Telegram Web
FVV Akademiyasida “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi

Kecha 14-yanvar kuni, FVV Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari, bayram munosabati bilan FVV Akademiyasi faxriylari, professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, xizmatchilari va kursantlari, Yangihayot tumani faollari va bir qator mehmonlar, taniqli san’atkorlar hamda OAV xodimlarini muborakbod etdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/32906

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV qutqaruvchilari tomonidan 2 nafar fuqaro qutqarildi

Bugun, 15-yanvar kuni soat 10:16 da Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar “Tutzor” MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘iga “Qashqadaryo suv ta'minoti” AJning 2 nafar xodimi tozalash maqsadida tushganligi va qaytib chiqa olmaganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Ma'lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida, 1 nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan. Shundan so‘ng, uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Hozirda shifokorlar nazoratida.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar mavjud emas.
Toshkent va Jizzax viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
⚡️Bir vaqtning o‘zida bir nechta elektr jihozlarini bir manbaga ulamang!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ishtirokidagi brifing

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida ma'lumot berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Joylarda profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda

Xorazm
, Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Unda soha xodimlari tomonidan aholiga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishini oldini olish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV mutaxassisi Davlat dasturi yuzasidan favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ma’lumot berdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Muqobil yoqilg‘i mahsulotlarida ishlovchi isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2025/06/18 14:32:02
Back to Top
HTML Embed Code: