Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Siz, MEN, U va ular bu dunyoning boshqacha bo'laklarimiz...

Jonsiz bir bo'shliqni gullatib turgan o'zgacha tortiqlar 🕊

Atrofingizdagilar sizga "o'zgachasiz" boshqalarga o'xshamaysiz deyishsa ajablanmang.

Hammaga o'xshash va hamma kabi yashash shart emas. Buni iloji ham yoq...
Eski strotiplar va ortiqcha udumlardan voz kechilmas ekan millatning qalbi mudom yarador bo'lib qolaveradi.

To'y-to'y" , "Mehmon- mehmon"  o'ynashga astoydil qiziqib ketgan odamlar hayotning asil mohiyatini o'yin kulgu, narsa va buyumlarga bog'layveradilar...

Bo'sh uylar keraksiz buyumlar bilan to'ldiriladi.
Bir- biridan xabarsiz ko'ngillar xuvillagancha qolaveradi.
Dunyoda ortiqcha hashamlardan azizroq, pokroq, go'zalroq tuyg'ular, kechinmalar qolmaganmi?
Janobning aytishlariga qaraganda MEN endi haqiqiy lavozimimni topibman. Va bu menga juda yarashibdi ))
...
Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun oʻzingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qoʻygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

Rum, 21

Hammasi huddi men orzu qilgandek. Ko‘nglimdan kundalik daftarlarimga ko‘chirganimdek...

Allohning marhamatlari cheksiz. Har doim chuqur ichki bir sezgi bilan uning ishoralarini his etib turardim. Bu gal ham u o‘z muruvvatini darig' tutmadi.
Kutilganidanda a‘lo, so‘ralganidanda laziz.

Hayotim davomida katta- kichik orzu istaklarimning barchasini juda go‘zal holda inom qildi. Sabrdan, toqat va itoatdan yaralgan baxt chindan xayrli bo'larkan.

Barchasi uchun Yaratgandan minnatdorman!


11.10.2023
Siz, MEN, U va ular bu dunyoning boshqacha bo'laklarimiz...

Jonsiz bir bo'shliqni gullatib turgan o'zgacha tortiqlar 🕊

Atrofingizdagilar sizga "o'zgachasiz" boshqalarga o'xshamaysiz deyishsa ajablanmang.

Hammaga o'xshash va hamma kabi yashash shart emas. Buni iloji ham yoq...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuz...
Donishmand faslning bizga aytarlari kop‘. Xazonlar shivirini mavh etib qulog‘imizga chalingan ilq so‘zlar, hush kalomlar albatta bizni sevintiradi.

Yaratganning bizlarga atalgan mo'jazgina tuxfalari birin- ketin davom etar ekan, har bir ne'matga, biz uchun atalgan tuxfalariga beminnat shukronalar aytamiz!

Mezonning go'zal xonishlari, yuragimizga, qalbimizga jo bo'layotgan shivrlari, hayot haqiqatlaridan so'zlarkan, poklik, samimiylik va mehr- muhabbat hamisha, har yerda g'olib ekanligiga ishonchimiz komil bo'ladi...
Ikki oylik "Ko'k choy", "Qora choy", "Limon choy" damlandi marosimlaridan so'ng 😄

Horijlik bir sayyohning "bir piyola choy" haqida o‘ylaganlari yodimga tushdi))

Baxil!

Horijlik bir sayyoh:

- O‘zbeklar qanchalik baxil, xasis xalq ekanligini tasavvur ham qilolmaysiz...

Choy damladi, bir piyola to‘ldirib quydida, o‘ylanib qoldi, qayta choynakka ag‘dardi. Ikkinchi marotaba ham yana to‘ldirib quydida, ikkilandi shekilli, shosha-pisha choynakka qaytarib quydi. Uchinchi marotaba ham shu ahvol...

Har tugul, qovoq solib turganimdan achchig‘im chiqqanini sezgan ko‘rinadi, oradan naq besh daqiqa o‘tgach, bir qarorga kelgan shekilli, piyolaning tagiga ozgina choy quygancha menga uzatdi.

Bechora, shunda ham “ko‘p quyib yubordim” - deb o‘ylayotgan bo‘lsa kerak, ikkinchi qo‘li bilan yuragini ushlab olgan ))

(shu joyida kuloraslar ))

O‘zbek xalqi, go‘zal urflarimiz bor bo‘lsinda!

😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oq_va_qora

Haqsizlik va adolatsizlik qilayotganlar, shubhasiz, aybdordirlar. Ammo, o‘zimiz-chi? Ularning bizga nisbatan haqsizlik va adolatsizlik qilishiga izn berayotganimiz uchun aybdor emasmikinmiz?

​​«...Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni ko‘rib turguvchidir».

Fussilat surasi (40-oyat)

@Mahbubaning_kundaligi
Qish.
Tabiatning bir qarasang viqor, bir qarasang qahr bilan jonlangan ko'rinishi. Borliq daraxt shoxlarida sovqotib o'tirgan mitti qushchalarning jovdiragan ko'zlariga jam bo'lganday goho mahzun, goho suronli...

Qirovli kunlarga iliq taft beradigan ham, sovvuqqon qo'l qoqadigan ham ayni o'zimizdir. Yangi maqsadlar, aniq rejalar, go'zal duolar qahratonda qalblarimizga oro kirsa, noumidlik va ishonchsizlik ko'nglimizni cho'ktiradi.

Xo'sh, bunda qanday yo'l tutish kerak?

Bolaligimizda sehr va mo'jizalarga ishonardik.
Oldinda bizni nima kutayotganini aniq bilmasak-da, hayotni boricha, muhabbat bilan qabul qilardik.

So'lim oqshom pallasida qalbingizdagi ana shu ilohiy qudratga yaqinlashing. Orzularingizni yanada teranroq his eting...

Biz esa ertaga yana erta tongdan "Xayrli kun" deya sizga peshvoz chiqaveraylik...

Dekabrning so'nggi kunlarini xush o'tkazaylik. Yangi yilga yangi orzular, yangi rejalarni yetaklab borishga nima yetsin 🤲

"Xayrli kun" dasturi
Hamkasbim Madaminjon Solijonov bilan))
"Bolalikda o‘rik sharbati sotardim. Sharbatlarimning bori sotilmaguncha uyga kirmasdim. Uyimizga ko‘p mehmon kelardi. Ayniqsa tog‘amning tashriflari bizga o‘zgacha quvonch ulashardi. Savlat to‘kib xarbiy formada kelganliklari uchunmi, birinchi meni ko‘taring deya ular tomon yugurardik. Shu zayl xarbiy sohaga qiziqish uyg‘ongan”, deya samimiy gap boshladi suhbatdoshim.

Otabek Mirzarahimov Milliy Gvardiya bo‘limi yo‘riqchisi sifatida ish olib boradi. Asli Jizzaxlik qahramonimizning uch farzandi ham Farg‘onada tug‘ilgan.”Farg‘ona vodiysida o‘tayotgan kunlarim faoliyatimning unutilmas qismidir” deya eьtirof etadi suhbatdoshim.

Dastur davomida Milliy Gvardiyadagi faoliyati, sharoitlar va shaxsiy kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.

P/s: Hamkasbim Nizomiddin Xoljo'rayev shaxsiy fikr mulohazalari bilan dastur davomid a hamfikr bo'ldilar.

@Mahbubaning_kundaligi
Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi INSON bo‘lmog‘ingdir.

✍️ Shamsiddin Tabriziy

Kuningiz xayrli, barokatli o'tsin.

@Mahbubaning_kundaligi
Jamiyatdagi illatlarni kuzata turib dildan o'tgan satrlar...

Sen so‘rama, men ham aytmayin
Kuragimning singanini qars.
Shovqin solma, men uygotmayin,
Yuragimda yotar bir yo‘lbars.

Baland bir o‘t yongan ichimni
Men sovutib yashashim kerak.
O’z-o‘zimga sarflab kuchimni,
Men ovutib yashashim kerak.

Ayol o‘tib borar... sho‘x yurib,
Shamollarda soch yoygan ayol.
Ich-ichida yo‘lbars o‘kirib,
Sirtdan mayin jilmaygan ayol.
Sen so‘rama, men ham aytmayin...

Halima Xudoyberdiyeva

@Mahbubaning_kundaligi
Audio
Kayahan - Masal yuzlum

Lapa-lapa qor yog'iyor.....

Uchta eng yaqin insoningizga yuboring.

Arziydigan qo'shiq❤️

@Mahbubaning_kundaligi
Suratingizga botinibroq ham qarolmayapman...

Ko'zingizdagi hayrat, achchiq tabassumlar yuragimni teshib o'tayotganday!

"Katta" larning "urush- urush" o'ynashlari siznikidan farq qiladi, bolalar. Sizda qurbonlar yo'q! Ular esa har kuni o'ldiradi!

Iltijola qilgan nidolaringiz, hayqiriqlaringiz, zambaraklar, o'qlar ovozi ichida yo'q bo'lib ketayotir...

"Dunyoda bolaning begonasi yo'q..." Ammo siz huddi yetim bo'tadek bo'zlab borayotirsiz.

Bizda muzqaymoqlar mavsumi. Sizdachi? Ochlik..

Ochlik va ho'rlikning qurboni, daydi o'qlarning nishoni bo'lishingizga hali juda erta emasmi?

Sinovli yo'llarda, tosh ko'chalarda yalangayoq chopayotgan botirim 😔
Yuragi ham ko'ylagiday qon bo'lgan murg'agim.Sochini silashga bir mehribon qo'l topmagan malagim...

Hoy, afg'on bolalari! Hali o'lishga erta!
Tushunyapsizmi?
Hali juda erta...

Allohimga aytib bering... 💌

15.08.21
🕰 2:02:21

https://www.tgoop.com/joinchat-qpKaFEqfxDVkZWIy
Маҳсус табрикномалар
Дил изҳорлари
Аудио шеърлар
Монологлар
Сара тароналар
Ҳикматли сўзлар
Шеърлар
998906319008 телеграм орқали маҳсус шеърлар ва табриклар буюртмаси
https://www.tgoop.com/shohista_tolipova_sherlari
2024/09/21 14:39:46
Back to Top
HTML Embed Code: