Telegram Web
Joylarda Yangi yil bayramini betalofat o‘tkazish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlarida FVV mas'ul xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda kunu tun kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Unda, Yangi yil bayramlari o‘tkaziladigan joylarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tekshiruvlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida xizmat olib borayotgan ishchi-xodimlarga tushuntirish ishlari olib borilib, ularga zarur tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, Yangi yil archasi joylashgan hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kunu tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari tomonidan quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarib olindi

Bugun, 27-dekabr kuni soat 12:37 da Toshkent viloyati, Angren shahar “Ko‘kterak” mahallasi Musojalil ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridagi quduqqa fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni quduqdan chiqarib olgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Fuqaro yengil tan jarohati olgan va hozirda shifokorlar nazorati ostida bo‘lib uning sog‘ligi yaxshi holatda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Xorazm, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini hamda Yangi yil tadbirlarini betalofat o‘tkazish davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
🔹Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 2024-yilning 30-31 dekabr va 2025-yil 1-3 yanvar kunlari yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

🔹Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
🔹Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e'lon qilinadi.

🔹Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qor ko‘chkisi: ehtiyot choralari hamda ko‘chki vaqtida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Fuqaro hayoti saqlab qolindi

Kecha, 27-dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani “Afrosiyob” MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Hayrabot” kanalida 1 nafar fuqaro cho‘kayotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (ayol) suvdan qutqarib olgan.

Shundan so‘ng, tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi holda bo‘lib, shifokorlar nazoratida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini hamda Yangi yil tadbirlarini betalofat o‘tkazish davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan kunu tun olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Sergeli va Yangihayot tumanlarida tungi o‘rganish ishlarini olib bordi

Yangi yil bayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish davrida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ob-havoning murakkab sharoitlarida kommunal va energetika sohalarining aholiga benuqson xizmat koʻrsatilishi hamda xavfsizlik choralarini toʻliq ta’minlanishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tungi o‘rganish ishlari olib borildi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/31620

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2025/01/02 07:34:37
Back to Top
HTML Embed Code: