Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

💰Kredit tarixingizni bilmay turib “katta boylarning mashinasi“ni orzu qilmang!

Siz ham Boy otaning holiga tushib qolishni istamasangiz, yangi kredit olishdan avval kredit tarixingizni tekshirib oling!

Bu borada esa sizga my.gov.uz portali yordam beradi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, shuningdek, xavfsiz va maxfiy!
my.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Bolani maktabdan maktabga onlayn koʻchirish mumkin

👨‍🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.

📱 My.gov.uz da joriy etilgan xizmat tufayli ota-onalar oʻz farzandlarini yurtimizning istalgan hududidagi maktabdan Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn koʻchirish imkoniyatiga ega.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va qulay! Hech qanday toʻsiqlar yoʻq!

▶️ Batafsil videoyo'riqnomada tanishing:

▶️ https://youtu.be/CxFIaUB3p5s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sizdan nikoh qayd etilganligi, nikohda turmaslik yoki ajrashganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma soʻrashdimi?

🗂 Har oyda minglab yurtdoshlarimizdan mana shu maʼlumotnoma soʻraladi.

🤷‍♂️ Lekin koʻpchilik uni oson va qulay tarzda olish imkoniyatidan bexabar.

👩‍💻Hozirgi kunda buning uchun FHDYO boʻlimlariga borish va navbatlarda turish umuman shart emas. Uni hatto uydan chiqmagan holda olish mumkin.

📱Shunchaki, my.gov.uzda roʻyxatdan oʻtib, tegishli xizmatni tanlaysiz, soʻrovnomani toʻldirasiz va belgilangan toʻlovni amalga oshirasiz.

💰my.gov.uz orqali ariza yuborganingiz hisobiga10% arzon ham toʻlaysiz – 16 875 soʻm (0.045 BHM)

📆 Maʼlumotnoma uzogʻi 3 ish kunida qoʻlingizda boʻladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-yilning 10 oyi davomida my.gov.uz portaliga kelib tushgan arizalar soni 28 milliondan oshdi!

Hozirgi kunda yagona portalda 670 dan ortiq davlat xizmatlari mavjud. Portaldan kuniga oʻrtacha 250 ming kishi foydalanadi.

📱 my.gov.uz – bu davlat xizmatlaridan foydalanishning eng qulay va tezkor usuli!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰Kredit olish niyatingiz yoʻqmi? Lekin kimdir sizning nomingizdan kredit olishi mumkinligidan xavotirdamisiz?

❗️Endi bunday xavotirga oʻrin yoʻq! Chunki my.gov.uz portali orqali kredit tarixingizni tekshirishlarini cheklab qoʻya olasiz!

📱Faqat buning uchun my.gov.uz portaliga kirasiz, SMS-xabarnoma xizmatini yoqib, “Kredit tarixi olishni cheklash” tugmasini bosasiz.

🔐 Boʻldi, endi shaxsiy maʼlumotlaringiz va kredit tarixingiz toʻliq himoya ostida!

📱My.gov.uz – oson, tez, qulay va ishonchli!

▶️https://youtube.com/shorts/-tU12vY_-5c?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Avtomibilingiz bormi? Unda OSAGO sug’urtasini onlayn tarzda my.gov.uz orqali oson rasmiylashtiring!

🔐Bunda Siz avtomobilingizni 1 yil yoki 6 oy muddatga uydan chiqmagan holda sug’urta qildirishingiz mumkin.

🟡 Hozircha mazkur xizmat orqali “Alskom sug‘urta kompaniyasi”, “O‘zagrosug‘urta”, “Hamkor Sug‘urta” AJ kompaniyalarining sug’urta xizmatlaridan foydalana olasiz.

🔵 My.gov.uz fuqarolar qulayligi uchun harakat qilmoqda!

▶️https://youtube.com/shorts/SCfqBNgHbuo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 “SMS-PENSIYA” xizmatiga onlayn ulanish ishga tushirildi

📱 Endilikda siz my.gov.uz portali orqali onlayn “SMS-PENSIYA” xizmatiga ulanishingiz, telefon raqamingiz oʻzgargan boʻlsa yangi raqamingizni kiritishingiz mumkin.

🪙 Telefon raqamingizni mazkur xizmatga ulaganingizdan soʻng @pensiyauzbot boti orqali oʻz pensiyangiz miqdori toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz mumkin.

🧑‍💻 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1139

❗️ Eslatma: Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟡 “Digital inclusion” tamoyili asosida trening

Bugun, 15-noyabr kuni “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni my.gov.uz portalidan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Shu kabi amaliy mashg‘ulotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq inklyuzivlik va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, barcha toifadagi fuqarolar uchun raqamli xizmatlardan foydalanishni yanada qulay va xavfsiz qilish maqsadida portal takomillashtirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar portalning asosiy funksiyalarini namoyish etdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/digital-inclusion-tamoyili-asosida-trening-1554

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️OneID tizimidan foydalanuvchilar diqqatiga!  
 
Login yoki parolingizni unutib qoʻydingizmi?  
 
👉Xavotirga oʻrin yoʻq! Endi uni tiklash juda ham oson! 
 
🌐 Yangi qulaylik tufayli bu jarayon yanada soddalashdi. Sizga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami va telefon raqam kerak boʻladi xalos. 
 
📱Bunda JSHSHIRga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanish talab etiladi. 
 
Ogoh boʻling! SIM-kartangizni hech kimga bermang!
  
📱Qoʻl telefoningizni begonalar qoʻliga topshirmang, qarovsiz ham qoldirmang!
 
▶️Login va parolni oson tiklash tartibini videoqoʻllanma orqali bilib oling: 
 
https://youtu.be/hqabRIFI0Q4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Eʼlon!

📱O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi (VTEK) server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz orqali nogironlik bo'yicha ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
 
⚙️ Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlar my.gov.uz'da❗️

💻 Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

📆 Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.

🪪 Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan elektron ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilganidan so‘ng ushbu xizmatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

▶️https://youtube.com/shorts/Gw6oO37FZKU?si=T6qgFP-mM54LSzeT

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔑 Endi Elektron raqamli imzo olishni bir kun kutish shart emas!

❗️my.gov.uz orqali "Elektron raqamli imzo olish" xizmati takomillashtirildi.

👉 Mazkur xizmatdan foydalanishda bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar:

📱Kompyuteringizga yangilangan E-imzo moduli oʻrnatilganmi? Agar boʻlmasa, ushbu havola orqali yuklab oling.

📱Mobil qurilmangizda MyID ilovasi o'rnatilgan bo'lishi kerak:
iOS operasion tizimiga ega qurilmalar uchun;
Android operasion tizimiga ega qurilmalar uchun;

🔐 Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

💰Vazirlar Mahkamasining 348-son qaroriga asosan elektron raqamli imzo olish uchun jismoniy shaxslardan BHMning 7 foizi miqdorida (26 250 so'm) yig'im undiriladi. my.gov.uz orqali topshirilganda ushbu yig'imga 10 foiz chegirma (23 625 so'm) taqdim etiladi.

⚡️My.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtu.be/mqvTKzB0jpE?si=qu6FM1sv7w2i1DcP

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-20

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/25 03:29:40
Back to Top
HTML Embed Code: