Telegram Web
#malumotnomalar

⚡️2024-yilda Kadastr pasportini rasmiylashtirganlar soni 520 000+dan oshdi

🏠 2024-yilda koʻchmas mulk sohasida 529 453 ta kadastr pasporti rasmiylashtirildi!

📈 Talabning keskin ortishi, avvalo, koʻchmas mulk haqidagi aniq maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, hujjatlarni tez va qulay rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq boʻldi.

📆 2024-yil yakuni holatiga koʻra:
💬 450 616 ta kadastr pasporti jismoniy shaxslar;
💬 78 837 ta kadastr pasporti yuridik shaxslar uchun rasmiylashtirilgan.

🧑‍💻 Ikkala usul ham fuqarolar manfaati va qulayligi uchun yoʻlga qoʻyilgan.

❗️Kadastr pasportlarining:
💬 389 410 tasi turar joy;
💬 140 043 tasi noturar joy obyektlari uchun rasmiylashtirilgan.

📍Turar joy obyektlari boʻyicha eng koʻp kadastr pasporti rasmiylashtirilgan hudud - Toshkent viloyati (60 075 ta pasport) boʻldi. Butun respublika boʻyicha noturar joy obyektlari boʻyicha esa - Toshkent shahri (19 420 ta pasport) yetakchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍166🔥5🤩5👏4👌3
#транспорт #туризм #новаяуслуга

⚡️Железнодорожные услуги на my.gov.uz!

📱Теперь упрощен порядок государственной регистрации и получения свидетельства о регистрации подвижного состава железных дорог и объектов железнодорожной инфраструктуры, принадлежащих юридическим и физическим лицам.

💬 Регистрация подвижного железнодорожного состава

🚂 С помощью данной услуги возможна регистрация (перерегистрация, снять с учета, временное прекращение использования) локомотивов и моторвагонов, пассажирских и грузовых вагонов, также специального подвижного состава.

💬 Регистрация объектов железнодорожной инфраструктуры

🛃 С помощью данной услуги возможна регистрация (перерегистрация, снятие с учета, временное прекращение использования) станций, расстояния между остановками, подъездных путей.

▶️https://youtube.com/shorts/g4aV35y2T0A?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍100💯5🤩2
#Qulay_hayot

🟡 Raqamli transformatsiya: Statistika sohasidagi yangi imkoniyatlar

🌐 Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, hayotimizning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Davlat boshqaruvi ham bundan mustasno emas. O‘zbekistonda raqamli hukumatni shakllantirish, davlat xizmatlarini elektronlashtirish va aholiga qulayliklar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari ham raqamlashtirilmoqda. Statistika agentligi bu borada qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Raqamli texnologiyalar sohadagi jarayonlarni qanday o‘zgartirmoqda? Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi qanday ta’minlanmoqda?

🎙 Shu va boshqa savollarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev bilan bo‘lib o‘tgan intervyumizda javob topishingiz mumkin.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/raqamli-transformatsiya-statistika-sohasidagi-yangi-imkoniyatlar-1608

▶️ Video: https://www.youtube.com/watch?v=maXA2p2TPzk

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83💯3👌1
#kredit

Rasmiy xabar
❗️

💰 "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi 2025-yil 1-yanvardan boshlab kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmatini bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,03 baravarida (QQSni hisobga olmagan holda) to‘lov tartibiga o‘tkazganini ma'lum qilamiz.

📱 Shu munosabat bilan endi my.gov.uz portalidagi "Kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatish" xizmatidan foydalanish pullik bo‘ladi.

🧑‍💻 Ammo my.gov.uz foydalanuvchilari uchun 10% chegirma o‘z kuchida qoladi!

🔐 Kredit tarixingizni himoya qilish va uning uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda olinishining oldini olish uchun ushbu xizmatdan foydalanishni tavsiya etamiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍177🐳16👏12🤩9🔥7
#transport

🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️
❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi

🧑‍💻 Yangi mashina sotib olish, ishonchnoma rasmiylashtirish yoki jarimalar yuzasidan shikoyat yoʻllash – bularning barchasini onlayn amalga oshirish mumkin.

📱 my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan turib:

💬 Yangi avto sotib olish uchun navbatni tekshiring (GM avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha)
💬 Avto boshqaruvi uchun ishonchnoma rasmiylashtiring
💬 Avtomobilingiz oynalari tusini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma oling
💬 Sugʻurta polisingizni tekshiring

👉 Shuningdek, boshqa koʻplab xizmatlardan foydalaning:

💬 Yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya
💬 Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish
💬 Transport vositalarini majburiy sugʻurtalash
💬 Yoʻl harakati jarimalari yuzasidan shikoyat

▶️ https://youtu.be/BGpAQOEYVJs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍118🎉4🤩2👏1🐳1
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

💻 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

👉 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍227🔥12💯8🤩7🐳7
⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” yanada qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratilgan. Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.

🔔Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
 Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.

❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.

▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/erugs14mhiA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥2🤩2👏1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚕 Oʻz transport vositangizga tashqi reklama oʻrnatmoqchimisiz?

💻 my.gov.uz orqali tashqi reklama pasportini osongina rasmiylashtiring!

🚗 Avtobuslardan tashqari barcha turdagi transport vositalari uchun tashqi reklama joylashtirish imkoniyati mavjud.

🟡 my.gov.uz portali orqali ariza bering va vaqtingizni tejang!

🧑‍💻Tashqi reklama pasportini rasmiylashtirish uchun BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

💰 Yagona portal orqali ariza bersangiz 10% chegirmaga ega boʻlasiz!

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:

💬 my.gov.uz portaliga kiring.
💬 “Avtotransport vositalarida reklama va axborotni oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish” xizmatini tanlang.
💬 Soʻralgan maʼlumotlarni kiriting va transport vositangizning toʻrt tarafdan koʻrinishi tushirilgan reklama eskizini ilova qiling.
💬 Arizangizni yuboring va 5 kun ichida javob oling.

Eslatma!
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, reklamalar davlat tilida boʻlishi shart.
Boshqa tillardagi tarjimalar reklama maydonining 40% dan oshmasligi va oʻzbek tilidagi matndan kichikroq shriftda yozilishi kerak.


🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍120💯4🎉1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kommunal #yangixizmat

❗️Toshkent shahrida uy sotmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar diqqatiga!   
   
🏠 Endi Toshkent shahrida ko‘chmas mulkini oldi-sotdi qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uyning markazlashgan issiqlik tarmog‘iga ulanmaganligi haqida ma’lumotnoma olish uchun "VEOLIA ENERGY TASHKENT" MChJ XKga borishi shart emas!  
   
Ushbu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali istalgan joydan turib, bir necha daqiqada onlayn olsangiz bo‘ladi.  
   
📱 Bunda my.gov.uz portalidagi "Ob’yektning issiqlik tarmog‘iga ulanmaganligi haqida ma’lumotnoma olish" xizmati tanlanib, kadastr raqami ko‘rsatilsa va so‘rov yuborilsa kifoya!  
   
🔵Ma’lumotnoma bir zumda tayyor bo‘ladi!  
   
🧑‍💻 Vaqtingizni tejang! Davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍194🔥6👏5🤩5💯5
#oila_va_bolalar #malumotnomalar

❗️Ota-onalar uchun qulaylik! 

📱 my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

💻 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, shuningdek, xavfsiz va maxfiy!

🟡 my.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84🎉7👏3👌2🐳2
#семья_и_дети #справки

❗️Удобство для родителей! 

📱 Через портал my.gov.uz можете скачать справки о нахождении или об отсутствии на учете в психиатрическом или наркологическом диспансере. Такая информация может потребоваться для предоставления в иностранные посольства, при поступлении в частные образовательные учреждения или в других случаях. 

💻Использование услуги абсолютно бесплатно, а также безопасно и конфиденциально!

🟡 my.gov.uz – легче, быстрее и удобнее, чем когда-либо!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48👏2👌1🐳1💯1
#talim

⚡️Oʻzbekistonda xalqaro imtihonlarga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda

👨‍🏫 Ayniqsa, yoshlar xorijda ta’lim olishni, zamonaviy kasblarni o'rganishni istashmoqda. Davlatimiz ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash imkoniyatini yaratmoqda.

📈 2024-yil statistikasi:

Xalqaro imtihonlar uchun jami 24 534 ta ariza topshirilgan boʻlib, bu 2023-yilga nisbatan 10% oʻsishni koʻrsatadi.

Bunda IELTS eng talabgir imtihonga aylandi – 14 782 ta ariza kelib tushdi. Shundan 11421 tasi davlat tomonidan moliyalashtirildi.

Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi boʻldi: 5043 ta arizachiga xarajatlar qoplab berildi. Imtihon xarajatlarini qoplash uchun 10 milliard 596 million soʻm mablagʻ ajratildi.

IELTS'dan tashqari, TORFL/ТРКИga – 5774 ta, TOEFL iBTga – 293 ta ariza topshirildi.

Akademik imtihonlarga ham talab yuqori bo'ldi: SATga – 2922 ta, GREga – 54 ta, GMATga – 36 ta ariza kelib tushdi.

Osiyo tillari boʻyicha imtihonlar (TOPIK, HSK, JLPT) ham oʻz oʻrniga ega boʻlib, jami 235 ta arizani tashkil etdi.

💬 Muvaffaqiyatli yoshlar safiga siz ham qo‘shiling!

📱 Хizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/413

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍192🔥16👏9🤩8💯1
#oneid

Oson parol qoʻymang
❗️

⌨️Xakerlar vaqti-vaqti bilan millionlab parollarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini ommaviy e'lon qilib yuborishmoqda. Mutaxassislar parollarni imkon qadar tez-tez oʻzgartirib turishni va murakkabini tanlashni tavsiya etishadi.

🔐Oʻz navbatida, One ID tizimi uchun ham murakkab parol tanlash kerak!

⌨️ Chunki oson parol egasi firibgarlarning eng asosiy oʻljasiga aylanadi.

▶️ Ushbu videoni koʻring va xulosa chiqaring!

🎬 https://youtu.be/yfFpgVfkcqM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍168🐳9🔥6👌1
#transport

🚗 800 000 ga yaqin haydovchi onlayn litsenziya oldi❗️

📱 my.gov.uz portali orqali yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya olish jarayoni oson va qulay ekaniga siz ham guvoh bo‘ling!

🪪 2024-yil yakuniga qadar 800 000 ga yaqin litsenziya onlayn tarzda rasmiylashtirildi.

📍 Eng ko‘p litsenziya olgan hududlar: Toshkent shahri, Buxoro va Andijon viloyatlari bo‘ldi.

🚘 Eslatma: 2030-yil 1-yanvarga qadar elektromobil va gibrid avtomobillarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya varaqalari bepul beriladi!

👉 litsenziya olish uchun:

1️⃣. my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘ting;
2️⃣. "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya" xizmatini tanlang va ariza bering.

▶️Litsenziya olish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing: https://youtu.be/PtmXBQF6BkA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍162🎉5🤩4👏2👌2
#talim

⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍108🤩3👏2🎉2👌1
⚡️My.gov.uz orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish yanada qulaylashdi!

💰Endilikda portal foydalanuvchilari pullik davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Uzum Bank ilovasi orqali yoki Uzum Nasiyada muddatli to‘lov asosida qulay amalga oshirishlari mumkin!

👉 Bunda ikki xil to‘lov usulidan birini tanlasa bo'ladi:
Shaxsiy mablag‘lar hisobidan to‘lov qilish;
Bir necha oyga qulay muddatli to‘lov rasmiylashtirish.

📱 Raqamlarga e’tibor bersak, har kuni 300 mingdan ortiq foydalanuvchi my.gov.uz portaliga tashrif buyuradi. 2024-yilning o‘zida portal orqali 32 milliondan ortiq ariza yuborilgan.


🪙 Shunga ko‘ra, Uzum Nasiya aholining my.gov.uz orqali pullik davlat xizmatlaridan foydalanishida mablag‘ taqsimoti borasida qulaylik yaratadi.

❗️Ma’lumot uchun:
Uzum Bank – Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank.

Uzum Bank orqali foydalanuvchilar maishiy va boshqa turdagi to‘lovlarni amalga oshirishi, keshbek olishi, pul o‘tkazmalarini tezkor hal qilishi va naqd pul yechishi mumkin!


🟡 Qulaylik va tezkorlikni qadrlang!

🧑‍💻my.gov.uz va Uzum Bank xizmatlaridan foydalaning!

▶️https://youtube.com/shorts/TCzmG_K0v-Y?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153🎉5🔥3👌2🐳1
🆕 Ovchilik guvohnomasini onlayn olish mumkin!

💥 Ovchilik bilan shug‘ullanishni istagan jismoniy shaxslarning my.gov.uz portali orqali ovchilik guvohnomasini olishi yanada osonlashdi!

👉 Xizmat quyidagi qulayliklarga ega:

Onlayn ariza berish
Hech qanday hujjatlar talab etilmasligi
Avtomatik tekshiruvlar
5 ish kuni ichida QR-kod bilan rasmiylashtirilgan guvohnoma
10% chegirma hisobiga to‘lov – 675 000 so‘m

🪪 Guvohnoma 2 yil muddatga amal qiladi.

Eslatma: Ushbu xizmatdan ov qilish huquqidan mahrum etilmagan va maxsus o‘quv kursi sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.


📱Mazkur sertifikat "HunterUzb" mobil ilovasi orqali ovchilik yo‘nalishidagi maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga beriladi.

⚡️Yangiliklarimizdan eng birinchi xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

▶️https://youtube.com/shorts/-5q8zs5vRGk

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥10🐳5🎉3👌3
#yangixizmat #malumotnomalar

⚡️ Tez orada uyda unutib qoldirilgan hujjatlar xavotirli tashvishlar safidan chiqadi!

🟡 Ko‘pchilikning vaqtini olib, asabini buzadigan jarayonlardan biri – bu turli hujjatlarni yig‘ish va ularni doim o‘zi bilan olib yurishdir. Hujjatlarni uyda unutib qoldirish esa ko‘pgina noqulayliklarga olib kelishi mumkin.

❗️Endilikda bu muammoga yechim bor!


📆 2025-yilning 1-iyulidan boshlab my.gov.uz portalidagi raqamli servislar orqali hujjatlarni elektron shaklda taqdim etsangiz bo‘ladi. Bu degani, endi siz bilan doim birga yuradigan smartfoningiz yordamida istalgan vaqtda kerakli hujjatni ko‘rsata olasiz!

💻 Raqamli servislardan Bank xizmatlarida, Notarial idoralarga murojaat qilganda, Aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda, O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, Davlat, korporativ va boshqa xizmatlarda foydalanishingiz mumkin.

🌐 Ushbu imkoniyat vaqtni tejash, hujjatlarni yo‘qotish yoki shaxsga doir ma’lumotlarning tarqalish xavfini kamaytirib, jarayonlarni soddalashtiradi va tezlashtirish kabi qator qulayliklarni yaratadi.

my.gov.uz bilan hayot ancha osonlashadi!

▶️https://youtube.com/shorts/424Ht4AMyec

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍315👏28🔥19👌6🤩5
#новаяуслуга #справки

⚡️Вскоре забытые дома документы перестанут вызывать тревогу и беспокойство!

🟡 Один из самых неприятных и время затратных процессов — это сбор различных документов и необходимость носить их с собой. А забыть документы дома может доставить немало неудобств.

❗️ Теперь есть решение этой проблемы!


📆 С 1 июля 2025 года через цифровые сервисы на портале my.gov.uz можно будет предоставлять документы в электронном виде. Это значит, что с помощью вашего смартфона вы сможете предъявить необходимые документы в любое время!

💻 Цифровыми сервисами можно будет воспользоваться для получения банковских услуг, при обращении в нотариальные конторы, в аэропортах для регистрации внутренних рейсов, при посадке на поезда, курсирующие по территории Узбекистана, а также в государственных, корпоративных и других услугах.

🌐 Такая возможность экономит время, снижает риск потери документов или распространения личной информации, упрощает и ускоряет процессы, создает ряд удобств.

С my.gov.uz жизнь становиться намного проще!

▶️https://youtube.com/shorts/424Ht4AMyec

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍158🔥11👏11👌4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

▶️ «O‘zbekiston 24» telekanali my.gov.uz portali imkoniyatlari haqida reportaj tayyorladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105🐳3🎉1🤩1
2025/07/14 13:30:48
Back to Top
HTML Embed Code: