Telegram Web
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
E’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:

💻 Kompyuter dasturlari:

1️⃣. Straighforward Macmillan Beginner;
2️⃣. Straighforward Macmillan Elementary;
3️⃣. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
4️⃣. Straighforward Macmillan Intermediate;
5️⃣. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
6️⃣. Straighforward Macmillan Advanced;
7️⃣. Basic Grammar in Use, Third Edition;
8️⃣. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
9️⃣. ABBYY Lingvo x5 Pro / x6 Pro;
🔟. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.

📱Mobil ilovalar:

1️⃣. Duolingo;
2️⃣. Drops;
3️⃣. Memrise;
4️⃣. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar.

💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:

Uz-En, En-Uz lug‘at;
O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
Bu shunchaki imtihon!
Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
“Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
🔖 IELTS va TOEFL nima farqi bor?
Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?.

🤝 Hamkor kanal: @itspecuz

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kompyuter Savodxonligi kursi ustozlar uchun kerakmi?
#tavsiya

ℹ️ Yaqinda e'lon qilgan kursimizni xarid qilish bo'yicha bir qancha informatika yoki kompyuter bo'yicha dars beruvchi ustozlar aloqaga chiqishgandi. Ularning asosiy maqsadi kompyuterni o'rganish emas (chunki kursda berilgan ko'p narsani ular allaqachon bilishsa kerak), o'zining dars o'tishi uchun o'quv rejasini boyitish edi. Men esa ularga kurs o'zlari uchun zerikarli bo'lishini aytib, "bu yo'ldan qaytardim".

👨‍🏫 Informatika yoki kompyuter bo'yicha dars beruvchi ustozlarga va boshqa barchaga kompyuter savodxonligi bo'yicha o'quv dasturimni hamma uchun ochiqligini eslatib qo'ymoqchiman. Uni yuklab olib, kerali jihatlarini o'zingizni ta'lim berishingizda bemalol qo'llashingiz mumkin. Faqat mavzularni tanlashda dars beriladigan auditoriya va o'quvchilarga nima kerakligini unutmang (masalan, ustozlarni malakasini oshirish uchun dars o'tsangiz ularga ko'proq internet va ofis dasturlari bilan ishlashni o'rgatgan ma'qul; maktab o'quvchilariga esa ofis dasturlarini yengilroq, boshqa qiziq sohalardan ko'proq ma'lumot berish kerak va h.k).

📄 Kompyuter Savodxonligi kursimizning o'quv rejasi: Onlayn I PDF holatida yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ofis Darslar
Word dasturida ishimizni osonlashtiradigan 40 mohirlik.pdf
4.6 MB
🎁 Word dasturida ishimizni osonlashtiradigan 40 mohirlik

😎 Word dasturida ishlashimizda bizga ko'mak beradigan 40 ta mohirlikni o'rganishimiz uchun qo'llanma. Videosini tez kunlarda botga yuklaymiz.

🎯 Ushbu qo'llanma va videodarsni sotish maqsadida tayyorlayotgan edim, lekin tekinga tarqatishim kerak deb o'ylab qoldim.

📇 @OfisDarsBot
Assalomu alaykum akademiklar!

Kecha uyga qaytishda probkada ancha turib qoldik va bir narsani o'ylab tezda kanal ochishga qaror qildim. Har kuni ish yoki loyihalarim sababli bir nimalar o'rganaman yoki tajriba olaman. O'zi ishim quyosh panellariga bog'liq bo'lishiga qaramasdan ishda ham IT ga oid juda ko'p narsalar bilan shug'ullanaman, undan tashqari kanal va loyihalarim uchun turli maqola, videolar ko'rib turaman. Qisqa qilib aytganda Alloh vaqtimga baraka bergan kuni zerikishga vaqt qolmaydi, zerikarli kunlar ham kam kuzatiladi.

Shunday ilm yoki tajribalarimni "issig'ida" sizlar bilan ulashish maqsadida bir kanal ochdim, kirib ko'riylar, yoqsa kuzatib borarsiz. Nasib qilsa men olgan tajribalardan hayotingizda qo'llaysiz, xatolarimdan ehtiyot bo'lasiz.

👉 @Maxmudovning_tajribasi
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz!
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Kompyuterni sekin ishlashiga yoki qotishiga bir qator sabablar bo'lishi mumkin. Har bir kompyuter uchun tezlashtirish metodi turlicha bo'ladi.
📌 Lekin bugungi darsda barcha kompyuterlarni tezlashtirishi mumkin bo'lgan 3 usulni qo'llashni o'rganamiz!

🛠 Bu usullardan foydalanishda hech qanday qo'shimcha dastur kerak emas. Ular quyidagilar:
1⃣ "Рабочий стол" ni tozalash
2⃣ Keraksiz dasturlarni o'chirish
3⃣ Avtozagruskadan ortiqcha dasturlarni olib tashlash

Natijani aytishni unutmang, shunga qarab darsni keyingi qismlarini tashkil etamiz 😉

▶️ YouTube da ko'rish

: 07:10 💾: 14.3 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Schools L1.pdf
3.5 MB
Oxford Read and Discover
#English

🇬🇧 Ingliz tilini o'rganishda o'qishni ahamiyati kuda katta hisoblanadi. Sizlarga taqdim etayotgan kitoblarni ingliz tilini endi boshlaganlar va birozgina o'rganib qo'yganlar o'qib chiqishlari mumkin.

Juda sodda va mazmunli kitoblar. Bitta namunasini ko'rish uchun kanalga joylayapman. Qolganlarini quyidagi havolalardan yuklab olasiz:

👉 Level 1

👉 Level 2

👉 Level 3

👉 Level 4

👉 Level 5

👉 Level 6

😉 Fayllar arxiv holatda, koʻpini ichida audiosi ham bor. Level kattaygani sari qiyinroq boʻlib borgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ofis Darslar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Excelchilar uchun kerakli ko'nikmalar (1-dars)

ℹ️ Ushbu darsimizda quyidagi mohirliklarni oʻrgandik:
• Tepadagi qatorni "qotirib qoʻyish";
• Bir nechta variantlarni beruvchi menyu tayyorlashni;
• Kerakli belgi yoki soʻzlarni sanash funksiyasi: countif (счётесли).

: 05:26 💾: 21.7MB (1080p)

📇 @OfisDarsBot
Forwarded from Maxmudovning Tajribasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Real vaqtda rasm yaratish
#manba / #AI

👉 krea.ai - saytiga kirib pastdagi promt (buyruq) qismiga o'zingiz xohlayotgan rasmni tarifini ingliz tilida yozasiz, sayt esa sizga ayni vaqt oralig'ida rasmlarni chizib turadi. Oxirida natijani yuklab olishda ham muammo bo'lmaydi.

😁 Rasmdagi qiz bizni kursimiz e'lonini ko'rib xursand bo'lib ketibdi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Klaviaturadagi FN tugmasi bilan tanishamiz
#klaviatura

⌨️ FN “Function” (Funksiya) degan so'zning qisqartmasi bo‘lib, ko‘pchilik noutbuk va ba’zi klaviaturalarda topiladi. Uning asosiy vazifasi – klaviaturadagi boshqa tugmalar bilan birgalikda turli funksiyalarni bajarishdir. FN tugmasi turli qisqa yo‘llar va klaviatura mohirliklarini amalga oshirish imkonini beradi. Bunday kombinatsiyalar ko‘pincha multimedia va tizim sozlamalariga kirish, noutbuk ekran yorqinligini sozlash, ovozni boshqarish va boshqa foydali funksiyalar uchun qo‘llanadi.

🎯 FN tugmasining asosiy kombinatsiyalari
FN tugmasi ko‘pincha yuqori qator tugmalari bilan (F1–F12) yoki boshqa maxsus tugmalar bilan ishlaydi. Quyida ayrim umumiy kombinatsiyalar va ularning amaliy vazifalari keltirilgan:

👇 FN + F1–F12: Noutbuk modeliga qarab, bu kombinatsiyalar quyidagilarni bajarishi mumkin:
- F1: Yordam oynasini ochish
- F2: Fayl nomini o‘zgartirish
- F3: Qidiruv funksiyasini ishga tushirish
- F4: Joriy oynani yopish
- F5: Brauzer yoki faylni yangilash
- F6: Kursorni manzil satriga ko‘chirish (brauzerda)
- F7–F12: Multimediya boshqaruvi (muzika, ovoz, video)

2. FN + Yorqinlik tugmalari: Ekran yorqinligini sozlashga xizmat qiladi. Masalan, FN + F5/F6 yorqinlikni pasaytiradi yoki oshiradi.

3. FN + Ovoz boshqarish tugmalari: Ovoz balandligini boshqarish yoki ovozni o‘chirish mumkin. Odatda FN + F2/F3 bilan amalga oshiriladi.

4. FN + Touchpadni o‘chirish: Ba’zi noutbuklarda touchpadni vaqtincha o‘chirish imkoniyati mavjud. Bu imkoniyat asosan matn yozayotgan vaqtda tasodifiy kursor harakatini oldini olish uchun qo‘llaniladi.

5. FN + Uyqu rejimi: Noutbukni tezkor uyqu rejimiga o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, FN + F4 bu rejimga o‘tishga yordam beradi.

😢 Sizda Fn tugmasi ishlamayaptimi?
Agar Fn tugmasi ishlamasa yoki kombinatsiyalar to‘liq funksiya bermasa, bu muammo drayverlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda quyidagi choralarni amalga oshirish foydali bo‘ladi:
- Drayverlarni yangilash: FN tugmasi ko‘pincha drayver dasturlariga bog‘liq. Ishlab chiqaruvchi rasmiy saytidan drayverni yangilash FN tugmasini qayta ishlashga yordam berishi mumkin.
- BIOS sozlamalarini tekshirish: Ba’zi noutbuklarda FN tugmasining ishlashi BIOS yoki UEFI menyusida boshqarilishi mumkin. Agar FN tugmasi noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, BIOSni qayta sozlash yoki tekshirish kerak bo‘ladi.

🤔 Menimcha Fn funksiyasi bilan to'liq tanishib oldik, hammada har xil kompyuter bo'lgani sababli Fn tugmasini boshqa tugmalar bilan kombinatsiyasi turlicha natija berishi mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu dasturlardan kechaylik...
#dastur / #tavsiya

ℹ️ Shu kunga qadar kanalga 500 dan ortiq dastur yuklanibdi. Hozirgi kunga ulardan baʼzilarini umuman ishlatmaslik kerak, bunga sabab esa ular kerakli natijani bermayotgani deyish mumkin.

Oldinroq ham bir qancha dasturlardan kechishni tavsiya qilgandik. Quyidagi dasturlardan kechishni va oʻrniga boshqasini ishlatishni tavsiya qilaman:

🚫 DriverPack Solution Online - oldin ham shu dasturni ishlatmaylar degandim. Sababi drayverlarni yangilash davomida kompyuteringizga bir qancha keraksiz dasturlarni o'rnatadi. Uning o'rniga esa DriverHub yoki DriverBooster'lardan birortasini ishlatishingiz mumkin. Umuman olib qaraganda drayverlarda muammo bo'lsagina o'rnating, unda ham rasmiy saytidan olgan ma'qul.

🚫 Translit - Word dasturi uchun kirill 🔄 lotinga aylantirish vazifasini bajarar edi, lekin ko'pchilikda (o'zimda ham) izohda keltirilgan muammoni chiqarishi va dastur to'liq ishlamasligi sababli bu dasturdan ham kechishni tavsiya qilaman. Uning o'rniga savodxon.uz ga tegishli dasturlarni ishlatishingiz mumkin.

Kanalga biror dasturni yuklashda imkon qadar tekshirib, keyin yuklayman. Kanaldan olingan dasturni o'rnatishda muammo kelib chiqsa katta ehtimol bilan antivirusni o'chirmaganingiz sababchi bo'ladi.

🤔 Ancha mashhur, lekin ishlatmasligimizni tavsiya qiladigan dasturlarni bilasizmi? Tajribangizni biz bilan bo'lishing.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Offline Explorer Enterprise 8.6.0.4984.exe
99 MB
Offline Explorer Ent. (x86/x64) v8.6.0.4984 - saytni to'liq yuklaymiz!
#dastur / #internet

ℹ️ MetaProducts Offline Explorer Enterprise - bu dastur sizga alohida fayllarni va butun veb-saytlarni (HTTP, FTP va HTTPS) qattiq diskingizga yuklab olish imkonini beradi va ularni keyinchalik alohida kompyuterda ham, oflayn rejimda ham ko'rish imkonini beradi.

⚠️ Crack papkasidagi faylni dastur o'rnatilgan joyga tashlash orqali dastur aktivatsiya qilinadi. Yuklash va o'rnatish payti antivirus o'chiq bo'lishi shart!

💾: 98.9 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bepul wi-fi lardan foydalanish xavflimi?
#tavsiya / #xavfsizlik

ℹ️ Ishxonalar, turli kafe va odam gavjud joylarda ko'pincha bepul wi-fi bo'ladi, ya'ni hech qanday parol termasdan tarmoqdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Biroq bunday tarmoqlarda turli xavflar mavjudligi bo'yicha mutaxassislar doimo ogohlantirishadi, bugun shu mavzuga batafsil to'xtalamiz.

Bepul Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish ayrim xavflarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar odatda himoyasiz bo‘ladi va ular orqali yuborilayotgan ma’lumotlar hujumchilar tomonidan oson kuzatilishi yoki o‘g‘irlanishi mumkin. Quyida bepul Wi-Fi tarmoqlarining asosiy xavflari va himoyalanish choralariga qisqacha to‘xtalgan.

Bepul wi-fi tarmoqlaridagi xavflar:
1. Ma’lumotlarni o‘g‘irlash (Sniffing): Hujumchilar Wi-Fi tarmog‘iga ulanish jarayonida foydalanuvchi yuborayotgan yoki qabul qilayotgan ma’lumotlarni maxsus dasturlar yordamida kuzatishi mumkin. Bu orqali ular login, parol va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

2. Soxta tarmoqlar (Evil Twin): Ba’zi hollarda hujumchilar haqiqiy Wi-Fi tarmoqlarining nomiga o‘xshash soxta tarmoqlar yaratadilar. Foydalanuvchi bu tarmoqqa ulanishi bilan uning barcha ma’lumotlari hujumchi qo‘liga o‘tadi.

3. Zararli dasturlarni tarqatish: Ba’zi bepul Wi-Fi tarmoqlar orqali zararli dasturlarni tarqatish ham mumkin. Agar foydalanuvchi ushbu tarmoq orqali dasturlarni yuklab oladigan bo‘lsa, tizimiga zararli kodlar tushishi ehtimoli bor.

4. O‘rtadagi hujumlar (Man-in-the-Middle): Hujumchi bepul Wi-Fi tarmog‘i orqali foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlab yoki o‘zgartirib, foydalanuvchi xabardor bo‘lmagan holda ular bilan o‘zaro bog‘lanadi.

Bepul wi-fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish yo'llari:
1. VPN dasturlaridan foydalanish: Virtual Xususiy Tarmoq (VPN) orqali Wi-Fi ulanishlarni shifrlash va hujumchilardan ma’lumotlarni himoya qilish mumkin. VPN ulanish orqali yuborilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlar shifrlanadi va bu kuzatuv yoki o‘g‘irlik xavfini kamaytiradi.

2. HTTPS protokoliga e’tibor qaratish: Internetdagi har qanday saytga kirganda uning manzili "HTTPS" bilan boshlanishiga e’tibor qaratish kerak. HTTPS shifrlangan aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi va ma’lumotlarning himoyalangan holda uzatilishiga yordam beradi.

3. Shaxsiy ma’lumotlarni yuborishdan saqlanish: Bepul Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanganda, login, parol yoki bank ma’lumotlarini yubormaslik tavsiya etiladi. Bu kabi ma’lumotlar faqat ishonchli va shifrlangan tarmoqlarda yuborilishi kerak.

4. Avtomatik ulanishni o‘chirish: Ko‘plab qurilmalarda mavjud bo‘lgan avtomatik ulanib olish funksiyasini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Bu qurilmaning noma’lum yoki xavfli tarmoqlarga ulanish ehtimolini kamaytiradi.

5. Antivirus dasturlaridan foydalanish: Qurilmangizni antivirus dasturlari bilan himoyalang. Antiviruslar zararli dasturlarni aniqlab, tizimni himoya qiladi va zararli faoliyatlarni kuzatib boradi.

😎 Mening tavsiyam esa imkon qadar bunday tarmoqlardan foydalanmang: "Och qornim, tinch qulog'im"

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sotib olsak qanchaga tushadi?
#dastur / #info

ℹ️ Har kuni ishlatadigan dasturlarimizning ko'pchiligi crack hisoblandi, crack dasturini ishlatish esa dastur yaratuvchilarining haqqiga hiyonat qilish deganidir. O'zi biz ishlatadigan (crack) dasturlar aslida qancha turadi?

Bu bo'yicha kichik izlanishim natijasini sizga taqdim etaman:
• Windows 11 Pro - $199
• Microsoft Office 2021 - $249.99
• Adobe Photoshop - $22.99/oy
• Movavi Video Editor - $44.93
• AutoCAD 2025 - $2030/yil
• Bandicam - $44.96
• Adobe Acrobat Pro - $19.99/oy
• ABBYY Finereader - $16/oy
• 3DS MAX 2025 - $1875/yil
• WinRAR - $29
• NOD32 - 395 802 so'm/yil

💰 Bu rasmiy saytidan olingan narxlar, boshqa do'konlardan arzonroqqa ham topish mumkin. Bundan tashqari ba'zi dasturlarni "оптом" olish qulayroq narxga xarid qilishga sabab bo'lishi mumkin, masalan, Adobe oilasiga tegishli bir qancha dasturlarni birdaniga olish ancha arzonroqqa tushadi.

🤔 Ushbu ro'yxatga qaysi dasturlarni qo'shilishini istaysiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kursda faqat Excel o'rgatiladimi? degan savolga javob sifatida Sheets bo'yicha amaliy darsimizda tayyorlagan bir faylimizni ko'rsatmoqchiman.

Ushbu darsimizda Excel'da yo'q yoki ishlatish qiyin bo'lgan funksiya va imkoniyatlardan foydalanib loyihamiz bo'yicha ma'lumotnoma jadvalini tuzgan edik. Ushbu listda loyihalarni kiritib ketaverasiz, Foydali loyihalar joyida esa eng ko'p daromad keltirgan loyihalar top reyting holatida avtomatik yangilab boriladi.

Ushbu qilingan ish qiyin ko'rinishi mumkin, lekin bunday hujjatlarni siz ham tayyorlay olasiz 😉

💽 Faylni o'zini ushbu havoladan yuklab olsangiz bo'ladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maxmudovning Tajribasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmlarni jonlantirish
#manba / #media

👇 Quyida berilgan saytlar yordamida videodagidek rasmlarni "jonlantirish"ingiz mumkin.

👉 https://arphoto.ru/

👉 https://stories-ar.com/

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/16 03:11:44
Back to Top
HTML Embed Code: