Telegram Web
Nazarimda, darvozabonga hujumdan ham ko‘ra, bosh hakamga "hujumi" va bir nimalar degani diskvalifikatsiya uchun jiddiyroq sabab bo‘lishi mumkin.

Lekin hech qanaqasiga 12 ta o‘yinlik diskvalifikatsiyaga ishonmayman. Peres bunga yo‘l qo‘ymaydi 😅😉
🤯Bu yana "Real"ning o‘yinida yuz berdi...

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Kubokda syurprizlarsiz🏆

Deyarli barcha juftliklarda favoritlar g‘alaba qozondi.

"Barbastro" - "Barselona" 0:4
"Marbelya" - "Atletiko Madrid" 0:1
"UD Logronyes" - "Atletik Bilbao" 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🫷"Real"ga van Deyk xizmatlarini taklif qilishdi, lekin...

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk agentlari futbolchini "Real"ga 2025-yil yozida o‘z safiga qo‘shib olishni taklif qilgan.

Aynan yozda van Deykning "qizillar" bilan shartnomasi yakuniga yetadi va erkin agentga aylanadi.

Niderlandiyalik futbolchining vakillari "Madrid" himoyasidagi jarohatlar bilan bog‘liq muammolarni inobatga olib, mazkur so‘rovni yuborishgan. Biroq "qaymoqranglilar" mazkur taklifni rad etgan.

Ta’kidlanishicha, "Real" jamoaga ko‘proq mos tushadigan boshqa profilga ega futbolchilar foydasiga van Deyk variantiga qiziqmagan. Qo‘shimchasiga, "Madrid" o‘yinchining 33 yoshdaligi tufayli ham tavakkal qilishni istamagan.

Bundan tashqari, "Real" hozirgi markaziy himoyachilari Antonio Ryudiger, Eder Militao, David Alaba va Raul Asensioga ishonadi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
"Barselona" Rafinyani sotib yubormoqchi, chunki... 🤯

Kataloniya klubi aynan shu yo‘l bilan moliyaviy vaziyatini o‘nglab olishni niyat qilgan.

Rafinyaning 2027-yilgacha shartnomasi mavjud. Bundan tashqari braziliyalik vinger jamoaning muhim futbolchilaridan hisoblanadi va joriy mavsum 25 uchrashuvda 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Shunga qaramay, katalon klubi futbolchi transferi orqali 80 million yevro ishlab olishi mumkinligi haqida o‘ylamoqda. Ushbu pullar keyinchalik jamoa tarkibini kuchaytirish uchun sarflanadi.

Futbolchiga ehtimoliy xaridor sifatida Londonning "Chelsi" klubi tilga olinmoqda.

O‘z navbatida, "Barselona" esa vaziyat iziga tushgach, Niko Uilyams yoki Jamal Musialani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manba: Fichajes

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Forwarded from Championat.asia
🤑 "Соққа қилишни" "Реал"дан ўрганинг!
https://championat.asia/uz/news/377710

@championatasia
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ispaniya Superkubogi ⚡️

Saudiya Arabistoni, yarim final va "Barselona" bugun "Atletik Bilbao"ga qarshi maydonga tushadi!

Shaxsan men murosasiz kurashlarga boy, qiziqarli bellashuv kutyapman. Qog‘ozda "Barsa" favorit, ammo "Atletik" ham hozir yaxshi formada.

Ernesto Valverde "Barselona"ga, Niko Uilyams esa Yamal "Barsa"ga qarshi ⚔️

🎞 Videoda esa "ko‘k-anorranglilar"ni kutib olish jarayoni aks etgan. Musiqaga nechchi? Bilsangiz, haydalish kuyini chaling dermidi? 😅

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Ispaniya Superkubogi. "Atletik Bilbao" — "Barselona"🔥

Jamoalar uchrashuvni mana shunday tarkiblarda boshlaydi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
"Barselona" ishonchli g‘alabaga erishdi va finalga yo‘l oldi!

🏆 Ispaniya Superkubogi
"Atletik" 0:2 "Barselona"

Gollar: Gavi (17`), Lamin Yamal (52`)

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Ertaga, ikkinchi yarim finalda "Real Madrid" "Malyorka" bilan duch keladi!

Finalda klassiko ko‘ramizmi yoki omad "Malyorka"ga kulib boqadimi?

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yerda: "BUUM! Karim Benzema "Real"ga "qaytdi" degan sarlavxa bo‘lishi mumkin edi 😅

Bugun tunda ikkinchi yarim finalda "Real Madrid" "Malorka" bilan kuch sinashadi. Bahs Jiddadagi "Qirol Abdulla" stadionida bo‘lib o‘tadi.

"Real"ning sobiq hujumchisi Karim Benzema hozirda aynan shu mamlakatda "Al Ittihod" sharafini himoya qilmoqda. Karim fursatdan foydalanib, ispan klubi delegatsiyasi joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurgan va sobiq jamoadoshlari bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionati joriy mavsumi 13-turidan keyin "Al Ittihod" 36 ochko bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Karim Benzema esa 10 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
⚡️"Barsa" himoyachisi Ronald Arauxo Yuventus"ga o‘tadigan bo‘ldi

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
📌"Real" o‘yinni mana shunday tarkibda boshlaydi!

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Bu esa "Malyorka"ning asosiy tarkibi

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
2025/02/28 13:46:05
Back to Top
HTML Embed Code: