Telegram Web
Amaliy mashg‘ulotlar xizmatda yaxshi samara beradi

Uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasida xizmat olib borayotgan nazoratchi-kinolog tomonidan xizmat itlaridan samarali foydalanish maqsadida, xizmat itlari bilan muntazam ravishda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Xizmat itlari bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotda, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday xavf xatarlarni aniqlash va ularni barvaqt oldini olishga erishiladi.

IIVJIED
Uchinchi mintaqaviy hudud 30-son manzil koloniyasida faoliyat olib boruvchi xodimlarning saf ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda shaxsiy tarkib bilan formali-kiyim boshni kiyib yurish tartibi qoidalarga rioya qilish va fuqarolar ongida ichki ishlar organlariga qo‘yiladigan yuksak insoniy va kasbiy fazilatlarni o‘zida mujassam ettirishni targ‘ib qilish maqsadida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari tashkil etildi.

IIVJIED
XODIMBAY ISHLASH TIZIMI DAVOM ETTIRILMOQDA

To‘rtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasi tarbiyaviy ishlar bo‘linmasi boshlig‘i mayor Karomov Kamol Bahodirovich, markaz katta psixologi katta leytenant O‘rinov Shahzod Quzi o‘g‘li va koloniya jismoniy va jangovar tayyorgarlik guruhi katta inspektor kapitan Xolmonov Samandar Shokir o‘g‘li bilan "Xodimbay" ishlash yo‘nalishi bo‘yicha koloniya boshlig‘ining yordamchisi -smena boshlig‘i mayor Nurmatov Muzaffar Batirovichning yashash xonadonlari va oilaviy sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish davomida xodimlarning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib muammolari mavjudligi o‘rganildi hamda oila a’zolariga ichki ishlar organlari xodimlariga davlatimiz tomonidan yaratilgan shart sharoitlar, ijtimoiy himoya va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

IIVJIED
Xodimlarning bilim saviyasi oshirilmoqda

Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

IIVJIED
XODIMBAY ISHLASH TIZIMI DAVOM ETTIRILMOQDA

To‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish koloniyasida Tashkiliy bo‘lim navbatchilik qismi katta-inspektor navbatchi mayor U.Xayitovning  yashash xonadonlari va oilaviy sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish davomida xodimning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib muammolari mavjudligi o‘rganildi hamda oila a’zolariga ichki ishlar organlari xodimlariga davlatimiz tomonidan yaratilgan shart sharoitlar, ijtimoiy himoya va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

IIVJIED
To‘rtinchi mintaqaviy hudud 10-son jazoni ijro etish koloniyasi shaxsiy tarkibi xodimlarini bilim saviyasini oshirish maqsadida, 2025-yil 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi Ma’naviyat shuba mudiri Yuldoshev Elbek ishtirokida “Ma’naviyat tushunchasi nima” hamda “Ma’naviyat va ma’rifat uyg‘unligi” mavzularida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada “Ma’naviyat va ma’rifat uyg‘unligi o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixi davrida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelganligi, chunki, qadim-qadimdan O‘zbekiston sivilizatsiyasining asosi, poydevorini ma’naviyat, ma’rifat va axloq qadriyatlari tashkil etganligi va bu tushunchalarni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmasligi to‘g‘risida o‘zining tushunchalarini shaxsiy tarkib xodimlariga yetkazdi.

IIVJIED
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To‘rtinchi mintaqaviy hudud 5-son jazoni ijro etish koloniyasida xodimlarning oila a’zolari bilan suhbatlashib "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi

IIVJIED
To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi kadrlar bilan ishlash guruhi katta inspektori mayor S.Nosirov, kapitan SH.Eshmurodovlar tomonidan 2-3-son jazoni ijro etish koloniyasida faoliyat olib boruvchi xodimlarning Saf ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda shaxsiy tarkib bilan formali-kiyim boshni kiyib yurish tartibi qoidalarga rioya qilish va fuqarolar ongida ichki ishlar organlariga qo‘yiladigan yuksak insoniy va kasbiy fazilatlarni o‘zida mujassam ettirishni targ‘ib qilish maqsadida, IIVning 2019-yil 08-avgust kundagi 232-sonli buyrug‘i talablari asosida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Saf ko‘rigi davomida xodimlarning formali kiyim boshni kiyib yurish tartibi, xizmat guvohnomalari mavjudligi, yonida olib yurishi lozim bo‘lgan, barcha vositalari tekshirildi.Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha xodimlardan tushuntirish xatlari olinib, shaxsiy yig‘ma jildlariga biriktirildi.

IIVJIED
"Xodimbay"  ishlash tizimi davom etmoqda

Beshinchi mintaqaviy hudud 36-son manzil koloniyasi kanselyariya boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelayotgan xodim safdor Hamrayev Ozodjon oilaviy sharoiti IIVning buyruq talablari asosida "Xodimbay" ishlash tizimi bo‘yicha koloniya KBIG hamda xizmat rahbari tomonidan o‘rganildi.

Shuningdek, ularga ichki ishlar organlari xodimlariga berilayotgan imkoniyat , imtiyoz va ijtimoiy himoya turlari va foydalanish tartiblari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

IIVJIED
Koloniyada navbatdagi sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Beshinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Saurov ishtirokida mintaqa tasarrufidagi 36-son manzil koloniyasi shaxsiy tarkibi bilan 2024-yil yakuni bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida o‘tgan davr mobaynida xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

IIVJIED
Xodimabay ishlash yo‘nalishida

To‘rtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida xizmat olib borayotgan xodimlarni kundizgi va tungi xizmat joylari tekshirildi.

Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinib, kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

IIVJIED
"XODIMBAY" ishlash tizimi bo‘yicha xodimlarning yashash sharoiti o‘rganilmoqda

To‘rtinchi mintaqaviy hudud, 33-son Manzil koloniyasi shaxsiy tarkibining koloniya boshlig‘ining MMIB o‘rinbosari va tartibot bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan "Xodimbay" ishlash yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida xodim va uning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, muammolari mavjudligi o‘rganildi hamda uning oila a’zolariga ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan ijtimoiy himoya va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirish berildi.

IIVJIED
2025/02/05 23:19:29
Back to Top
HTML Embed Code: