Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida yangi ijtimoiy himoya tizimini tashkil etishda Oʻzbekistonga yaqindan koʻmaklashayotgan BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Maxl, YUNISEF vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio va Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakovaga bugungi yigʻilishda ishtirok etayotganlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
✅ Qayd etilganidek, joriy yilda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi.
✅ Masalan, oldin odamlar protez uchun har xil komissiyalar va poliklinikada 2 oy sarson boʻlgan boʻlsa, hozir bu masala 2 haftada mahallada hal boʻlmoqda. Shuni oʻzidan 100 ming odamni ogʻiri yengil boʻldi.
🔎 Odamlar protezni 95 ta ishlab chiqaruvchi orasidan elektron tizimda oʻzi tanlayapti, raqobat va sifat ham yaxshilandi.
👨🦳 Nogironligi bor bolalarga qarab turish xizmati yoʻlga qoʻyilib, murojaatlar mahallada qabul qilinyapti. Bu 700 nafar ota-onani ishlashiga sharoit yaratdi. Harakatlana olmaydigan 4 ming nafar yolgʻiz keksalar aniqlanib, ularga uyini oʻzida qarab turish yoʻlga qoʻyildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahalladagi ijtimoiy xodimlar uyma-uy yurib, shu yil reestrda boʻlmagan yana 95 ming muhtoj odamga yordam koʻrsatdi.
✅ 51 ming odamga nogironlik belgilandi, 26 mingi protez oldi, nogironligi bor 5 ming bola bogʻcha-maktabga joylashdi.
✅ Bundan tashqari, muhtoj boʻlmaganlarga asossiz nafaqa toʻlashning oldi olindi, qisqargan xarajatlar byudjetda qoldirildi.
👥 Uch oy oldin viloyat va tumandagi 14 ming rahbar 75 ming kambagʻal oilaga biriktirilib, ular bilan individual ishlash yoʻlga qoʻyildi.
💰 Natijada, shu kunga qadar kambagʻal oilalardagi 17 ming odam doimiy ishga joylashtirildi, tadbirkorlik va tomorqa orqali 14 ming aholining daromadi oshirildi, 30 ming bola bogʻcha, toʻgarak va kasbga oʻqitish bilan qamrab olindi, 45 ming muhtoj aholiga tibbiy yordam koʻrsatildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Yigʻilishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini koʻpaytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishni toʻgʻri tashkil qila olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
✅ Xususan, kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija koʻrsata olmadi. 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.
✅ Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, bu ishlar Jalaquduq, Chimboy, Pastdargʻom, Chortoq va Denov tumanlarida qoniqarsiz.
✅ Mutasaddilarga ushbu tumanlarni namunali qilish, har bir masʼulga aniq vazifa belgilash topshirildi.
✅ Shuningdek, kelgusi yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obyekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.
Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni toʻgʻrilash topshirildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni toʻgʻrilash topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy koʻcha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi.
✅ Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablagʻ ham bermagani koʻrsatib oʻtildi.
✅ Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan koʻchada qilish vazifasi qoʻyildi.
Bosh prokuror oʻrinbosari I.Adhamovga bu borada oʻzgarish qilmaganlarga qatʼiy chora koʻrish topshirildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Bosh prokuror oʻrinbosari I.Adhamovga bu borada oʻzgarish qilmaganlarga qatʼiy chora koʻrish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Prezident bu yil ijtimoiy himoya boʻyicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qoʻshimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
✅ Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambagʻallikdan chiqarish uchun taʼlim, toʻgarak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.
✅ Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambagʻal oiladagi va nogironligi boʻlgan 4 ming 200 nafar bolaga bogʻcha taʼlimi berildi.
✅ Viloyat hokimlariga oʻzidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaga 2025 yilda kambagʻallik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
✅ Yangi yildan oilaviy bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori oddiy maktablarda oʻqishi naqadar muhim ekani haqida
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambagʻal oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga oʻqitish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.
✅ Mutasaddilarga 1 martgacha toʻgaraklar ochib, kambagʻal oiladagi 118 ming yoshlarni oʻqitishni boshlash topshirildi.
✅ Toʻgarak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.
✅ Kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025 yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.
✅ Oliygoh rektorlari ham kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambagʻal oilalardagi oʻzi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab oʻtiribdi.
Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yoʻlga qoʻyiladi.
Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholining ishlashiga sharoit yaratiladi.
Xususiy sektor bunday xizmatni koʻrsatgan kambagʻal oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.
Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yoʻlga qoʻyiladi.
Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholining ishlashiga sharoit yaratiladi.
Xususiy sektor bunday xizmatni koʻrsatgan kambagʻal oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.
Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ijtimoiy himoya sohasiga xususiy sektor kirib kelayotganini olqishlab, koʻrsatilgan xizmatlar xarajatining 80 foizi davlat tomonidan qoplanishini taʼkidladi
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Kambagʻal oiladagi 460 ming odam tibbiy yordamga, 6 mingta oila esa uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj.
Ijtimoiy himoya agentligi direktori M.Olloyorovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Shu bois 2025 yilda muhtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uchun Tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga qoʻshimcha 185 milliard soʻm ajratiladi. “Ijtimoiy daftarlar” mablagʻi faqat kambagʻal oilalarni yashash sharoitini yaxshilash, tibbiyot, taʼlim xizmatlarini koʻrsatish va daromadini oshirishga sarflanadi. Adolat boʻlishi uchun, endilikda bu mablagʻlar tumandagi kambagʻallar soniga qarab taqsimlanadi.
Ijtimoiy daftarlar mablagʻining 30 foizini tuman hokimlariga “Inson" markazlari bilan mahalladagi uy-joy, yoʻl, suv va elektrni yaxshilash uchun ishlatishga ruxsat beriladi.
Yana bir masala – hozirda 400 ta koʻp qavatli ijtimoiy uyda 25 ming aholi istiqomat qiladi. Lekin ular yaqin qarindoshlari va odatiy yashash sharoitidan ancha uzoqlashib qolayotgani taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi. Ularga oʻzini mahallasiga yaqin joydagi uyni ijaraga olishga ruxsat beriladi, xarajati qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya agentligi direktori M.Olloyorovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tugʻilganlik, nogironlik toʻgʻrisida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni koʻtarib yurishga majbur.
✅ Bunday ovoragarchilikka chek qoʻyish vaqti kelganini taʼkidlab, Prezident barcha hujjatlarni oʻrnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini eʼlon qildi.
✅ Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va oʻqish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin boʻladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Bu tizim 1 iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida sinovdan oʻtkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Bu tizim 1 iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida sinovdan oʻtkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi masala nogironligi borlar bilan ishlash boʻldi.
✅ Yil boshidan nogironligi borlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryoda 10 foizga koʻpaydi. Bu koʻrsatkich 20 ta tumanda 12 foizdan yuqori.
Qaysi hokim bu masalani ichiga kirib, sabablarini oʻrgandi, degan savolga ijobiy javob yoʻqligi qayd etildi. Respublika boʻyicha 33 ta tumanda nogironligi borlarni reabilitatsiya qamrovi 1 foizga ham yetmasligi tanqid qilindi.
✅ Shu bois soha uchun masʼullar kelgusi yilda reabilitatsiya boʻyicha keskin oʻzgarish qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
✅ Buning uchun har bir viloyat, tuman shifoxonasida reabilitatsiya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi. 12 ta nogironlik reabilitatsiya markazida ergoterapiya, fizioterapiya, davolash-gimnastika xizmatlari qamrovi 5 karra oshiriladi.
🎓 7 ta tibbiyot oliygohida reabilitatsiya kafedralari ochiladi, professor-oʻqituvchilar Koreya tajribasi asosida qayta oʻqitiladi. Respublika reabilitatsiya markaziga Koreya va Yaponiyadan ekspertlar olib kelinib, mahalliy mutaxassislar malakasi oshiriladi.
Kasallik turidan kelib chiqib, aholiga uy sharoitida bajara oladigan oddiy mashqlarni oʻrgatish orqali ham minglab odamlar sogʻligʻini tiklash mumkinligi taʼkidlandi.
✅ Mahalladagi ijtimoiy xodimlar nogironligi bor uyga uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sogʻlom ovqatlanish menyusini eslatma qilib tarqatishi belgilandi.
👥 Reabilitatsiya ishlarining samarasi nogironligi borlarni harakati, muloqoti, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishidagi oʻzgarishlarga qarab baholanadi, buning uchun shifokorlarga ustama beriladi.
✅ Qashqadaryo viloyati hokimiga reabilitatsiya boʻyicha tajriba yaratish topshirildi.
Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari roʻyxati 18 tadan 30 taga, mablagʻi esa 1,5 barobarga oshirildi. Buning evaziga yil boshidan 100 ming odamni ehtiyoji taʼminlandi.
🗃 Endi roʻyxatga yana 7 turdagi vositalar qoʻshilishi belgilandi.
I✅ jtimoiy xizmat agentligiga viloyat hokimlari bilan birgalikda 2025 yilda 80 ming muhtoj odamga zarur protez vositalarini yetkazib berish topshirildi.
✅ Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga bu yil tadbirkorlar 40 ming nogironligi borlarni ishga oldi. Buni yanada kengaytirish maqsadida 1 yanvardan nogironligi boʻlgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Korxonalarga surdotarjimon, psixolog va koʻzi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.
✅ Bunday odamlarni ishga joylagan xususiy bandlik kompaniyalariga 500 million soʻmgacha grant beriladi. Bunda, ushbu kompaniyalar ishlash istagi bor odamlarni aniqlab, ularni oʻqitadi, korxona talabiga moslashtiradi, ish davrini dastlabki 6 oyida hamrohlik qiladi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Qaysi hokim bu masalani ichiga kirib, sabablarini oʻrgandi, degan savolga ijobiy javob yoʻqligi qayd etildi. Respublika boʻyicha 33 ta tumanda nogironligi borlarni reabilitatsiya qamrovi 1 foizga ham yetmasligi tanqid qilindi.
Kasallik turidan kelib chiqib, aholiga uy sharoitida bajara oladigan oddiy mashqlarni oʻrgatish orqali ham minglab odamlar sogʻligʻini tiklash mumkinligi taʼkidlandi.
Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari roʻyxati 18 tadan 30 taga, mablagʻi esa 1,5 barobarga oshirildi. Buning evaziga yil boshidan 100 ming odamni ehtiyoji taʼminlandi.
I
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Tahlillar koʻrsatganidek, baʼzi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli oʻziga boʻlgan ishonch yetishmaydi.
Lekin, oʻzida kuch topib, ogʻir vaziyatdan chiqib, qahramonlik koʻrsatayotgan odamlar ham koʻpligi taʼkidlandi.
✅ Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli roʻyxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi. Bu ayol nogironligi bor boʻlsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambagʻal xotin-qizlarni ishli qildi.
– dedi davlatimiz rahbari.
✅ Prezident farmoniga muvofiq, yigʻilishda Dilorom Yoʻldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.
✅ Kelgusi yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi taʼkidlandi.
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Lekin, oʻzida kuch topib, ogʻir vaziyatdan chiqib, qahramonlik koʻrsatayotgan odamlar ham koʻpligi taʼkidlandi.
– Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga oʻrnak qilib koʻrsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Dunyoda nogironligi bor odamlarga toʻgʻri keladigan 100 dan ortiq sport turi bor. Lekin, bizda bunday odamlarga sport bilan shugʻullanishga faqat 22 ta turi boʻyicha tibbiy xulosa beriladi.
✅ Endilikda xalqaro andozalar asosida nogironligi borlarga sport turlari ham kengaytirilishi, ularni bunga layoqati kasallik turiga qarab avtomatik belgilanishi qayd etildi.
✅ Natijada sport bilan shugʻullanishga yoʻllanma olishi mumkin boʻlgan nogironligi borlar soni 286 mingdan 440 mingga oshadi.
✅ Mutasaddilarga kelgusi yilda adaptiv sport qamrovini 1,6 barobarga oshirib, 45 mingga yetkazish topshirildi. Bu odamlarni sport bilan shugʻullantiradigan murabbiylar oyligi 1 yanvardan 1,5 barobar oshiriladi. Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus taʼlim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport obyektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi. Joylarda 300 ta yangi “vorkaut” maydonchalari quriladi, ularda ham xuddi shunday sharoitlar boʻladi.
Shuningdek, Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi ko‘rsatib o‘tildi.
✅ Respublika boʻyicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bogʻchaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda oʻqiyapti.
✅ Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1 fevralgacha har bir tumanda bittadan bogʻchada inklyuziv taʼlim guruhini ochish topshirildi. 1 sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola taʼlim olishi uchun sharoit yaratiladi.
✅ Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
✅ Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni oʻqitadigan 90 ta maxsus maktabni koʻp funksiyali maktabga aylantirish kerakligi taʼkidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladi.
Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, namuna qilinadi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Shuningdek, Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, namuna qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Shu yilni oʻzida mehribonlik va bolalar uylaridan 300 nafar oʻgʻil-qizlar oilaviy muhitga qaytdi.
✅ Hozirda oilaviy muhitdan ajralgan holda taʼlim-tarbiya olayotgan yana 500 nafar bola bor.
✅ Masʼul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va taʼlim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.
✅ Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashi, oʻqishiga ixtisoslashgan maktablar roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi, ularda bunday bolalar uchun 5 foiz kvota boʻladi.
Bunda ushbu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yoʻllanmasi asosida yuborish koʻzda tutiladi.
Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Bunda ushbu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yoʻllanmasi asosida yuborish koʻzda tutiladi.
Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oilaviy bogʻcha oʻrinlarining 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kambagʻal oilalar farzandlarining taʼlim olishi va kasb oʻrganishi uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
🔗 Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM