Telegram Web
Xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi qadam!

🌏 Yuksalish maktablari va Janubiy Koreyaning Daejin Universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu yirik tashabbus ikki tomonlama ilmiy va ta’lim sohasida almashinuv uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

🤝 Shartnoma imzolash marosimida:
Muhammadali Eshonqulov, Yuksalish maktablari asoschisi;
Xurshid Bobomurodov, Yuksalish maktablari Bosh ofisi direktori;
Daejin Universitetining vitse-prezidenti va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i ishtirok etdilar.

📚 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
– Yuksalish maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun Daejin Universiteti va kollejlarida ta’lim olish imkoniyati
– O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yozgi va qishki oromgohlar tashkil etish
– Daejin Universiteti talabalarining Yuksalish maktablarida volontyorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish
– Yuksalish maktablarida kimyoga ixtisoslashgan amaliyot sinfini tashkil etish
– Universitet professorlari tomonidan onlayn darslar.

Hamkorlik orqali o‘quvchilarimizga xalqaro talaba sifatida Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari ochiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarimiz xalqaro miqyosda malaka oshirishlari uchun zamin yaratiladi.

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
🧑‍💻 @yuksalish_maktab_admin

📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 YouTube 📍 Manzil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍364🔥64👏42🥰14🤩9😁86👌5💯5🎉2😇2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi niyat

Daejin Universiteti 1991-yilda ochilgan ekan. 33 yilda ko’p narsalarga erishishgan. Katta investitsiya qilingan.

Maktablarimiz esa 2022-yilda ochilib, endigina 3 ga kiryapmiz.😊
Unaqa katta pulimiz ham yo’q. Yaxshi jamoa va yaqinlarimizning ishonchi asosiy investitsiyamiz.😊

Samimiy havas qilyapmizku, ALLOH yetkazar.😊

@Muhammadali_Eshonqulov
🔥382👍204💯31🙏2413🥰12👏8😢7🤩6🤗5😁3
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.

🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍259😢102🔥43😭128💯7😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daewon va Semyung Universitetlari bilan bugun hamkorlik bo’yicha uchrashuv tashkil etdik.

Yuksalish maktablari bitiruvchilari uchun Koreys tili TOPIK 3 yoki Ielts balli minimum 5.5 bo’lsa, o’qishga to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishlari, 50%dan 100% gacha grantlar berishlari, yozgi va qishki 2 haftalik kurslar va tajriba almashish bo’yicha ko’p yaxshi yangiliklar bo’lyapti.

@Muhammadali_Eshonqulov
👍244🔥44👏35🤩17😢54
Daegu tomon yurmoqdamiz.
Ertaga 10:20 da Lift Universiteti talabalari, 16:00 da Hosan Universiteti talabalari bilan in shaa ALLOH uchrashuvimiz bor.😊
👏163👍54🔥3011🤗6😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoda eng go’zal narsa e’tibor bo’lsa kerak.😊

5-dekabr 10:20 da Lift da, 16:00 da Hosanda ma’ruzamiz bor.

@Muhammadali_Eshonqulov
👍226🔥25🤗2110😇6🥰4👏2👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir necha yillardan buyon Ustozlardan o’rgangan ilm va tajribalarimizni to’liq kimgadir o’tkazib, millat dardi bilan yashaydigan, shijoatli va intizomli xos shogirdlar tayyorlash haqida o’ylab yurardim.
Nihoyat bugun ushbu ishga qo’l urdik.

Batafsil telegram sahifada baham ko’rib boramiz.😊

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havolaga o'ting:
👉 https://www.tgoop.com/+L6PdV4gV7pBkMWUy
👍217🔥42👏1110😍6🥰4💯4😇3🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt

Hozirgi zamondagi eng katta halokat vaqtni behuda narsalarga sarflab qo’yishdir.
Oqil inson umrni g’animat bilib, dunyosi va oxiratiga eng foydali bo’lgan ishlarga, kishilarga va narsalarga vaqtini sarf etadi.

Ulug’lardan eshitgandim,
Biz bir imoratmiz, har bir o’tayotgan kun, bizdan olinayotgan g’isht kabidir.
U g’isht zoya bo’lmasdan, jannatdagi qasrimiz qurilishiga xizmat qilishi kerak.
Umrimiz imorati yarmi ketganda, u qasrning yarmi bitsin. Oxirgi g’isht olinganda, borib qasrning oxirgi g’ishti bo’lib joylashsin va biz xushnud holda ko’chaylik”
deyishardi…

@Muhammadali_Eshonqulov
243👍162😢44🔥38💯15👏11🥰6😇4😍3
Bir ishni in shaa ALLOH uddalayman deb o’ylasangiz ham, yoki uddalay olmayman deb o’ylasangiz, ikkala holatda ham haq bo’lib chiqasiz.
Tanlov o’zingizda.


Go’zal kunlar kelmog’ini kutma,
Ular tomon bormoqni
-da unutma.😊😊😊

@Muhammadali_Eshonqulov
💯289👍126🔥6118🤗9🥰8😁6😍5👌3👏1😇1
Xalqaro Hamkorlik

Kuni kecha Korea Lift College va Yuksalish maktablari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Maktablarimizda injeniring sohasida labaratoriya xonalari tashkil etib, Koreys tili va muhandislik darslarini masofaviy o’tish, nazariy bilimlarni yaxshi egallagan o’quvchilarimizni Koreyada 1 oy malaka oshirish uchun kurslar tashkil qilinishi, bitiruvchilarimiz alohida imtiyozli grantlar asosida o’qishga qabul qilinishi haqida bo’lgan ushbu hamkorlik o’ylaymizki, yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shish yo’lida kichik bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

Ish vaqti tugashiga qaramasdan, soat 23:00 gacha ehtirom qilib, bizlarga alohida e’tibor qilgan muhtaram rektor va jamoaga tashakkurlar izhor qilamiz.

@Muhammadali_Eshonqulov
👍259🔥39👏2810🥰9🤗6😇5🤩2👌2
Алишер Навоийнинг “Маҳбуб-ул-қулуб” асари 18-фаслида ўқитувчилик меҳнати машаққати хусусида шундай дейилади: “Унинг иши одам тугул, ҳатто девнинг ҳам қўлидан келмайди. Бир кучли киши бир ёш болани сақлашга ожизлик қилар эди, у эса бир тўда болага илм ва адаб ўргатади. Лекин шуниси ҳам борки, болалар орасида фаҳми идроки озлари бўлади. Муаллим бу каби ҳолларда юзлаб машаққат чекади. Шу жиҳатдан олганда, болаларда унинг ҳақи кўп, агар шогирд улғайгач, подшоҳлик мартабасига эришса ҳам унга (муаллим)га қуллуқ қилса арзийди”.
👍449😇83🔥73👏45💯18🥰12👌4😍4🤗43😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍226🔥55🤗17👏1410😁7🥰3😍3🤩2👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Hamkorlik

Navbatdagi hamkorligimiz Hosan University bilan bo’ldi.
Juda yuksak saviyada kutib olishganidan boshimiz osmonga yetdi.
Xayrli qadamlarning boshlanishi bo’lsin.

Videoni tomosha qilib, muhitni his qilishingiz mumkin.

@Muhammadali_Eshonqulov
👍301🔥56👌2120👏13😍8🤩3😇3
2025/07/14 03:36:13
Back to Top
HTML Embed Code: