11 09:40:30
Back to Top
HTML Embed Code: