Telegram Web
❗️ Qogʻozsiz bir kun!

🌐 25-oktyabr - butun respublika boʻylab “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi.

🌳 Har yili millionlab daraxtlar qogʻoz ishlab chiqarish uchun kesiladi. Tabiatni asrashga hissa qoʻshish uchun davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

🧑‍💻 my.gov.uz portali orqali 670 dan ortiq davlat xizmatlarini uydan chiqmasdan olish mumkin!

📱 Yaqin 7 yillikda Yagona portal tufayli:

🟢 3 000 tonna qogʻoz tejaldi!
🟢60 000 ta daraxt kesilishining oldini olindi!

👉 my.gov.uz - vaqtingizni tejang, tabiatni asrang!

▶️ https://youtu.be/6Og4R7Xg5Eo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣E’lon!

⚙️ Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 26-27-oktabr kunlari profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

📱 Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi ayrim elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Restorandami? Kafedami? Yoki shifoxona?! Qayerdaligimizdan qatʼi nazar sogʻligimiz xavf ostida boʻlishi mumkin!

💻 Lekin endi biz my.gov.uz portali orqali istalgan tashkilotning sanitariya meʼyorlariga mosligini masofadan turib tekshira olamiz.

📝 Buning uchun tashkilot STIR raqamini kiriting va natijalarni kuzating:

Qizil - Xavfdan
Sariq - Ehtiyot boʻlishdan ogohlantiradi.
Yashil esa xavfsizlikdan darak beradi.

🧑‍💻 Sogʻligingizni oʻylang! My.gov.uz portalidan foydalaning va faqat xavfsiz joylarni tanlang!

▶️https://youtube.com/shorts/ri2sq2UnkLo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 2024-yilda Kadastr pasportini rasmiylashtirganlar soni 390 000+dan oshdi

🏠 2024-yilning oktyabr oyigacha koʻchmas mulk sohasida 390 782 ta kadastr pasporti rasmiylashtirildi!

📈 Talabning keskin ortishi, avvalo, koʻchmas mulk haqidagi aniq maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, hujjatlarni tez va qulay rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq boʻldi.

📆 Joriy yil oktyabr oyi holatiga koʻra aholi tomonidan:
285 529 ta kadastr pasporti davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda
105 253 ta kadastr pasport my.gov.uz portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan.

🧑‍💻 Ikkala usul ham fuqarolar manfaati va qulayligi uchun yoʻlga qoʻyilgan.

❗️Kadastr pasportlarining:
284 407 tasi turar joy;
106 375 tasi noturar joy obyektlari uchun rasmiylashtirilgan.

📍Turar joy obyektlari boʻyicha eng koʻp kadastr pasporti rasmiylashtirilgan hudud - Toshkent viloyati (43 582 ta pasport) boʻldi. Butun respublika boʻyicha noturar joy obyektlari boʻyicha esa - Toshkent shahri (14 531 ta pasport) yetakchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂 Arxiv ma’lumotlarini onlayn oling!

🧑‍💻Arxiv ma’lumotlari (Mavzuli so‘rovlarni ijro etish)ni my.gov.uz va uning mobil ilovasi orqali onlayn olish mumkinligidan xabardormisiz?

🌐 Ushbu xizmatga yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turar joy, meros, vorislik, 1941-1945-yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.

💰Yagona portal orqali foydalanilganda xizmatlar narxi 10% chegirmasi bilan quyidagicha bo‘ladi:

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) – 168750 so‘m;
Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash – 168750 so‘m;
Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 168750 so‘m;
Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish – 337500 so‘m.

Xizmatlardan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Barchasi oddiy va oson.

📲 Agar Sizda yuqoridagi xizmat bo‘yicha takliflar bo‘lsa, murojaatingizni ish kunlari soat 9 dan 18 gacha yuborishingiz mumkin.

▶️https://www.youtube.com/watch?v=JwGlXk3qJLc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon!

⚙️ Notarius axborot tizimida rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 29-oktyabr kuni soat 19:00dan 30-oktyabr soat 09:00ga qadar my.gov.uz orqali notarius sohasi bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🔔Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.gov.uz: Ijtimoiy masalalarni hal qilishda ishonchli yordamchingiz!

🟡 Bugun yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtojlar va nogironlar faol qoʻllab-quvvatlanmoqda.

📱 Ular uchun my.gov.uz portalida ham koʻplab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgan.

👉 masalan, ular uydan chiqmagan holda:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirish
Kam taʼminlanganlarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish
Ijtimoiy nafaqa tayinlash
Nogironligi boʻlgan yoshlarga mehnat qurollari xaridi,
Oʻqish davrida yashash va transport, oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish kabi koʻplab xizmatlardan foydalanishi mumkin.

🧑‍💻Bunda my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish va ariza toʻldirish kifoya.

📱Qolgan jarayonlarni portalning oʻzi, sizning vaqtingiz va kuchingizni tejagan holda shaffof va xavfsiz hal qiladi.

❗️Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar ham beradi. Jumladan, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda 50% chegirma taqdim etiladi.

💰Bu tufayli 2023-yilda ushbu toifadagi aholining 7,16 mlrd. soʻm mablagʻi tejalibdi.

🟡 Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar va ularning farzandlari oliy taʼlimga kirish imtihoni toʻlovlaridan ham ozod etilgan.

🏛Yana ularga Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasi ajratishda va taʼlim krediti olishda, yotoqxonaga joylashishda ham imtiyozlar beriladi.

Xullas, keyinga qoldirmang! my.gov.uz ning millionlab foydalanuvchilari safiga siz ham qoʻshiling va yana qanday imtiyozlar borligini oʻzigiz bilib oling.

▶️https://www.youtube.com/watch?v=9YTreaD0U34

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon!

⚙️ Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish hamda katta hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverlarga migratsiya qilish munosabati bilan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar tegishli axborot tizimlarida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.

📱 Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish vaqtincha cheklanishini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

📱 Bu jarayonda sizga kerak bo'ladigan hujjatlarni my.gov.uz portali yordamida masofadan turib olishingiz mumkin.

👉 Jumladan:

Mulkdorga tegishli ko'chmas mulk ma’lumotlarini:

🧑‍💻 Fuqaro o'ziga tegishli bo'lgan Kadastr pasporti va mulk huquqi ma'lumotlarini shaxsiy kabinetdagi "Ko'chmas mulk obyektlari" bo'limidan yuklab olishlari mumkin.

🟡 Doimiy ro‘yxatda turgan yashash joyi hamda uning mulkdori haqidagi ma'lumotlarini my.gov.uz portali shaxsiy kabinetdagi “Doimiy ro'yxat ma'lumoti” bo'limidan tekshirib olishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon!

⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

💰Kredit tarixingizni bilmay turib “katta boylarning mashinasi“ni orzu qilmang!

Siz ham Boy otaning holiga tushib qolishni istamasangiz, yangi kredit olishdan avval kredit tarixingizni tekshirib oling!

Bu borada esa sizga my.gov.uz portali yordam beradi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, shuningdek, xavfsiz va maxfiy!
my.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Bolani maktabdan maktabga onlayn koʻchirish mumkin

👨‍🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.

📱 My.gov.uz da joriy etilgan xizmat tufayli ota-onalar oʻz farzandlarini yurtimizning istalgan hududidagi maktabdan Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn koʻchirish imkoniyatiga ega.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va qulay! Hech qanday toʻsiqlar yoʻq!

▶️ Batafsil videoyo'riqnomada tanishing:

▶️ https://youtu.be/CxFIaUB3p5s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sizdan nikoh qayd etilganligi, nikohda turmaslik yoki ajrashganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma soʻrashdimi?

🗂 Har oyda minglab yurtdoshlarimizdan mana shu maʼlumotnoma soʻraladi.

🤷‍♂️ Lekin koʻpchilik uni oson va qulay tarzda olish imkoniyatidan bexabar.

👩‍💻Hozirgi kunda buning uchun FHDYO boʻlimlariga borish va navbatlarda turish umuman shart emas. Uni hatto uydan chiqmagan holda olish mumkin.

📱Shunchaki, my.gov.uzda roʻyxatdan oʻtib, tegishli xizmatni tanlaysiz, soʻrovnomani toʻldirasiz va belgilangan toʻlovni amalga oshirasiz.

💰my.gov.uz orqali ariza yuborganingiz hisobiga10% arzon ham toʻlaysiz – 16 875 soʻm (0.045 BHM)

📆 Maʼlumotnoma uzogʻi 3 ish kunida qoʻlingizda boʻladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-yilning 10 oyi davomida my.gov.uz portaliga kelib tushgan arizalar soni 28 milliondan oshdi!

Hozirgi kunda yagona portalda 670 dan ortiq davlat xizmatlari mavjud. Portaldan kuniga oʻrtacha 250 ming kishi foydalanadi.

📱 my.gov.uz – bu davlat xizmatlaridan foydalanishning eng qulay va tezkor usuli!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰Kredit olish niyatingiz yoʻqmi? Lekin kimdir sizning nomingizdan kredit olishi mumkinligidan xavotirdamisiz?

❗️Endi bunday xavotirga oʻrin yoʻq! Chunki my.gov.uz portali orqali kredit tarixingizni tekshirishlarini cheklab qoʻya olasiz!

📱Faqat buning uchun my.gov.uz portaliga kirasiz, SMS-xabarnoma xizmatini yoqib, “Kredit tarixi olishni cheklash” tugmasini bosasiz.

🔐 Boʻldi, endi shaxsiy maʼlumotlaringiz va kredit tarixingiz toʻliq himoya ostida!

📱My.gov.uz – oson, tez, qulay va ishonchli!

▶️https://youtube.com/shorts/-tU12vY_-5c?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Avtomibilingiz bormi? Unda OSAGO sug’urtasini onlayn tarzda my.gov.uz orqali oson rasmiylashtiring!

🔐Bunda Siz avtomobilingizni 1 yil yoki 6 oy muddatga uydan chiqmagan holda sug’urta qildirishingiz mumkin.

🟡 Hozircha mazkur xizmat orqali “Alskom sug‘urta kompaniyasi”, “O‘zagrosug‘urta”, “Hamkor Sug‘urta” AJ kompaniyalarining sug’urta xizmatlaridan foydalana olasiz.

🔵 My.gov.uz fuqarolar qulayligi uchun harakat qilmoqda!

▶️https://youtube.com/shorts/SCfqBNgHbuo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/09 02:43:50
Back to Top
HTML Embed Code: