Xorazm viloyat futbol maktabida 2016-2017-yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida "Kelajagimiz umidlari" musobaqasi o'tkazildi.
https://www.tgoop.com/KhorezmFootballAssociation

Toshkentda ayol hakamlar uchun FIFA seminari boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu seminarda 24 nafar ayol hakam – 8 nafar bosh hakam, 11 nafar yordamchi hakam va 5 nafar “Hakamlar akademiyasi” tinglovchilari ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ayol hakamlarning futboldagi oʻrni tobora kuchayib borayotganini taʼkidladi. U har bir hakam oʻz ustida doimiy ishlashi, chet tillarini oʻrganishi lozimligini taʼkidladi. Shunda ular zamonaviy hakam sifatida shakllanishi mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, seminarda ishtirok etayotgan hakamlar FIFA instruktorlari Rodzali Yakub Muhammad, Ali Traifi va rossiyalik tajribali ayol hakam Anastasiya Pustovoytova tomonidan berilayotgan tavsiyalarni diqqat bilan tinglashi, faol qatnashishi va savollar orqali oʻz malakalarini oshirib borishi muhimligi aytib oʻtildi. Ravshan Irmatov barcha ishtirokchilarga seminar davomida omad tiladi.
Maʼlumot uchun, seminar 30-iyunga qadar davom etadi.